TAHLIL VA NATIJALAR Pedagogik tadqiqotlar natijasida shaxs manbani o‘zi mustaqil o‘qiganida 10%,
ma’lumotni eshitganda 20%, sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rganida,
ular to‘g‘risida ma’lumotlarni eshitganda 50%, ma’lumotlarni o‘zi uzatganida 80%,
o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘z faoliyatiga tadbiq etganida 90% ma’lumotlarni yodda
saqlash imkonini berishi aniqlangan. [ 6;5-6]. Bu holat umumiy, barcha fanlar uchun
bo‘lib, aynan kimyo fani uchun tahlillar olib borilmagan. Kimyo fanining murakkab
fanligini inobatga olsak, jarayon yanada chuqurroq tahlil qilinsa zarar bo‘lmasdi.
Hozirda ta’lim jarayonida eng ustuvor sanalgan texnologiyalardan, muammoli ta’lim
texnologiyasi asosan o‘quvchilarga mavzularni qiziqarli tarzda tushuntirish,
mustahkamlashga imkon beradi. Biroq o‘quvchi bilimini tezkor va yoppasiga
baholash jarayonida test usullari juda samarali sanaladi.(7;40-45). Kimyo fanini
o‘qitish jarayonida testlarning yangicha ko‘rinishlarini ishlab chiqish, mavjud testlarni
takomillashtirish, testlarni vaziyatli, muammoli, rasmli, jadvalli topshiriqlar bilan
uzviylashtirish lozim. YUqorida taklif etilgan metodlar orasida hozirda eng
ahamiyatlilaridan biri – bu “Intellekt xarita” metodidir [8; 96-100]. Ushbu metoddan
yangi mavzuni tushuntirishda, o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda birdek foydalanish
mumkin. Xaritaning o‘rtasida “Markaziy tushuncha” qo‘yiladi, keyin undan markaziy
tushuncha mohiyatini asoslay oladigan birlamchi tarmoqlar, zarur bo‘lganda birlamchi
tarmoqda keltirilgan fikrni izohlaydigan ikkilamchi tarmoqlar chiziladi. Ushbu
metodda diqqatni yaxshiroq to‘plash uchun imkon qadar turli xil ranglardan
foydalaniladi. Bu metodning obrazli ko‘rinishini yanada kuchaytirish maqsadida turli
rasmlar, belgilardan foydalanish mumkin. YUqori darajada ko‘rgazmalilik
xususiyatiga ega bo‘lgan, o‘ziga xos estetik jihatdan e’tiborni torta oladigan ushbu
metod inson ongida mavjud tushunchalar ketma-ketligini tartibli ko‘rinishda
joylashtirilgan ijodiy loyihaviy ishdir. “Intellekt xarita” metodining chizmasi. Olingan
bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan, nazariyani amaliyotga
singdirish kompetensiyasi o‘z aksini topgan zamonaviy kreativ ko‘rinishdagi