Uchinchidan, har bir din о‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik – regulyativ vazifani bajaradi. Dinlar о‘z urf-odatlarining, marosim va
bayramlarining qavmlari tomonidan о‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda
bajarilishini shart qilib qо‘yadi.
Misol uchun, islomda kuniga 5 mahal namoz о‘qilishi, har hafta juma namozini jome
masjidlarida ado etilishi, ramazon oyida bir oy rо‘za tutilishi, rо‘za va qurbon
hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
Tо‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, birlashtiruvchilik – kommunikativ vazifani ham bajaradi, ya’ni har bir din о‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning о‘zaro
aloqadorlikda bо‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi
kishilarning о‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, о‘zaro huquq va
burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bо‘lib bajarilishi lozimligi nazarda
tutiladi.
Beshinchidan din legitimizatsiya – qonunlashtiruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons
ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiiy sistema muayyan cheklovlarsiz
mavjud bо‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga kо‘tarilgan axloq normalarini
ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bо‘lgan
munosabatni ham belgilaydi».
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa
insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini masalalariga о‘z munosabatini bildirib
turishidan iboratdir.
Din ham falsafa kabi dunyoqarashlardan biridir. Falsafa ham, din ham dunyoning
dunyoqarash ta’rifini yaratadi, tafakkurning ma’lum usullari va qadriyatlar tizimini
shakllantiradi.
Diniy ongni tashvishga solgan voqea-hodisalar kо‘pincha falsafiy tafakkur sohasiga
ham dahldor. Bularning hammasi falsafa va dinni birlashtiradi. Biroq ular о‘rtasida
prinsipial farqlar ham mavjud.
falsafadan farqli о‘laroq din e’tiqodga asoslanadi.
Har qanday din aqida (dogma)larga asoslangan. Ularning asosida Xudo tomonidan
yuborilgan vahiy – о‘gitlar, tamoyillar va muqaddas ilohiy matnlar yotadi. О‘zining
«ilohiy» tusdaligi tufayli muqaddas matnlar о‘zgarmasdir, ularga shubhali qarash esa -
Xudoga shak keltirishdir.
DINGA BERILGAN TA’RIFLAR. DINLAR TASNIFI.
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri
insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bо‘lgan, uni yaratgan,
ayni zamonda insonlarga tо‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yо‘lini kо‘rsatadigan va о‘rgatadigan
ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning
faoliyatlari orqali namoyon bо‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida
tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bо‘lgandan to bizgacha о‘tgan
davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda asosiy
tarbiyalovchi qudratga ega bо‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
4
Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi
yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran
va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir.
Din - iymon (arabcha ishonmoq, e’tiqod qilmoq), islom ( о‘zini Allohga bag‘ishlamoq,
itoatgо‘ylik, diniy kо‘rsatmalarni bajarish), degan sо‘zlarni ifodalay boshladi.