“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix23.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#120256
1   2   3   4   5   6   7
202-207

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-25, Issue-1, January - 2023
 
206 
topshiriqlarni bajarish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun “Kontekst matnli 
topshiriqlar” dan darslarda foydalanib borish lozim. Bunday topshiriqlarni tuzishda 
o‘quvchining yoshi, qiziqishlari va dunyoqarashi inobatga olinsa, o‘qitilayotgan 
mavzu kundalik hayotimizda uchraydigan biror voqea, yoki hodisa bilan bog‘langan 
holda tuzilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi [9; 120-125]. Ayniqsa kichik yoshdagi 7-sinf 
o‘quvchilariga ertaklar, multfilmlar yoki mashxur kino qahramonlari ishtirokidagi 
topshiriqlar katta qiziqish uyg‘otadi. “Kontekst matnli topshiriq”dan namuna: Qadim 
zamonlarda uzoq qishloqlardan birida chol, uning mehribon, aqlli va mehnatkash qizi 
Zumrad, uning o‘gay onasi va o‘gay opasi yashar edi. O‘gay onasi imkon qadar 
Zumradni qiynashga, unga imkonsiz va bajarib bo‘lmaydigan topshiriqlar berishga 
harakat qilardi. Mana bugun ham o‘gay ona qizi Zumradga quyidagi topshiriqlarni 
beribdi: 1-topshiriq: Ushbu modda usimliklar yonganda qoldiq modda sifatida hosil 
bo‘ladi, undan uy-ro‘zg‘or buyumlarini tozalashda foydalanish mumkin. Uning 
tarkibida 56,5% kaliy, 8,7 % uglerod, 34,8 % kislorod mavjud. Moddani aniqlab, u 
yordamida buyumlarni tozala. (Javob: potash K2SO3) 2-topshiriq. Oshxonada 
sichqonlar ko‘payib ketibdi. Ular ko‘plab kasalliklarni yuqtiradi. SHuning uchun 
ulurni yo‘qotish lozim. Bunda sen tarkibi X2O3 dan iborat bo‘lgan moddadan 
foydalanishing mumkin. Uning tarkibida noma’lum elementning massa ulushi 75,7% 
ni tashkil qilsa, moddani aniqla. ( Javob:As2O5) Nazariy jihatdan anchagina 
murakkab, bir-biri bilan uzviy bog‘langan ko‘plab tushuncha va atamalarga boy 
sanalgan kimyo fanini o‘qitishda ushbu usuldan foydalanish juda samaralidir. Matnli 
topshiriqlar ishlab chiqishda asosan bir qator uzviy aloqador bo‘lgan jihatlarni 
inobatga olish lozim. 2-rasm. Kontekst matnli topshiriqlarga qo‘yilgan asosiy talablar 
7-sinf o‘quvchilariga “Kimyoviy elementlar davriy jadvali” da joylashgan elementlar 
va ularning kimyoviy formulasini o‘rgatish uchun turli xil qo‘lda tayyorlangan rasmli 
ko‘rgazmalardan foydalansa bo‘ladi. Bunday rasmli kartochkalarni rangsiz 
ko‘rinishda o‘quvchiga berib, ulurdan bo‘yashni talab qilish mumkin. Ma’lumki 
kichik sinf o‘quvchilari rasmlarni bo‘yashni juda yaxshi ko‘radi, bu jarayon ular uchun 
qiziq hamda esda qolarli bo‘lishi aniq. 3-rasm. Vodorod elementi bo‘yicha qo‘lda 
tayyorlangan ko‘rgazma

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin