Tayanch so‘zlari: an’nanaviy xonandalik, maqom, metro-ritmik
asos, daromad, ushshoq.
Nazorat savollari
1. Fattohxon Mamadaliyev va Orifxon Hotamovlar hayoti va ijodi
xususida so‘zlab bering.
2. Bastakorlarning asarlarini qayd etib o‘ting. Nomlarini keltiring va
kuylab bering.
3. Fattohxon Mamadaliyev va Orifxon Hotamov qaysi uslublarda
xonandalik faoliyatini olib borgan?
3.3. 1980–2000-YILLAR BASTAKORLIGI
NAMOYANDALARI
1970-yillarning boshlaridan O‘zbekistonda bastakorlarning yangi
avlodi shakllana boshladi. Kasbiy ta’limdan saboq olgan, Oliy ta’lim
muassasalarida saboq olib, musiqa nazariyasi bilan bog‘liq fanlar,
tarix hamda ijrochilik ixtisosliklarini o‘zlashtirgan va mutaxassislik
bo‘yicha kasbga ega bo‘lgan yangi avlodning ijodiy mahsullari
musiqa repertuarini boyita boshladi. Baxtiyor Aliyev, Qahramon
Komilov, Abduhoshim Ismoilov, O‘lmas Rasulov, Tursunboy
Jo‘rayev, Ahmadjon Dadayevlar shular jumlasidandir. Ushbu yangi
avlod musiqiy tafakkuriga asoslangan ijodining negizida keksa
avlod xalq bastakorlarining an’analari, mumtoz musiqa merosining
shakl-u shamoyillari va zamon ta’limining unsurlari ko‘rina
boshladi. Natijada ijrochilik amaliyoti yangi zamon asarlari bilan
boyidi. An’anaviy yo‘nalishda samarali ijod qilib kelayotgan zamon
bastakorlaridan Abduhoshim Ismoilov va O‘lmas Rasulovlarning
ijodi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
116
Abduhoshim Ismoilov
Abduhoshim Ismoilov 1952-yili 9-iyunda
Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tavallud
topgan. Boshlang‘ich ta’lim bilan birga avvaliga
havaskorlik to‘garagida, so‘ngra Farg‘ona musiqa
bilim yurtida g‘ijjak sozi ijrochiligi bo‘yicha
saboq oladi. Farg‘ona vodiysining o‘ziga xos va
betakror musiqiy ohanglari, ijrochilik an’analari,
musiqiy janrlari va ularning rang-barang ijro
uslublari har qanday iste’dod egasini o‘ziga rom etishi muqarrardir.
Abduhoshim Ismoilov To‘xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov,
G‘anijon Toshmatov, G‘ulomjon Xojiqulov, G‘ulomjon Ro‘ziboyev
kabi Farg‘ona-Toshkent vohasi g‘ijjakchi-bastakorlarining ijro
uslublari, bastakorlik uslublarini o‘zlashtirishda tinmay mehnat
qiladi. U darhaqiqat iste’dod egasi bo‘lib, bu an’analarni ustozlar
saboqlari asosida o‘zlashtiradi hamda o‘z bilim va mahoratini
mumtoz musiqiy meros bilan boyitish maqsadida Toshkent davlat
konservatoriyasining «Sharq musiqasi» kafedrasiga o‘qishga kiradi.
Yosh iste’dod egasi ushbu dargohda musiqa san’atining nazariy va
tarixiy ilmlarini o‘zlashtiradi.
Uning ijodiy kamolotga erishishi jarayonida konservatoriya
ustozlaridan, ayniqsa, ustoz san’atkor va bastakor Faxriddin Sodiqov,
Mahmud Muhamedov, Orif Alimaxsumovlardan olgan saboqlari
alohida ahamiyat kasb etdi.
O‘tmish bastakorlik an’analari, xususan, maqom ijodiyotini
O‘zbekiston radiosi qoshidagi maqom ansamblida mustahkamlaydi.
Ijodkor uchun ushbu dargoh, avvalo, saboq maskani, ijro malakasini
oshirish uchun eng katta imkoniyat va ijod uchun o‘ziga xos
laboratoriya bo‘lib xizmat qildi.
1974-yilda maqom ansamblida faoliyatini boshlagan Abduhoshim
Ismoilov butun faoliyati davomida ushbu jamoa bilan birga
117
ijod etib kelmoqda. Oddiy sozandalikdan boshlangan faoliyat
ustozlar davrasida e’tirof etilib, ansamblning badiiy rahbarigacha
muvaffaqiyatlar bilan davom etdi. Mana bir necha yildirki,
Abduhoshim Ismoilov Y. Rajabiy nomidagi Maqom ansamblining
badiiy rahbari sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Uning
bastakorlik faoliyatining an’analarga mos shakllanishi, davrga
xos sayqal topishi va zamon ruhi bilan kuylanishining zaminida
xalqimiz tafakkurining gultoji bo‘lgan maqom san’atining an’anasi
va ijrochilik mezonlari turganligini e’tirof etish lozim.
Ushbu jarayonda u davrining har bir ustozlarining ijro uslublarini
egallashga, ularning ijro maktablaridagi ijroviy omillarni idrok
etishga intildi. O‘zining shaxsiy ijro uslubini shakllantirdi, ana shu
uslub doirasida ijod etishga muvaffaq bo‘ldi.
Iste’dod, shunga mos sozandalik talqini go‘zal uyg‘unligi va,
albatta, sharqona tafakkurining ohanrabodek taralishi natijasida
yuzlab asarlarni yaratishga muyassar bo‘ldi. Yaratgan 500 dan ortiq
kuy, qo‘shiq va ashulalari xalq musiqa san’atining turli janrlariga
xosdir. Oddiy xalqona «Alla»dan tortib, maqom yo‘llariga xos
bo‘lgan kuy va ashulalar bastakorning ijodidan munosib o‘rin olgan.
Yaratgan har bir namunasining o‘z mavzusi (temasi), asarning milliy
an’analarga asoslanganligi (shakli), shakliy rivojlanishi (rivojlovi),
sharqona (milliy) usullarga tayanishi (metro-ritm) va, albatta, uslubga
xosligi namoyondir. Namunalarning rang-barangligi va o‘ziga xosligi
ularning bastakorlik an’anasida yaratilganligi bilan xarakterlanadi.
Xalq musiqasi mavzusiga, janriga va namunasiga asoslangani, jahon
klassik musiqasidan ilhomlangani, nazira va savt bog‘lashlar kabi
ijod usullarining barchasini ko‘rish bilan birga original mavzular,
ohanglar va shakliy nuqtayi nazardan yondashishlarni kuzatamiz.
E’tirofga loyiq jihatlardan biri, ijod namunalarining har biri original
va falsafiy teran ma’no kasb etishidadir.
Abduhoshim Ismoilovning ijodidan o‘rin olgan asarlari mazmunan
falsafiy boy bo‘lib, Vatan, ona diyor, mehr-muhabbat, yoshlik,
118
sadoqat, ezgulikni madh etuvchi, lirik mavzuli ashulalar alohida o‘rin
tutadi. Mohirlik bilan o‘tmish an’anasi va hozirgi zamon ijodining
go‘zal uyg‘unligiga erishadi. Uning ijodiy an’anasida yuzaga kelgan
jarayonda ikki ulkan tamoyil asos sifatida xizmat qilishini e’tirof
etish lozimdir. U ham bo‘lsa, birinchidan, bastakorning Farg‘ona-
Toshkent cholg‘u yo‘llari va maqom an’analariga ijodining asosi
sifatida tayanishi. Ikkinchidan, o‘zbekona qadriyatlar bilan bir
qatorda, zamonaviy umumbashariyat badiiy an’analarini ijod etishi.
Bu, albatta, asarning badiiy mukammalligini ta’minlab beradigan
omillar sifatida xizmat qiladi. Shu bois bo‘lsa kerak bastakorning
yaratgan asarlari o‘zining jiloga boy ohanglari, rang-barangligi va
jozibali ruhi bilan ajralib turadi.
Bastakor deyarli milliy musiqa ijodiyotining barcha yo‘nalish va
usullarida ijod etgan. Bastakorlik an’analarini cholg‘u musiqasida va
aytim asarlarida alohida ifodalab bergan. Janr nuqtayi nazaridan ular
uch guruhga bo‘linadi. Ya’ni cholg‘u kuylar, qo‘shiqlar va ashulalar.
Har bir janrli yo‘nalish o‘z tarkibidagi barcha turlarni qamrab
olganligi uning ijodiy namunalarida namoyondir. Xususan, ijodining
cholg‘u musiqasi misolidagi namunalarda quyidagi manzaraning
guvohi bo‘lamiz:
– yakka cholg‘u uchun kuylar: «Gullola», «Nargiz», «Dil nolasi»,
«Holim so‘rma», «Kamon nidosi», «Qalb sadosi»;
– kamer ansambl uchun kuylar: «To‘yona», «Hayronaman»;
– sozandalar ansambli uchun kuylar: «Bazm kuyi», «Favvora»,
«Visol», «Mustaqillik», «Hayoli qiz», «Al-Farg‘oniy» va h.k.
Cholg‘u asarlarining boshqa sozlar yoki turli tarkibdagi cholg‘u
guruhlari ijrosidagi talqinlari ham o‘ziga xos ifodasini topishi
muqarrardir.
Bastakorning aytim yo‘llarida yaratgan asarlari keng qamrovli,
janr nuqtayi nazaridan rang-barangdir. Aksariyat asarlari yakkaxon
xonandalar ijrosi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ularning mavzular
ko‘lamining boy va kengligini alohida e’tirof etish lozimdir.
119
Bastakorning aytim asarlari avvaliga soddaligi bilan xarakterla nadi.
Shu bois bo‘lsa kerak, avvalgi ijodidan qo‘shiq janriga xos namu-
nalar o‘rin olgan. Bu asarlar o‘zining soddaligi, haqiqiy o‘zbekona
milliy jozibani in’ikos etuvchi va turli xarakterdagi mazmunan
oddiy qo‘shiqlardir. Jumladan: «Yo ohumiding», «Qaraysan»,
«Toshkentim», «Oshiqnoma», «Yor 18 yoshingda», «Uchramasang
yaxshi bo‘lardi», «Tog‘lik qiz», «Salom ayting», «Bo‘lmas» va
boshqalar. Keyinroq xalq qo‘shiq va ashulalariga xosligi ko‘rina
boshlaydi. Lekin qayd etish joizki, qo‘shiqlarning har biri o‘zining
muqim mavzuiy jihatlariga egadir.
Ijodining kamolotida maqomlarga xos xususiyatlar kasb
etganligini kuzatish mumkin. XX asrning oxiri va XXI asr
boshlarida Abduhoshim Ismoilovning ijodida ashula janriga
katta e’tibor qaratildi. Buni albatta uning klassik shoirlarimiz
Hofiz Sheroziy, Navoiy, Atoiy, Bobur, Ogahiy, Mashrab, Furqat,
Muqimiy, XX asr shoirlaridan Chustiy, Po‘lat Mo‘min, Uyg‘un,
Yo‘ldosh Sulaymon, Turob To‘la, Saida Zunnunova, E’tibor
Oxunova, Halima Xudoyberdiyeva kabilarning nazm bo‘stonlariga
murojaat etganida ko‘ramiz. Ashula ijodiyotida bastakorning asosiy
yutug‘i aynan maqom tafakkuriga tayanishida, maqom yo‘llarining
shakl tamoyillariga asoslanishida hamda eng muhimi, kuy va
so‘zning ma’nolar kesimidagi uyg‘unlikka erishidadir. Musiqa
ijodiyotidagi nuqtalarning birikish markazi ham aynan mana
shu jihatlar bilan xarakterlanadi. Uch jarayonning mutanosibligi
asarning umrboqiyligini ta’minlab beradi. Ya’ni so‘z, kuy va
talqin. Bastakorning ilk ashulalariga xonandalarning san’ati, ovoz
imkoniyati va ijro jozibasi asos bo‘lgan bo‘lishi ehtimoldan xoli
emas. Lekin keyingi bosqich asarlarida maqom tafakkuriga yaqin
munosabatlar har tomonlama o‘zini namoyon etib turadi.
Ana shunday asarlarining sirasiga: «Nasib bo‘lg‘ay», «Sarvinoz»,
«Hasta ko‘nglim», «Hamroz qil», «Taraxxum qilmadi», «Yor
emas», «O‘q» – Navoiy g‘azallari; «Yorima ayting» – Ogahiy
120
g‘azali; «Yorsan», «Osmonda ham yo‘q», «Munavvar qil» – Hofiz
Sheroziy; «Ey, do‘st» – Atoiy; «Unutma» – Gadoiy; «Hay-hay» –
S. Zunnunova; «Janon ko‘zingga» – Chustiy kabi asarlar kiradi.
A. Ismoilov o‘z ijodining so‘nggi yillarida Alisher Navoiy
ijodiga alohida e’tibor bilan yondashadi. Qisqa vaqt mobaynida
Navoiy g‘azallariga o‘nga yaqin mumtoz xarakterga ega bo‘lgan
ashulalar ijod etishga muvaffaq bo‘ladi. Musiqiy namunalarning
barchasi maqom ansambli ijrosida munosib talqin etildi.
Yosh xonandalarning ashula ijrochiligini egallashlarida asarning
nazariy jihatlari muhimdir. Shu bois asarni yaqindan anglashlari
uchun «Nasib bo‘lg‘ay» ashulasini nazariy tahlil qilib o‘tamiz.
Bastakor Navoiy g‘azallariga murojaat etar ekan, avvalo,
ularning mavzusi, qolaversa, navoga moyil jihatlariga e’tibor berib
tanlaganining guvohi bo‘lamiz. G‘azalga mos ohang, mazmuniga
xos shakl va rivoj, usul hamda ruhiyatiga mutanosib tovush
tizimi, ya’ni lad saralashi muayyan bir yaxlit asar shakllanishiga
va zamin bo‘lishiga asos bo‘lgan deyish mumkin. Namunalarning
badiiy-dramaturgik jihatlarini mutanosib ifodalashini ijro jarayoni
va sur’atni muntazam o‘zgarib turishlari bilan izohlash to‘g‘riroq
bo‘ladi.
«Hamroz qil» ashulasi Navoiyning «Soz qil» radifli g‘azali
asosida yaratilgan. G‘azal quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Hajr o‘qidin, ey ko‘ngul, har yon qanotlar soz qil,
Ul pari vasli havosin istabon parvoz qil.
G‘azal «Ramali musammani mahzuf» she’riy vaznida yozilgan
bo‘lib, o‘zbek mumtoz kuylarining rang-barang metro-ritmik
asosdagi usullarga moslashishi oson kechadi. G‘azalning bahrida,
ya’ni g‘azal ritmining o‘zida muayyan kuy ohangi ham yashirin
joy topganini ko‘rish mumkin. Bastakor shunga mos usulni
asos qilib olib she’r vazniga xos tarzda metro-ritmik tizimni
shakllantiradi. Odatda, bastakorlik amalidagi eng muhim jarayon
121
ham shunda namoyon bo‘ladi. Bastakor g‘azalning ohang ritmi,
bahri asosida musiqiy usulga mutanosib yondashishi hamda
so‘z ma’nosidan kelib chiqib ohang ixtiro qilishi va pirovardida
ularning go‘zal uyg‘unlashishida jozibaga ega bo‘lishi ko‘zda
tutiladi. 26-misol:
Asar usuli va kuy bilan matn o‘lchovlarining mutanosibligi
quydagichadir:
– v – – / – v – – / – v – – / – v –
Hajr o‘- qi - din, ey ko‘n-gul, har yon qa -not-lar soz qil,
Ul pa- ri vas - li ha - vo - sin is - ta-bon par - voz qil.
Asar tonalligi fis moll (fa diez minor)ning frigiy ko‘rinishiga
ega. O‘ziga xos mavzu va uning boshlanish hamda rivojlanish
jarayoni boshqa ashulalardan farqlanib turadi. Tinglovchi diqqatini
o‘ziga tortadigan tomoni, asar ladning V bosqichidan boshlanadi.
Qayd etish joizki, ko‘p hollarda V bosqich o‘zining ustunligini ham
namoyon etib turadi.
Asar o‘zbek xalq ashula uslubida mavjud bo‘lgan yo‘nalishga
tayanib yaratilgan. Ikki taktli o‘ziga xos usul ijrosidan so‘ng
noan’anaviy tarzda 16 taktli daromaddan oldingi qism bilan
boshlanadi. Buni asosiy qismning boshlang‘ich g‘oyasini namoyon
etuvchi «shahd» deb qabul qilish to‘g‘riroq bo‘ladi. Boshlang‘ich
shahd qismini muqaddima deb belgilash mumkin. Chunki unda
ovoz talqini an’anaviy changlar yordamida amalga oshiriladi. Ohang
mazmuni asarning asosiy mavzuga xos ohang mag‘ziga mosdir:
122
27-misol.
Boshlang‘ich shahdning o‘zida asarning asosiy g‘oyasi ko‘rsatib
o‘tiladi. Bunda ohang mag‘zi to‘rtta musiqiy jumlada ifoda etib
beriladi. So‘ngra unga cholg‘ular ikki jumlali kuy ohangi bilan javob
berib, ashulaning daromad qismiga tayyorlab beriladi. Muqaddimada
asarning asosiy pardalari, tovushqator tizimi hamda ohang majmuyi
o‘z ifodasini topgan.
«Hamroz qil» asarining tarkibiy tuzilmasi daromad, miyonxat,
dunasr, avjlar tizimi, furovard va suporishdan tashkil topgan.
Simmetrik nuqtayi nazardan aniq bir qolipga tayanmagan bo‘lsa-da,
badiiy dramatik rivojlanish mezonida buni yaqqol sezish mumkin.
Quyidagi chizmada asarning shakl, parda tizimi aniq ifodasini
topgan (shaklga qarang).
Asarning shakli ashula janriga mos. Shu bilan birga o‘ziga xoslik
jihatlari ham mavjud. Bir qarashda maqomlarning saraxborlariga
moyilligini kuzatish mumkin. Ayniqsa, ijro jarayonida bu yaqqol
123
namoyon bo‘ladi. Asarning ichki tarkibi uch qismdan tashkil topib,
birinchi – daromad, ikkinchi – dunasr, uchinchi – dunasr, avj va
furovardga to‘g‘ri keladi. Unga qo‘shimcha yordamchi va bog‘lovchi
bo‘laklar o‘rnida muqaddima, cholg‘u qismlari va suporish keladi.
Har bir ichki qism muqaddimada belgilangan fikrni bayon etib,
uni tasdiqlashga asoslangan. Shu bois ular quyidagi ko‘rinishga ega:
a – b – c – a
1
– d. Har bir harfda kuyning bir jumlasi belgilangan
va matnning bir qatorini o‘z ichiga oladi. So‘z matnida g‘azalning
ikki bandi qo‘llanilgan bo‘lsa, kuy rivojida bu qaytarish hisobiga
o‘zgacha shakl topadi. Ya’ni a – b – c – a
1
ko‘zlangan kuy ma’nan
yakunlanadi. Lekin bu fikrni undan so‘ng keladigan d nihoyasiga
yetkazadi. Umumiy ko‘rinishda asarning bu qismi alohida bir
tugallangan davriya sifatida gavdalanadi. Chizmaga e’tibor berilsa,
kuy asosiy bosqichga qaytganini ham ko‘rish mumkin.
Cholg‘u peshravi asosiy ohangni miyonpardaga ma’nan tayyorlash
vazifasini bajaradi. Miyonxona esa tarkiban oldingi muqaddima va
daromadlar bilan mutanosib tarzda shakllangan. Asosan, 5, 6, 7-
bosqichlarda kuy rivoj topadi va asosiy bosqichga qaytad i (shaklga
qarang).
Miyonxona bilan dunasr o‘rtasidagi cholg‘u peshravi asarning
o‘rta qismidagi o‘ziga xos tayyorlash va kelgusi avj qismiga sozlash
maqsadida yuzaga kelgan kuy bo‘lagiga to‘g‘ri keladi. Dunasr,
odatda, asosiy kuy bo‘lagining oktava yuqorida qaytarishi sifatida
kuyning avj qismiga tayyorlash vazifasini bajaradi. Bu holatda
bastakor an’anaviy shakldan chetlanadi va asarning dunasr bo‘lagi
juda qisqa tarzda beriladi. Dunasr asarda ikki jumladan iborat: a
1
–
c. Asosiy mavzuni oktava yuqorida qaytarilishi va avjga tayyorlash
bilan xarakterlanadi. Chunki shundan so‘ng qisqa cholg‘u peshravi
yordamida avj qismi boshlanadi. Avjlar yuqori pardalar, asosiy
mavzuning yangicha ohang sayqallanishida to‘rt jumlada talqin
etiladi: g – h – k – l.
124
Takt
2
17
4
4
4
4
4
4+3
4
4
4
4
4
7
8
4
4
4
4
4
4
4
4
4
4
4
4
9
Usul
shahd
cholg‘u
a
v
c
a
1
d
cholg‘u
e
f
c
a
1
d
cholg‘u
a
1
c
1
cholg‘u
g
h
k
l
m
d
a
d
2
a
1
d
3
Bosqich: boshi yakuni
5
5
5
5
7
5
6 1
7 5
7 5
7 8
5 5
6 1
5 5
7 5
10 7
10 7
7 9
9 5
8 5
6 1
5 5
6 1
5 5
9 1
Muqaddima
Daromad
Miyonxat
Du- nasr
Av
j
Furo- vard
Suporish
Shakl dinami- kasi
Shakl.
«Hamroz
qil»
ashulasining
nazariy
jihatdan
tarkibiy
tizim
shakli.
125
Asarning avj qismi juda katta dramatizm bilan sug‘orilgan
bo‘lib, go‘yoki bir nafasda talqin etiladi. Lad tizimida ham asosiy
minor pardalariga tayaniladi. Ijro sur’ati tinmasdan asarning
furovard, ya’ni yakuniy qismiga o‘tiladi. Furovard ham yangi
material asosida (m) boshlanib, an’anaviy asosiy bosqichga qaytish
bilan yakunlanadi (d).
Asarning suporish qismi a – d – a
1
– d, asosiy g‘oyani yana bir
eslatish va qayta yakunlash vazifasini bajaradi.
Ko‘rinib turibdiki, bastakor o‘zining asarlarida xalq mumtoz
musiqa namunalarining asosiy jihatlaridan keng foydalanib,
maqomlarga xos shaklda kuy bastalaydi. Shu bois, ularning mumtoz
uslubga yaqinligi ham shaklan va ijro usluban sezilib turadi.
Abduhoshim Ismoilovning bastakorlik ijodidagi nazariy jihatlar
ham o‘zining an’anaviyligi hamda zamonaviyligi bilan ahamiyatlidir.
Jumladan: 1) usullarning rang-barangligi, an’anaviy «Chaqiriq»
usullarining cholg‘ular talqinida jilvalanishi (Nog‘ora Bayot usuli
asosida «Dil navosi» kuyi), Sharqona «chor zarb», ya’ni «Chaxor
mezrob» zarbiga xos talqin «Oybuloq» ashulasi va h.k.;
2) zamonaviy polifonik usullarning cholg‘u masiqasi hamda
mumtoz aytim asarlarida ikki, uch ovozda qo‘llanilganligi («Sarvi-
noz», «Nasib bo‘lg‘ay», «Taraxxum», «Hamroz qil» va b.) bunga
yorqin misoldir;
3) xalq musiqa ohanglarining munosib qo‘llanishi («Yor-yor»,
G‘. Yoqubov);
4) jahon musiqa namunalariga iqtiboslar va h.k.
Bastakorning ijodi o‘ziga xos bir ummondek. Xalqimiz
an’analarida mavjud bo‘lgan ko‘p jihatlarning zamonaviy talqinda
ijobat topganini ko‘rish mumkin. Uning ijodi misolida o‘zbek basta-
korlik ijodiyoti san’atining betakrorligi, an’analarga boyligi, sirli
ummonning tubsizligini anglash mumkin.
|