O‘lmas Rasulov
Zamonaviy o‘zbek bastakorligining yorqin
namoyandasi, mohir sozanda va xonanda,
O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Rasulov
1951-yilning
12-yanvarida
Surxondaryo
viloyatining Denov tumanida dehqon oilasida
tavallud topgan. Besh yoshlarida og‘ir
kasallikdan so‘ng uning ko‘zi ko‘rmay qoladi.
1958-yildan Buxoro shahridagi 24-ko‘zi ojizlar
maktab-internatida ta’lim oladi. Shu kezlarda ustozi Aminjon
Nasriddinovdan g‘ijjak chalish sirlarini o‘rganadi. Mumtoz
musiqaga ko‘ngil bog‘laydi. Bu urinish uning musiqiy iste’dodini
namoyon etishga asos bo‘ladi. 6–7-sinfda o‘qib yurgan kezlaridayoq
musiqa ijodiyoti bo‘yicha o‘zini ko‘rsata boshlaydi. Habibiy so‘ziga
bastalagan «Bo‘stonlarim bor» ashulasi uning bastakorlikdagi
ilk asari hisoblanadi. Shundan so‘ng g‘ijjak sozi uchun bir qator
kuylar yarata boshlaydi. 1967-yildan Buxoro musiqa bilim yurtiga
o‘qishga kiradi. Bu dargohda maqom bilimdonlari Ma’rufjon
Toshpo‘latov, Qodir Subhonovlardan maqom sirlari bo‘yicha saboq
oladi. 1971-yili Toshkent davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiradi.
Konservatoriyada avval Obid Xolmuhamedovdan, so‘ng 1972-yili
«Sharq musiqasi» kafedrasida Faxriddin Sodiqovlar sinfida saboq
oladi.
1976-yili konservatoriyani bitirgandan so‘ng uning ijrochilik va
bastakorlik faoliyati pedagogik jarayon bilan uyg‘unlikda kechadi.
Pedagogik faoliyat har ikki ijodiy va amaliy, ya’ni sozandalik va
bastakorlik ijodiga har tomonlama madad beradi. Avvalo, bu jarayon
bevosita amaliy laboratoriya vazifasini o‘tasa, ikkinchidan, ijod
uchun katta imkoniyatlar hosil etishi bilan muhim ahamiyat kasb
etadi.
127
Bastakor ish faoliyatini Buxoro musiqa bilim yurtida
1976–1987-yillar davomida; 1987–1995-yilgacha O‘zbekiston davlat
konservatoriyasida; 1995–2000-yillar Buxoro davlat pedagogika
universitetida, 2002-yildan Toshkent musiqa kolleji, hozirgi davrda
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida pedagogik va
ijodiy faoliyatini olib bormoqda. Shu bois, O‘lmas Rasulovning
pedagogik va ustozlik faoliyatidan bir qator shogirdlar saboq olib
respublikamiz san’ati rivojiga katta hissa qo‘shayotgan san’atkorlar
qatoridan joy olgan.
O‘lmas Rasulov o‘zining ijrochilik faoliyatida katta yutuqlarga
erishgan va ustoz sozanda sifatida o‘z obro‘ va e’tiboriga egadir. Eng
muhimi, o‘zbek g‘ijjak ijrochiligi amaliyotida o‘zining ijro uslubini
yaratgan va shunga xos maktabni shakllantirgan ustoz sozandadir.
Faoliyatining eng yuqori cho‘qqilarida musiqa ijodiyotiga
murojaat etgan bastakor, musiqaning ushbu sirli olamida betakror
asarlar yaratishga va bu asarlar o‘zbek xalqining eng mukammal
asarlari qatoridan o‘rin olishini har tomonlama asoslashga harakat
qilganligini ko‘rish mumkin. Bastakorlik ijodiyoti shakllanish
jarayonining o‘zidayoq O‘lmas Rasulov, avvalo, o‘zbek mumtoz
musiqasi, ya’ni «Shashmaqom»ga oshiq bo‘lishi, o‘rganishi
va unga doimo tayanishi asosiy maqsadi ekanligini anglagan.
Butun ijodida «Shashmaqom» kabi har tomonlama mukammal
asarlar yaratishga harakat qilgan. Xoh u oddiy kuy yoki mumtoz
uslubda bo‘lsin, qo‘shiq yoki ashula, har bir asarda aynan uning
maqomlarga xos bo‘lgan ijodiy munosabatini ko‘rish mumkin.
Lekin har bir janrning o‘z qoidalari mavjud. Ana shu jarayonlarda
mavrigi yoki xalq qo‘shiqchiligidagi ijodiy an’analar o‘zining
shakl-u shamoyili va ijroviy xususiyatlari bilan mutanosib
shakllantirishni talab etgan.
O‘lmas Rasulov an’anaviy musiqa ijodiyotining bir qator janrlarida
turkumiy, alohida janrlarda asarlar yaratgan. «Bobur», «Layli va
Majnun», «Kecha va kunduz», «Imom al-Buxoriy» videofilmlariga
128
bastalagan musiqalari shular jumlasidandir. Videofilmlarning
har birining o‘z mavzusi, xarakteri bor. Ular o‘z mavzusiga xos
musiqani talab etadi. Bastakor munosabatlarining mutanosibligi va
har bir videofilm xarakteriga mos asarlar bitganligi bastakorning
xalq orasida tanilishiga va keng ommalashishiga sabab bo‘ladi.
O‘lmas Rasulov o‘zbek musiqasining tarixi va nazariyasini qunt
bilan o‘zlashtirgan, tarixiy musiqiy risolalarni o‘qib idroklagan
san’atkordir. Musiqamiz merosi va uning negizida qaror topgan
nazariy tamoyillarni ham nazariy va o‘zining ijrosida sinab, amaliy
o‘zlashtirishga muyassar bo‘lgan musiqa bilimdonidir. Shu bois,
uning asarlarida musiqiy meros an’analari o‘ziga xos davom
ettirilganligini ko‘rish mumkin. Bastakorning ijodida cholg‘u kuylari
alohida o‘rin egallaydi. Musiqa ijodiyotining ushbu jabhasida
bastakor o‘ziga xos ijod etganligi va ilk sozandalik amallariga
uyg‘un holda yaratilib kelinganligini e’tirof etish lozim. Ijodiy
faoliyati davomida «Tahayyul», «Xayol», «Karashma», «Diydor»,
«Seni eslab», «Dil mavji», «Visol», «Tasavvur», «Hijron», «Dil
tasnifi», «Kamon ufori», «Oypalak» kabi bir qator cholg‘u kuylarini
yaratadi. Ushbu asarlar bastakorning o‘zi tomonidan goho g‘ijjak
cholg‘usida, goho manzur cholg‘usida ijro etilgan. Har bir yaratilgan
kuy, avvalo, mumtozlik kasb etsa, ikkinchidan, o‘ziga xosligi bilan
bir-biridan ajralib turadi. Muhim jihatlaridan biri, maqom ijodiyotiga
xos shakllarga egaligidir. Jumladan, «Dil tasnifi» kuyi.
«Dil tasnifi» kuyining maqomlarga aloqadorligi ko‘rinib
turadi. Avvalo, uning nomidagi «tasnif» so‘zi bo‘lsa, ikkinchidan,
kuyning tasnif usuliga mosligidir. Shakl ham bundan mustasno
emas. Asarning metro-ritmik asosida 2/4 o‘lchovi bo‘lsa-da, tasnif
usulining qoidasiga mos holda uch taktli kuy hajmiga asoslangandir.
28-misol. Usul.
129
Asarning shakli maqomlar cholg‘u qismi kabi xona, bozgo‘y
tamoyiliga asoslangan va Re frigiy tonalligida yozilgan. Birinchi
xonada kuying asosiy mavzusi berilgan. Mavzu ikkita usul, ya’ni
uch taktli ikkita jumladan iboratdir. 29-misol: 1-xona (6 takt),
Bozgo‘y, 2-xona (9 takt):
Kuy ana shunday uslubda rivojlanadi va har bir xonalarning
rivojida bittadan usul (ya’ni 3 taktdan) qo‘shiladi va diapazon
jihatidan ham o‘sib boradi. Kuy haqiqiy maqomlarga xos peshrav
tamoyili bo‘yicha rivojlanib, oxirgi 8-xona 18 taktli rivojlov
bo‘lim sifatida tarkib topadi va bozgo‘y bilan yakunlanadi. 8-xona.
30-misol:
Bastakorning o‘zbek aytim yo‘llarida yaratgan musiqiy asarlari
ham rang-barangligi va turli shakllarga xosligi bilan ajralib turadi.
Qo‘shiq va ashulalarga so‘z tanlashda ham tarixiy, klassik hamda
zamonaviy shoirlar ijodiga murojaat etadi. Xususan, u ko‘proq
130
J. Rumiy, A. Jomiy, A. Navoiy, Z. Bobur, B. Mashrab kabi klassik
shoirlar g‘azallariga, Halima Xudoyberdiyeva, Sadriddin Salim,
To‘shpo‘lat Ahmad, Samandar Vohidov kabi zamon shoirlarining
she’rlariga musiqa bastalagan.
Bastakorning murojaat etgan mavzularining ko‘lami keng.
Bahoriy kayfiyat, go‘zallik timsollari, ishq-muhabbat bastakorning
sevimli mavzularidan hisoblanadi. Ijodi davomida yuzdan ortiq
qo‘shiq va ashulalar yaratgan. Shular orasida Alisher Navoiy
so‘ziga: «Vaslidin darmoni yo‘q», «Kerak erdi», «Muvofiq kiydilar»,
«Ko‘ngil», «Yaxshi qol», «Nazzora qilma», «Ul otashin la’l»; Bobur
g‘azallariga «G‘unchadek ko‘nglim», «Ko‘rgaymen»; Mashrab
she’riga «Dilbari xush adoyiman», «Sig‘madim»; Cho‘lpon so‘ziga
«Muhabbatning saroyi», «Kimlar» kabi ashulalardir.
O‘tgan asrda yashab ijod etgan shoirlarning she’rlariga –
«Parvona», «Qo‘limda paymona» (Mahzuna), «Taronayi sho‘x»
(M.Gafforova), «Muhabbatning saroyi, «Yupatgay kimlar» (Cho‘lpon)
kabi ashulalarni xalqona yo‘lga xos ohanglarda yaratishga muyassar
bo‘lgan.
Bastakorning zamonamizning shoirlari so‘zlariga bitgan
asarlari ham alohida zamon madhini o‘zida ifodalashi bilan
xarakterlanadi. «Majnuntol» (T. Hamid), «Kulgimizdan yangrasin
olam» (E. Vohidov), «Tingla bulbul» (Zulfiya), «Dunyo ketar
surinib» (H. Xudoyberdiyeva), «Yorim» (Shukur Qurbon),
«Sevgilim» (J. Jabborov, S. Zohidova), «Kel», «Gulim majnuntol»,
«Shirur keltirdim», «Rayhon etib kel» (T. Ahmad), «Ey, go‘zal»,
«Baxtimiz taronasi», «Buxoroni sog‘indim», «Buxoriy bitta»
(S. Salim Buxoriy) kabi qo‘shiqlar shular jumlasidandir.
Bastakorning yaratgan ashulalarida maqom yo‘llariga xos ko‘p
jihatlar mujassam topganligini ko‘rish mumkin. Uning yaratgan har
bir asari respublikamizning turli vohalariga xos musiqiy an’analar
bilan sug‘orilgan. Ularning ohanglari ham albatta meros musiqiy
namunalariga xosligi, yaqinligi bilan ajralib turadi. Bastakorning
131
talqin uslubi esa uning asarlarining o‘ziga xosligini belgilab turadi.
Jumladan, Mashrab g‘azaliga bitgan «Sig‘madim» ashulasidir.
«Sig‘madim» ashulasi bastakorning Farg‘ona-Toshkent maqom
yo‘llariga xos
1
uslubda va ulardagi hijron ohanglariga yaqin holda
yaratgan asarlaridan biridir. Shakllari maqomlarga xos bo‘lgan ushbu
asar garchand hijron ohanglarini eslatsa-da, uning tovushqator tizimi
sol major tonalligiga asoslangandir. 31-
misol:
Asarning o‘lchovi to‘rt hissali bo‘lib, o‘ziga zos usul tuzilmasiga
egadir (kuy misoliga qarang).
Ashulaning kuy rivoji, ularning tarkibiy qismidan o‘rin
olgan daromad, miyonxat, dunasr, avj va furovardlarning
maqom yo‘llariga xosligini e’tirof etish lozim. Shu bilan birga
asarda maqomlarda keng qo‘llanilgan navo namudining ham
ohanglari keng qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Avjning navo
namudi ohanglariga yaqinligi yana bir bor maqom tafakkurining
mavjudligidan dalolat beradi.
O‘lmas Rasulov zamonaviy o‘zbek bastakorligida alohida o‘ringa
ega bo‘lgan ijodkordir. Yaratgan asarlaridagi o‘ziga xoslik, keng
qamrovlilik, shakliy mukammallik, tizimli rivojlanish tamoyillari,
1
«Sig‘madim» ashulasining boshlanish ohanglari bayoti Sheroziy
turkumining IV, ya’ni talqin taronasiga yaqinligini e’tirof etish lozim.
132
individual uslubini tashkil etuvchi xususiyatlarning barchasi O‘lmas
Rasulovning bastakorlik uslubini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |