13
Dissertatsiya ishing ilmiy yangiligi:
Tadqiqotda ilk marotaba o„zbek oilalarida bolalar o„zini-o„zi
anglashining ijtimoiy psixologik fenomenlari maxsus
tadqiqot predmeti sifatida
o„rganilayotganligi;
O„zbekistonda psixologiya fanida birinchi marotaba shaxsning o„zini-o„zi
anglash hodisasiga ijtimoiy-psixologik jihatdan yondashilganligi;
Ilk marotaba ijtimoiy tasavvurlar doirasida shaxsning o„zi to„g„risidagi
tasavvurlari o„zini-o„zi anglashning ijtimoiy-psixologik mexanizmi sifatida
qaralganligi.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati.
Nazariy
jihatdan
olib
qaraganda, tadqiqotning natijalari ijtimoiy psixologiya va yosh davrlari
psixologiyasini yangi ilmiy ma‟lumotlar bilan boyitadi hamda o„zini-o„zi
anglashning namoyon bo„lishida milliy g„oya, mafkura va maqsadga yo„naltirilgan
ma‟rifiy ishlarning samaradorligini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Undan tashqari,
tadqiqotda berilgan xulosa va takliflardan oila, oilaviy munosabatlar, tarbiya,
o„zini-o„zi anglash (refleksiya) tushunchalari bilan bog„liq
muammolarni tadqiq
etishda hamda pedagogik psixologiyada jins pedagogikasi muammolarini hal
qilishda, amaliy psixologiyada bolalar va ularning ota-onalari bilan maktab
hayotiga tayyorgarlik bosqichidagi ishlarda, shuningdek, psixoterapiyada, oiladagi
ichki munosabatlar – er-xotin hamda ota-ona va bolalar o„rtasidagi
munosabatlar
diagnostikasi va korreksiyasi uchun samarali bo„lishi mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. Amaliy jihatdan olib
qaralganda, tadqiqot materiallaridan oliy o„quv yurtlarida,
milliy tarbiya, davlat
mustaqilligini mustahkamlashda oilalarning roli va boshqa bir qator mavzular
bo„yicha mashg„ulotlar olib borishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning amaliy
ahamiyati yana shundan iboratki, unda ota-onaning o„zlikni anglash sub‟ektlari
sifatidagi rollari, ularning oiladagi o„zaro munosabatlari xususiyati,
maktabgacha
yoshdagi bola “Men” konsepsiyasining rivojlanishidagi ahamiyati aniqlangan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Men” konsepsiyasi tuzilishini diagnostika
14
qilishning psixosemantik va proektiv metodikalarni qo„llash mumkin ekanligi
g„oyasi asoslangan.
Dostları ilə paylaş: