7
iborat. Hindistonda hozirda ham vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samovedinalar
saqlanib, ularning maktablari mavjud.
Yajurveda. Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bо‘lib,
uning asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil etadi. Bu marosimlarda
tо‘lin oyli tunda, yangi oy chiqqan payti Agni uchun qurbonliklar о‘tkazilgan.
Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bо‘lingan. Qora
yajurvedaning turli maktablarga xos bо‘lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa,
Maytrayani, Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli
birgina tahriri bor.
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus
va mantralar. III. Braxmana sharhlari.
Atxarvaveda. U mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy
hind afsunlarini о‘zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bо‘lgan
barcha taraflarni, nuqson va kamchiliklarni о‘zida aks ettirgan. Atxaravaveda
afsonaviy ruhoniy Atxarvana (“Olov ruhoniysi”) nomi bilan bog‘liq bо‘lib, afsun
va jodular о‘sha davrda olov ustida bajarilgan. Atxarvaveda 6 ming she’rdan iborat
bо‘lib, 371 madhiyani о‘z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan.
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta’limot ilgari suriladi.
Hindistonda kо‘pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “yeng ulug‘i, eng
kichigi,
eng qarisi, eng yoshi bо‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo
ba’zida butun borliqning hukmdori bо‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir
xudoga tobe bо‘lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe
bо‘lishi mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bо‘ysunadilar. Bu
Veda ilohiyotchiligiga xos bо‘lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham
tegishlidir.
Vedalarda xudolar
osmon xudolari quyosh xudolari, havo xudolari, er
xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari. Dyaus, Varna, Indra kabi xudolar osmonlarni boshqarib
turuvchilarga kirganlar. Keyinchalik Varuna suv va dengizlar xudosiga aylanib
ketgan.
Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon
bо‘lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida sо‘z yuritiladi. Mitra (dо‘st) –
qadimiy xudodir. Surya – quyoshning yorqinroq namoyon bо‘lgan kо‘rinishidir.
Savitri -quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bо‘ladi. Pushan muruvvatli
bо‘lib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini о‘zida namoyon qiladi. Vishnu xudolar
orasida abadiy bо‘lib, hozir Hindistonda ulug‘lanadi.
Yana Ashvina va Sitvar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qо‘shiladi.
Indra osmon podshosi va oriylarning milliy xudosidir. Yomg‘ir
xudosi
Panjaniya, shamol xudosi Vayyular Vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular Indra
bilan jamlangan holda tasvirlanadi.
Runada odamlar qо‘rqib unga bag‘ishlab madhiya, duolar о‘qiganlar. U
Rigvedada Shiva (yoqimli) nomi bilan zikr etiladi. Shiva Vishnu bilan keyinchalik
Hindistonda unutilgan xudolar turkumini egalladi.
8
Yer xudolari. Agni – olov xudosi, u haqidagi afsonalar Hindistondan
tashqarida vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi
ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.
Ushas – tong va uning nuri ma’budasidir. Sarasvatilar –
daryo xudosi,
keyinchalik sо‘z xudosi sifatida tasvirlangan.
Veda ibodatlari ikki turga bо‘lingan. Birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga
atab qilinadigan qurbonliklar yoki narsalarni taqdim qilishdan iborat bо‘lgan. Duo
kitoblari bо‘lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan.
Keyin Rigveda, Atxarvaveda kabi madhiya va duolarni о‘zida jamlagan kitoblar
paydo bо‘lgach, ibodatning ikkinchi kо‘rinishi – duo va madhiyalar xudolarga atab
о‘qish odat tusiga kirgan.
Dostları ilə paylaş: