O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/25
tarix23.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ozini-ozi anglashning ijtimoiy psixologik omillari

Mavzuning dolzarbligi. Ta‟kidlash joizki, oila ijtimoiy institut sifatida 
o„zining barcha vazifalarini bajargan taqdirdagina, mafkuraviy tarbiyaning 
kafolatli o„chog„iga aylanadi. Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi – 
qobiliyatli farzandlarni o„stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma‟naviy 
tomondan yetuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan 
iborat. Ya‟ni, ham ma‟naviy, ham jismoniy jihatdan sog„lom, barkamol inson faqat 
sog„lom oilada shakllanishi mumkin. Oiladagi sog„lom muhit va barqarorlik esa 
yaxlit jamiyat ma‟naviy takomilining aslosidir. 
Sharqda bir necha asrlar oldin oila va uni tashkil etish, oilaviy munosabatlar, 
uning shaxs kamolotidagi o„rni va roli xususida Yusuf Xos Xojib, Kaykovus,
Jaloliddin Davoniy, Muxammad Sodik Koshgariy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali 
Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi allomalarimiz ham o„z karashlarini 
bayon etib kelganlar. 
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida ijod qilgan o„zbek 
ma‟rifatparvarlari Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriylarning 
asarlarida xalqimizning milliy qadriyatlari, turmush tarzi, oiladagi farzandlar 
tarbiyasi milliy ruhda ifodalangan. 
Mustaqil taraqqiyot yo„liga chiqqan O„zbekistonda ko„plab yangi sohalar 
qatori aholiga psixologik maslahatlar berish hamda oilaviy psixoterapiya sohasini 
rivojlantirishga xizmat qiladigan tadqiqotlarga bo„lgan muayyan ehtiyoj tobora 
ko„proq sezilmoqda. Zero, bunday xizmatlarga ehtiyoj bir tomondan oilaviy 



munosabatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, shu 
maskanda tarbiyalanayotgan bolalarning psixologik rivojlanishiga ota-onalar 
tomonidan ko„rsatiladigan e‟tiborning samarasini belgilaydi. 
Bolaning psixik rivojlanishi uning ruhiyatiga ta‟sir ko„rsatuvchi ob‟ektiv va 
sub‟ektiv omillarga, xususan, undagi o„zlikni anglash, o„ziga-o„zi beradigan 
baholar hamda munosabatlarning xarakteriga bog„liqdir. Bu, avvalo, inson 
shaxsining psixologik asoslarini shakllantiruvchi, uning emotsional, intellektual va 
ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratuvchi ontogenezning dastlabki bosqichlariga 
taalluqlidir. Bunda oiladagi munosabatlar, xususan, ota-onalar o„rtasidagi o„zaro 
munosabatlar, shuningdek, ota-ona va farzandlar o„rtasida o„rnatiladigan 
munosabatlarning tabiati katta rol o„ynaydi. Oila ijtimoiy guruhlarning eng kichigi 
bo„lib, bolada o„zi va o„zgalar to„g„risida shakllanadigan ijtimoiy tasavvurlarining 
dastlabki muhiti sifatida katta ijtimoiy ahamiyatga molik maskandir. Davlatimiz 
rahbari I.A.Karimov ta‟kidlaganlaridek, “Insonning eng sof va pokiza tuyg„ulari, 
ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag„rida shakllanadi. 
Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma‟naviy mezon va 
qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha 
kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”.
1
Tadqiqotning dolzarbligi, shu nuqtai nazardan boladagi jamiyatda, insoniy 
munosabatlar tizimida munosib maqomga ega bo„lishini ta‟minlaydigan eng 
dastlabki 
ijtimoiy 
tasavvurlar 
hamda 
o„zi va o„zgalar to„g„risidagi 
tushunchalarning shakllanishiga oiladagi ma‟naviy-ruhiy munosabatlarning rolini 
aniq empirik ma‟lumotlar bilan asoslashga bo„lgan davrning ehtiyojidan kelib 
chiqadi. 
Ko„plab psixologik tadqiqotlarda oila bola shaxsining shakllanishi va uning 
ijtimoiylashuviga ta‟sir ko„rsatuvchi omil sifatida baholanadi. Lekin boladagi o„zi 
to„g„risidagi barcha tasavvurlarning shakllanishida u tarbiyalanayotgan oiladagi 
munosabatlarning xususiyatlari, oila tiplari va ota-onalik maqomlarining ular 
1
Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008 – 52 б. 



tomonidan qay darajada anglanishining bevosita roli alohida tadqiqot doirasida 
O„zbekiston sharoitida o„rganilmagan. Bu masala amaliy ahamiyatga molik bo„lib, 
“...inson o„z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 
yoshgacha bo„lgan davrda olar ekan”.
2
Demak, shu informatsiyalar orasida 
bolaning o„z “Men”ini to„g„ri shakllantiradigan va shu orqali uni ijtimoiy 
psixologik munosabatlarga ruhan tayyorlaydigan ma‟lumotlarning manbai va ta‟sir 
kuchini o„rganish yosh ota-onalar va oilashunoslar uchun o„ta dolzarb ahamiyat 
kasb etadi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin