Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Xarakat faoliyatini o‘zlashtirish



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Xarakat faoliyatini o‘zlashtirish xatolarsiz va xarakat-larda xatolarni paydo bo‘lishi (boshqariladigan taolim 
prin-sipi, bajarib ko‘rish va xatolar prinsipi) orqali amalga oshiriladi. 
O‘qitishning boshqariladigan prinsipi xar qanday xato taolimga maolum maonoda zarar keltirishini tasdiqlaydi
shuning uchun o‘qitishning barcha shartlarini (faoliyat asosini mo‘ljalga olib) qatoiyan detallashtirish va 
reglamentlashtirish talablarni qo‘yadi. Bajarib ko‘rish va xatolar prinsipi esa uning aksini, yaoni xarakatning asosini 
korreksiyalash va optimal variantini axtarishni, ayrim xatolarning tabiiy ravshda maqsadga muvofiqligini tan oladi. Bu 
prinsip faoliyat natijalari, usullarni xijjalab tushuntirish, taolim-ning barcha didaktik prinsiplariga va o‘qitish 
qoidalariga rioya qilish lozimligini inkor etmaydi. Sunoiy ravishda xatolarga yo‘l qo‘yish mabodo sodir bo‘lsa, 
o‘qituvchi va o‘quvchi-ning zo‘r berishini yo‘qqa chiqaradigan katta ziyon xam emas, deb taokidlaydi. Vazifani xal 
etishda o‘quvchi xatolar orqali borishi kerak. Obrazli qilib aytganda, xato foydali bo‘lishi lozim. Xatoning asosiy roli 
texnika ijrosini indvidual-lashtirishdadir. Eng keng asosga ega bo‘lgan, mo‘ljal bilan o‘rganila boshlangan xarakat 
faoliyati xam xatolarni inkor etmaydi. Xar bir urinish (proba) xam izlanishdir. Izlanishni esa xatosiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. 
Taolimning ikkala prinsipi xam muammoni xal qilishda turlicha yo‘llarni eotirof etsada ular xarakat malakasi 
va ko‘nikmasining vujudga kelishiga olib keladigan psixofizio-logik moslashuv moxiyatini inkor qilolmaydi (ye.P. 
Ilin, 1970). 
Xatosiz o‘qitishga intilish, ularning paydo bo‘lish extimolini kamaytirmaydi. Eng qulay sharoitlar jismoniy 
tayyorgarlikning yuqoriligi, xarakat faoliyatining nisbatan soddaligi va boshqalar xatolarni umuman sodir bo‘lishini 
yo‘qga chiqarish mumkin. Taolim birinchi etapida o‘rgatish qoidada-gidek bajarib ko‘rish va xatolar prinsipi
ikkinchisida boshqariladigan o‘qitish prinsipi qo‘llaniladi. 
Shunday qilib, to‘ri qo‘llanilgan taolim metodlari xarakat faoliyatini egallash jarayonida xatolarning yuzaga 
chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi va bu bilan taolimning samarador-ligini pasaytirmasligi mumkin. Xatolar albatta mavjud 
bo‘ladi, ularsiz mumkin emas, deyishga mutlaqo o‘rin yo‘q. O‘qituvchi va o‘quvchilarning xatolariga nisbatan 
befarqlik ularga yuzaki qarash, xatolarning kamayishiga salbiy taosir etishi, yana yangi xatolarning paydo bo‘lishiga 
olib kelishini amaliyot tasdiqlagan. Ayniqsa xarakat malakasi shakllanishi-ning boshlanich etaplarida mashqni 
takrorlashlari davomida xatolar sodir bo‘ladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin