“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023 203 KIRISH Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, jumladan kundan-kunga ilmfan,
san’at, texnika-texnologiyalar va ishlab chiqarish sohalari rivojlanayotgan yurtimizda
ham, ta’limning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini sanalgan umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida o‘qitiladigan barcha fanlar, xususan tabiiy fanlar sirasiga kiradigan,
zamonaviy ishlab chiqarishning va kundalik hayotimizning asosini tashkil etadigan
kimyo fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirish, darslarda yangicha innovatsion
texnologiyalar va ilg‘or ta’limiy metodlarni qo‘llashda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Keyingi yillarda jahonning bir qator taraqqiy etgan mamlakatlari, jumladan,
AQSH, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Koreya, Buyuk Britaniya, Hindiston, YAponiya
kabi davlatlarda barcha tabiiy fanlar qatorida kimyo fanini o‘qitish jarayonini
takomillashtirish, nazariya va amaliyotni uyg‘un tarzda olib borish, “Bilish –
tushunish – amaliyotda qo‘llash” ketma-ketligi uzviyligi asosida o‘qitishni tashkil
qilish, darslarni qiziqarli tarzda olib borish va motivatsiyani rivojlantirish uchun
o‘quvchi yoshi va qiziqishlariga mos tarzda tanlangan didaktik o‘yinlardan
foydalanish sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishlarda o‘z aksini topmoqda.
Kimyo fanining ilmiy asoslarini chuqur o‘rgangan va mukammal biladigan avlodni
tarbiyalash natijasida kelajakda ko‘plab ekologik, texnologik, oziq-ovqat va ishlab
chiqarishning boshqa sohalaridagi qator muammolar o‘z echimini topishiga olib
keladi. SHunday ekan, o‘quv fanlarining integratsiyasiga asoslangan ta’limiy
texnologiyalarning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish jarayonini yaxshilash
natijasida o‘quvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish kimyo fanini o‘qitish jarayoninini yaxshilashga xizmat qiladigan eng
asosiy muammolardan biridir.