12
tashkil etuvchi ota-ona va yaqinlarning o„zaro munosabatlaridan tashqari ota-
onaning farzandga bo„lgan munosabatlari, bola ongida shakllantiriladigan kognitiv
fikr-tushuncha va g„oyalar katta rol o„ynaydi.
3. Ota-ona munosabatlari ta‟sirida shakllangan “Men” konsepsiyasi besh
tarkibiy qismdan iborat bo„lib, unga qadriyatlar konsepsiyasi, nominatsiyalar
konsepsiyasi,
yosh konsepsiyasi, ijtimoiy muhit konsepsiyasi hamda jins
konsepsiyalari kiradi va ular o„ziga xos ierarxik tuzilmaga egadir. Taraqqiyotning
har bir bosqichida ushbu bosqichning yetakchi faoliyati va omillariga bog„liq
tarzda uning u yoki bu komponenti yetakchi bo„ladi.
4. Maktabgacha yoshdagi taraqqiyot bosqichida jinsiy o„zlikni anglash
konsepsiyasi, ya‟ni shaxsning qaysi jins vakili ekanligiga oid tasavvurlar ustuvor
bo„lgani uchun ham ota-ona va ular o„rtasidagi jinslararo munosabatlar o„zlikni
anglash jarayonining bosh yo„nalishi hisoblanadi.
5. Maktabgacha yoshdagi bola “Men” konsepsiyasining tuzilishi,
uning
ayrim unsurlari, ularning o„zaro nisbati va ontogenezning turli bosqichlaridagi
mazmuni, shuningdek, ularning shakllanishiga ta‟sir ko„rsatuvchi oilaviy
munosabatlar bilan o„zaro aloqasi, avvalo, oiladagi
munosabatlar va ota-onaning
o„zlikni anglash darajasi bilan belgilanadi.
6. O„zini baholashning shakllanish jarayoni murakkab bo„lib, u bolaning o„z
“Men”ini baholashi va ota-onaning real bahosi o„rtasidagi aloqani namoyish qilib,
bolaning istiqboldagi psixik rivojlanishini bashorat qilishga imkon beruvchi
mexanizmdir. Bunda bolaning ota-onasidan kutayotgan baho tizimi, ota va ona
beradigan baholar o„rtasidagi farq boladagi adekvat yoki noadekvat bahosi uchun
psixologik zamin rolini o„ynaydi.
Dostları ilə paylaş: