«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida»gi qonundan: 3-modda. Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday
dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan Konstitusiyaviy huquqidir. Fuqaro
о‘zining dinga, e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy
rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta’lim
olishga о‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga
yо‘l qо‘yilmaydi. Voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish,
shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning о‘rnini bosuvchi shaxslar
ixtiyoriga zid tarzda dinga о‘qitishga yо‘l qо‘yilmaydi. Dinga e’tiqod qilish yoki
о‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa
fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun
zarur bо‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida»gi qonundan 5-modda. О‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy
e’tiqodga boshqalarga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga
yо‘l qо‘yilmaydi. Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod
qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar о‘rtasida
о‘zaro murosa va xurmat о‘rnatilishiga kо‘maklashadi, diniy va о‘zga
mutaassiblikka hamda ekstremizmga munosabatlarni qaramaqarshi qо‘yish va
keskinlashtirishga, turli konfessiyalar о‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan
hatti-harakatlarga yо‘l qо‘ymaydi. Davlat diniy konfessiyalar о‘rtasidagi tinchlik
va totuvlikni qо‘llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga
kiritishga qaratilgan hatti-harakatlar (prozeliitizm), shuningdek, boshqa har qanday
missionerlik faoliyati man etila
12-modda. О‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar,
mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.