O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Tadqiqot ishining ob‟ekti



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix23.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ozini-ozi anglashning ijtimoiy psixologik omillari

Tadqiqot ishining ob‟ekti: to„liq yosh oilalarning vakillari bo„lmish 35 
nafar ona va 35 nafar ota hamda ularning maktabgacha yoshli farzandlari xizmat 
qildi. Tadqiqotda jami 90nafar respondentlarishtirok etdilar. 
Tadqiqot ishining bazasi Andijon shaxar maya bag„cha MFY yashovchi 
oilalar. 
Tadqiqot ishining predmeti: maktabgacha yoshdagi bola “Men” 
konsepsiyasining o„ziga xos ijtimoiy psixologik xususiyatlari va ularning 
rivojlanish darajasi, oiladagi munosabatlar xususiyatlarining o„zaro aloqasi 
hisoblanadi.
Tadqiqot metodlari: 
1. O„zini-o„zi va oila a‟zolarini baholash usuli sifatida Dembo-Rubinshteyn 
tomonidan taklif etilgan shkalali usul. 
2. Maktabgacha yoshdagi bola o„zini-o„zi baholashining shakllanish 
xususiyatlarini o„rganishga yo„naltirilgan V.G.Shurning “Zinachalar” proektiv 
metodikasi. 
3. Ye.I.Zaxarovaning “Ota-onalar munosabati” so„rovnomasi. 
4. Ota-ona va bola munosabatlaridagi jinsiy identifikatsiyaning xususiyatini 
aniqlash uchun G.Filippovaning “Men va mening bolam” proektiv metodikasi. 
5. R.F.Belyauskaytening “Oilaning kinetik rasmi” (OKR) metodikasi. 


10 
6. Bolaning o„zi to„g„risidagi tasavvurlarini aniqlashga mo„ljallangan “Kel, 
tanishamiz!” va “Sen kimsan?” so„rovnomasining muallif tomonidan ishlab 
chiqilgan varianti. 
Dissertatsiya ishining farazi:Agar
1.Maktabgacha yoshdagi bola “Men” konsepsiyasining asosiy kognitiv 
mazmunida bilish faolligi negizida uning muhim tarkibiy qismi bo„lgan ijtimoiy 
psixologik yondashuv va akliy komponentlarning bola hohish istak va 
mayillarining o„zlikni anglash bilan belgilanadigan komponenti yetakchi rol 
o„ynaydiki, bu jihat oiladagi ota-ona va farzandlar o„rtasidagi o„zaro 
munosabatlarning xarakteridan kelib chiqishi ehtimol. 
2. Bola psixik taraqqiyotining keyingi bosqichlarida “Men” konsepsiyasi 
rivojlanishining asosiy omili sifatida ota-ona va bola o„rtasidagi munosabatlar 
bilan birga er va xotin o„rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari hamda er-
xotinlik munosabatlarining bola tomonidan idrok etilishi darajasiga bog„liq bo„lishi 
mumkin. Ushbu asosiy taxminlarimizning mazmuni quyidagi ishchi taxminlar 
asosida o„z isbotini topadi: 
a) o„zini baholashi yuqori va ota-onalar tomonidan ham baholanishi yuqori 
bo„lgan bolalar o„z ota-onasining har qanday bahosini, hatto tanqidiy bahosini ham 
qabul qiladi, ularning fikriga qo„shiladi, bunday bolalarda o„ziga nisbatan ishonch 
hissi mavjud bo„lib, bu ularning o„z ota-onalari bilan yaqin bo„lishini ta‟minlashi 
mumkin; 
b) o„zini baholashi yuqori va ota-onalar tomonidan baholanishi o„rtacha 
bo„lgan bolalar – o„zini baholashda ota-onasining o„zi haqida fikri baland 
emasligini ifodalash orqali o„zi to„g„risida shakllanayotgan obrazni aniq tasavvur 
qilishi qiyin, shu sabab istiqbolda uning o„ziga munosabati salbiy bo„lishi ehtimol; 
v) o„zini baholashi o„rtacha va ota-onalar tomonidan ham baholanishi 
o„rtacha bo„lgan bolalarda ko„proq o„zaro noadekvat munosabatlar shakllanadi, 
chunki bu toifa bolalar o„z hissiyotlarini aniq namoyon qila olmaydilar; 
g) o„zi tomonidan baholashi o„rtacha bo„lgan, lekin ota-onalar tomonidan 


11 
baholanishi yuqori bo„lgan bolalardagi “Men” obrazi ijobiy bo„lib, ularning o„zi 
to„g„risidagi tasavvurlari ko„proq xolis hamda to„g„ri bo„lishi mumkin. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin