Soibjon begmatov bastakorlar



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/43
tarix23.05.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#120267
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
bastakorlar ijodi

M.M. .=84–88
Bastakor teatrning taniqli dirijori Nabi Halilov bilan 
hamkorlikdagi «Muqanna» musiqali dramasiga musiqa yaratgan. 
Shu bilan birga, uning ijodidan munosib o‘rin olgan xalq cholg‘u 
orkestri uchun «Bahor armug‘oni», chang va xalq cholg‘u orkestri 
uchun «Pyesa», qashg‘ar rubobi va orkestr uchun «Raqs» kabi 
bir qator xalq cholg‘ulariga mo‘ljallangan pyesalarni ko‘rsatish 
mumkin. Bastakorning o‘ziga xos uslubi soddaligi, maftunkorligi va 
originalligi bilan ajralib turadi. Uning asarlarini baland tembrli ovoz, 
xastalik xususiyatini beruvchi sadolar orqali ijro etish xarakterlidir. 
Tinglovchining qalbini ehtirosga to‘ldiruvchi, jo‘shqinlik talab 
etuvchi bu asarlar xalqimizning betakror musiqiy namunalariga 
aylangan. O‘zining maqomlar yo‘llariga xos tarkibda yaratilgan 
ashulalaridan biri A.Navoiyning «Tortadur» radifli g‘azaliga 
bastalagan «Topmadim» ashulasidir. 23-misol: 


104
M.M. =144–152
Navoiy g‘azali
=92–96 
S. Kalonov musiqasi
«Topmadim» ashulasi maqomlarning ikkinchi guruh sho‘balaridan 
talqincha namunasi asosida yaratilgan. Asarning tarkibiy rivojlanish 
tamoyillari ham qismlarning hamda lad va usul jihatlarini bir-
biriga mutanosib holda shakllantirgan. Bunday xususiyat o‘tmish 
ijodkorlarining bastakorlik an’analariga xosligini qayd qilib o‘tish 
lozimdir. 
Amaliy mashg‘ulot: M. Mirzayev, G‘. Toshmatov, K. Jabborov, 
F. Sodiqov va S. Kalonovlarning ijodiy faoliyatini o‘rganish. Har 
bir bastakorning mumtoz uslubda yaratgan asarlaridan namunalar 
tinglash. «Surating», «Yakka bu Farg‘onada», «Parvo etib kel», 
«Ko‘zlaring», «Ko‘rsatmagay», «Bir go‘zal bordir», «Ey, chehrasi 


105
tobonim», «Zulayho bo‘lsang», «Ey, sarvi ravon», «Kuyla dilkash 
dutorim», «Yetmasmidim», «Tokay», «Nazzora qil», «Farg‘ona 
tong otguncha», «Bir ishva bilan», «Tamanno», «Tortadur» 
va h.k. Ularning ijodiy uslublarini ajratib olish va maqomlar 
ijodiyoti hamda xalq ijodiyoti bilan umumiylik jihatlarini aniqlash. 
Bastakorlar ijodidan bittadan asarlarini tinglab tahlil qilish. 
Ularning o‘zbek mumtoz musiqa san’ati rivojidagi o‘rni, qo‘shgan 
hissasi va ijodining tarixiy ahamiyati xususida. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin