Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Avtomatlashgan va avtomatlashmagan xatolar



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

3. Avtomatlashgan va avtomatlashmagan xatolar. Avtomat-lashmagan xatolar ko‘pincha taolimning 
boshlanich etaplarida uchraydi. O‘qitish metodikasining muvofiqligi natijasida ularni tuzatish unchalik qiyin emas, 
ularning ko‘pchiligi o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishi amaliyotda isbotlangan. 
Avtomatlashgan xatolar noto‘ri xarakatlarni ko‘p marota-balar takrorlash natijasida paydo bo‘ladi. Bunday 
xatolar o‘ta turun bo‘lib, ularni tuzatishda maolum murakkabliklar yuzaga chiqishi mumkin. 
Ayrim xollarda xarakat faoliyatini takrorlash vaqtincha to‘xtatilishi lozim bo‘ladi, bu o‘z navbatida, 
yarimsharlar po‘st-loidagi vaqtli aloqalarning bir oz susayishiga olib keladi, so‘ngra xarakat vazifasini xal qilishga 
yangicha yondashish lozim bo‘ladi. Avtomatlashgan xatolarni tuzatishda, o‘quvchi xarakatni to‘ri bajarishga urinib bir 
oz noqulaylik sezadi. Lekin bunday torlik asta-sekinlik bilan o‘tadi,
4. Moxiyatli va moxiyatsiz (axamiyatli va axamiyatsiz) xatolar. Moxiyatli (qo‘pol) xatolar deganda, mashq 
texnikasi asosi-negizida sodir bo‘ladigan, texnikaning asosini buzadigan xatolar tushiniladi. Ularni iloji boricha tez 
yo‘qotilishi lozim, chunki ular taolim jarayoniga salbiy taosir ko‘rsata-dilar. 
Moxiyatsiz (mayda) xatolar xarakat faoliyatidan ayrim xarakat aktlariga taalluqli bo‘lib, mashq qilish davomida 
ularga nisbatan eotiborsizroq bo‘lish mumkin. Axamiyatsiz xatoga odatlanib qolish, xarakat texnikasini 
takomillashtirish uchun keyinchalik xam to‘siq bo‘lishi mumkin. 
5. Tipik va tipik bo‘lmagan xatolar. Ayrim xarakatlarda xar bir shuullanuvchi yo‘l qo‘yadigan xatolardan 
mavjud bo‘lib, ular tipik, ommaviy tarzda uchraydigan xatolar deb ataladi. Bunday xatolarning sodir bo‘lishini 
oldindan bilish qoidaga aylangan. Masalan, bolalarni qisqa masofaga yugurishida quyidagi tipik xatolar sodir bo‘lishi 
kutiladi: startda  tos qismini baland ko‘tarib yuborish; masofa bo‘ylab yugurishda-gavdani meoyoridan ortiq oldinga 
eng kaytirish va boshqalar. 
Qanday xatolar sodir bo‘layotganligiga qarab uni yuzaga keltirayotgan sabablar aniqlanishi lozim. Umumiy 
ko‘rinishda sodir bo‘ladigan xatolar pedagogika jarayon prinsiplarining, ularni tashkillash qoidalari va sharoitlarining 
buzilishi sababli yuzaga kelishi aniqlangan. Nisbatan tipik xatolar quydagilar bo‘lishi mumkin. 
1) o‘quvchi tomonidan taolimning vazifasini tushunmaslik orqali sodir bo‘ladigan; 
2) vazifani xal etish loyixasining takomillashmagan-ligi, xarakat akti yoki faoliyatini muskul orqali xis qila 
olmaslik orqali; 
3) jismoniy tayyorgarlikni yetarli darajada emasligi va jismoniy sifatlarning garmonik rivojlanmaganligi 
sababli; 
4) o‘z kuchiga to‘la ishonmaslik, katoiyyatning yetishmasligi oqibatidan; 
5) xarakat malakasining salbiy ko‘chishi sababli; 
6) vaqtidan oldin toliqish va charchashga olib keladigan darsning tashkillanishiga qo‘yiladigan talablarning 
buzilishi orqali; 
7) mashulot o‘tkazish joyining, sport uskunalarining, jixozlarning pedagogik talablarga javob bermasligi. 
Xatolar sodir bo‘lishining tipik sabablarini bilish, ularining vujudga kelishi bilan boliq jixatlarini aniqlash, 
xatolarni sodir bo‘lishidan ogoxlantirish, pedagogik jarayon-ning barcha talablarga to‘laligicha rioya qilish demakdir.
Tipik xatolarni oldini olishda quyidagilarga eotibor berish taolim jarayonining sifatini yaxshilaydi:
1. Mashqning umumiy vazifasi o‘quvchilarni to‘ri tushi-nishiga erishish. Ularning diqqatini o‘zlashtirish yoki 
mustax-kamlashda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar, xatolarga qaratmay, mashq bo‘yicha nazarda tutilgan 
vazifalarni xal etishga qarata olish, masalan, balandlikka sakrashni o‘rgatishda o‘quvchining diqqatini balandlikni zabt 
etishiga emas, mashq texnikasini o‘rganishga qarata bilishimiz lozim. 
2. O‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyati texnikasini o‘quv-chilar tomonidan to‘ri tushunilishiga erishish. 
3. O‘quvchi kuchiga yarasha bo‘lmagan materialni tavsiya etish bilan o‘qituvchi mashqni bajarishda ixtiyorsiz 
ravishda xatolar sodir bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan o‘quv 
materialinigina tavsiya qilish. 
4. Mashq texnikasini xatosiz, mukammal bajarish bilan o‘rganishga xoxishni uyotish. Birinchi urinishni katta 
eotibor bilan amalga oshirish lozimigi shuullanuvchi va o‘qituvchining diqqati markazida bo‘lishi. Birinchi 
urinishning to‘ri-noto‘-riligi xotirada chuqur iz qoldirishini eotiborga olish. 
5. Xarakatning tezligi va uni to‘ri bajarilishi orasi-dagi muvofiqlikka rioya qilish. Mashqni aniq bajarilishiga 
tezlikni buysundirish, avvalga mashqni aniq bajarib va so‘ngra uni bajarish tezligiga eotibor berish. Lekin bu qoidani 
xarakat vazifasi sifatida massa inersiyasi tezligini talab qiladigan mashqlarga nisbatan qo‘llamaslik. Osilib turgan 
xoldagi turlicha «max»lar, suvga sakrashlardagi tezliklar bundan mustasno bo‘lib, ularni sekinlashtirib bajarish 
mumkin emas. 
Maksimal tezlik bilan bajarilishi zarur deb xisob-langan mashqlarni bajarishga o‘rgatishda erishilgan tezlikni 
saqlay olish uchun ketgan vaqt mobaynidagina mashq qilish tavsiya etiladi. Undan ortiq vaqt davomida shu mashqni 
takrorlash o‘zlashtirish samaradorligiga putur yetkazadi. Agarda bajarishdagi aniqlik va tezlik bir xil axamiyatga ega 


bo‘lsa, mashqni xarakat koordinatsiyasi buzilmaydigan tezlikda baja-rish kerak. Sekin va tez bajarishda inersiyaning 
shunday tez-liklari vujudga keladiki, ularning kuchi muskul qisqarishiga qarab paydo bo‘ladiganlidan kuchli bo‘lishi 
mumkin. 
6. Mashulotni (darsni, trenirovkani) muvofaqiyatsiz urinishdan so‘ng to‘xtatmaslik. Chunki bunda 
o‘quvchilarda faoliyat xaqida noto‘ri tushuncha qoladi. Mashulotdan o‘quvchi o‘rganilishi lozim bo‘lgan xarakatni 
o‘zlashtirishda yoki uni natijasi bo‘yicha maolum yutuqlarga erishdim degan fikr bilan ketishi kerak. Agarda o‘sha 
xato doimiy ravishda takrorla-naversa, o‘rgatishni darxol to‘xtatish lozim, aks xolda u xato «avtomatlashib» qolishi 
mumkin. O‘qitishning samaradorligi o‘quvchi o‘z xatolarini ongli ravishda tushunsagina oshadi va noto‘ri shakllangan 
nerv musukul aloqalari bir muncha susayadi. 
Xatolar klassifikatsiyasi va ularning sodir bo‘lish sabablarini bilish bilangina uni tuzatishning effektiv 
choralarini aniqlash mumkin. Xatolar iloji boricha tezroq va puxtaroq tarzda tuzatilishi zarur, chunki ular 
«avtomatlashib» qolib taolim jarayonini sekinlashtirishi va o‘z navbatida, shikastlanishga olib kelishi xam mumkin. 
Asosan, xatolarning sababini aniqlash muximdir. Xatoni aniqlash unchalar qiyin emas, murakkabi uning sodir 
bo‘lishiga doir sababni aniqlay olishdadir. Uning sababini tushuntirish xatoni to‘rlashga nisbatan oqilona bo‘lgan 
yo‘llarni topishga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, sodir bo‘ladigan xatoni taosir etmaydigan qilib qo‘ymay, uning 
oqibatlarini oldini olishga imkon yaratadi. 
Ommaviy o‘qitish amaliyotida xatolarni aniqlash usullari, ularni kuzatish, taxlil qilish va baxolash bilan 
chegarala-niladi. Bir vaqtning o‘zida shuullanuvchilarning sonini ko‘p-ligi ularga xos xatolarni aniqlashda 
qiyinchiliklar tudiradi.
O‘qituvchining kuzatish joyini qulay tanlay olishi xammani va barcha xarakatlardagi xatolarni sodir bo‘lishini 
ko‘rish imkoniyatini beradi. Kuzatishni bilish – eng avvalo, ko‘rganini taxlil qila olish va baxolashdir. Bu jarayon xam 
o‘qituvchi, xam o‘quvchi tomonidan ikki tomonlama bo‘lishi shart. 
O‘quvchi jismoniy mashqni bajarayotib ko‘pincha o‘zining muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini ko‘radi 
xamda fao-liyati sifati yoki uning yakuniy natijasiga ko‘ra baxo beradi. Lekin oboektiv taxlilsiz o‘z yutui va 
kamchiligi sababini bilmasligi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchining o‘z yutui va xatosi xaqida fikr yurita olishga 
o‘rgatishi shart. Bu o‘z navbatida nazariy bilim va amaliy malaka demakdir. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin