Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Xarakat reaksiyasining tezligi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Xarakat reaksiyasining tezligi. Individning qandaydir tanlangan signalga, buyruqqa, ovozga javoban 
tezkorligini tushuniladi. 
Xarakat reaksiyasi ikki turga ajratiladi: sodda (oddiy) reaksiya - bu kutilgan signalga oldindan belgilangan 
xarakatlar orqali beriladigan javob.
Murakkab reaksiya - tanlay olish reaksiyasidir. Oldindan belgilangan xarakatni bajarish uchun bir necha signal 
ichidan shartlangani tanlab olinadi yoki bir signalga oldindan belgilangan bir necha xarakatdan kelishib olinganini 
bajarish tushuniladi. 
Xarakatlanayotgan oboektga nisbatan reaksiya ko‘pincha o‘yinlarda, asosan sport o‘yinlarida, sport yakka 
kurashida masalan, o‘yinchining raqibi tomonidan yoki sherigi tomonidan uzatilgan to‘pni qabul qilib olish uchun 
chiqishi. Murakkab xarakat reaksiyasining davom etish vaqti soddasidan oddiy reaksiyadan birmuncha uzunroq 
bo‘ladi. 
Sodda reaksiya “ko‘chish (o‘tish) xususiyatiga ega: agarda individ (shaxs) biron-bir xolatda signalga tez 
reaksiya qilsa, boshqalariga xam xuddi shunga o‘xshagan sharoitda tez reaksiya qilishi mumkin. Qiyin reaksiyalar 
xususiyligi bilan ajralib turadi. Agarda odam navbati bilan ikki signalga yaxshi reaksiya qilsa, uchta va undan ortiq 
signallarga xam shunday tez reaksiya qiladi, deyishimiz noto‘ri bo‘ladi. 
Xarakat tezligi reaksiyasini sekundlar va millisekund-lar bilan o‘lchanadi. Tezlikni rivojlantirish uchun vosita 
qilib, odatda, maxsus mashqlar tanlanmaydi. Oddiy xarakat reaksiyasi tezlik talab qiladigan turli xarakatlarni bajarish 
davomida rivojlanaveradi. Bunda xarakat reaksiyasini “ko‘-chish”i (tezlikning ko‘chishi) kuzatilmaydi, yaoni tezlik 
reatsiya-sini rivojlantirish bilan xarakat tezligini rivoj-lantirish qiyin. Xarakat reaksiyasini rivojlantirishda turli-tuman 
xarakatli, sport o‘yinlarini vosita sifatida qimmati yuqori, ammo basketbol ularning ichida yetakchisidir. 
Uni tarbiyalashning asosiy metodi - paydo bo‘lgan, bo‘ladigan signallarga imkoni boricha tez reaksiya qila 
olish.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin