Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Yakka xarakat tezkorligini



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Yakka xarakat tezkorligini xarakat aktini biomexaniq bo‘laklarga (qismlarga) ajratib chegaralangan xolda 
tavsifla-shimiz mumkin. (masalan, depsinish tezligini aniqlash kerak bo‘lib qolsa, yugurishda sonni tez ko‘tarib 
chiqaolish orqali aniqlanadi). Ayrim sport mashqlari turlarida (masalan: uloq-tirishlarda) xarakat tezligi muskullar 
kuchining namoyon bo‘lishi bilan umumiylashib (qo‘shilib) ketadi va bu bilan tezkorlikni kompleksli xususiyatini - 
keskin xarakat (rez-kostp)ni vujudga keltiradi. Shuning uchun tezkorlik - kuch talab qiladigan sport turlarida xarakat 
tezligini rivojlantirish, ayniqsa, tashqi qarshiligi yuqori bo‘lgan mashqlar muskul kuchini rivojlantiruvchi vosita 
sifatida rol o‘ynaydi. 
Sof, tez bajariladigan mashqlar evaziga tezkorlikni rivojlantirish juda qiyin bo‘lib, kuch talab qiladigan 
mashq-lar orqaligina muskul qo‘zalishi tezligining oshishi amaliyot-da isbotlangan. Kuch imkoniyatlarini oshirish 


vazifasi esa juda sodda xal qilinadi. Kuchni rivojlantirish tez xarakat-lar sharoitida o‘tishi lozim. Buning uchun 
dinamik zo‘riqish uslubidan foydalanadilar: maksimal kuch bilan zo‘riqish xara-katni to‘la amplitudada, eng yuqori 
tezlikda, shuullanuvchi uchun meoyoridan oz vazminlikda yuk bilan yuzaga keltiriladi.
Siklik xarakatlar xarakat chastotasini ifodalaydi. Qo‘l-larni maksimal xarakati chastotasi oyoqlarnikidan 
yuqori, oyoq qo‘l bo‘inlarining xarakati chastotasi tananing boshqa aozolari va boshqa bo‘laklaridan yuqori darajada 
bo‘lishi mumkin. 
Xarakat chastotasini o‘lchash qoida sifatida vaqtning qisqa intervali orqali olib boriladi. Sprint 
yuguruvchining 100 metrga yugurishdagi xarakat chastotasi bir sekundda baja-radigan qadamlari sonini sanash orqali 
aniqlanadi.
Xarakat chastotasi va shu bilan birga, siklli xarakatlar tezligini rivojlantirish maksimal tezlikda bajariladigan 
mashqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
V.P. Filinning (1970) isbotlashicha, sport trenirovkasi-ning boshlarida tor yo‘nalishdagi mashqlar bilan tezlikni 
rivojlantirish salbiy oqibatlarga olib kelar ekan. Bu metod bilan natija sprintda 1-1,5 sekundgina yaxshilanadi xolos. 
Boshlanishdan umumjismoniy tayyorgarlikni oshirib tor yo‘na-lishdagi tezlik sifatlarini rivojlantirish ijobiy natija 
beradi. Yuqoridagi qoidaga rioya qilish bilan cheklanib qolinsa, tor yo‘nalishdagi tezlik uchun berilgan mashqlar tezlik 
to‘siining (skorostnoy baroer) paydo bo‘lishiga olib keladi. Ana shu tezlikka organizmda refleks vujudga keladi, bu 
esa tezlikning stabillashuvi demakdir.
Xarakat chastotasi va xarakat tezligini rivojlantirish uchun takrorlash, takroriy - oshirib borish va o‘zgaruvchan 
mashq qilish metodlaridan foydalaniladi. Bunday metodlarni qo‘l-lashda yugurish masofasi shunday tanlanadiki, uning 
oxirida va yuguruvchiiing takroriy urinishlarida xam tezkorlik pasaymas-ligi kerak. 
Maksimal intensivlikda bajariladigan ish anaerob sharoitda o‘tadi, shuning uchun dam olish intervali urinishlar 
orasida kislorodga muxtojlikni qondira oladigan darajada belgilanishi (o‘rnatilishi) lozim. Ularning oraliini yengil 
yugurish, osoyishta yurish va boshqalar bilan to‘ldirish tavsiya etiladi.
Emotsionallik va qo‘zalishning yuqori darajasi tezkor-lik imkoniyatlarini namoyon bo‘lishi uchun sharoit 
yaratadi. Bunda o‘yin va musobaqa metodlari (bu metodlardan jismoniy tarbiya metodlari mavzusida tanishamiz) 
maqsadga muvofiqdir. 
Agarda ishni tez bajarish charchash ko‘zga tashlana boshla-ganda bajarilsa, maksimal tezkorlik emas, 
tezkorlik chidam-liligi rivojlanadi.
Shuullanuvchining yoshi va ularning individual xususiyat-lari tezlikni rivojlantirish imkoniyatlarini 
chegaralaydi. Qizlarda qulay yosh 11-12, o‘il bolalarda esa 12-13 yosh xisoblanadi. Mashqlarni standart ravishda 
takrorlayverish yoshlikdanoq “tezlikning to‘siini” vujudga keltiradi. Kichik maktab yoshidagilarda xarakatli o‘yinlar, 
o‘rta va katta maktab yoshida sport o‘yinlari, tezkorlik bilan bajaradigan standart yugurishlardan foydalanish 
foydaliroqdir. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin