O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 193,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix23.05.2023
ölçüsü193,4 Kb.
#120818
  1   2   3
Mamayusupova Manzura



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI TARIX SIRTQI 22/2-GRUH TALABASI
MAMAYUSUPOVA MANZURANING 
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, OB`EKTI VA VAZIFALARI 
BAJARDI: MAMAYUSUPOVA MANZURA 
TEKSHIRDI: MULLAJONOV ISLOM 


FALSAFA FANINING PREDMETI, OB`EKTI VA VAZIFALARI 
Reja: 
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi 
2. Falsafa fanining predmeti va ob`ekti 
3. Falsafa fanining asosiy vazifalari 


1. 
Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan , ya’ni u qachon, 
qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli 
bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha Philo– sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan 
kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb 
talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan 
avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga 
o‘tuvchi bilim va inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy 
tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Ong 
paydo bo‘lishi ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi 
o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o‘ta rivojlanib, 
murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi. Shunday 
qolib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish 
yo‘li bilan sodda, lekin tom ma’noda aqliy ish olib bora boshladi. Falsafa Hindiston
Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda avvalo dunyoni 
oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt 
ichida tub o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq 
rol o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida 
idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi. Faqat so‘zlariga 
ishonish kerak bo‘lgan ota, kohin, ruhoniy o‘rnini, savollar beruvchi va anglashga 
chorlovchi muallim faylasuf egalladi. U shubha urug‘ini sochib, qiziqish uyg‘otdi va: 
«Ishonma, balki o‘zing fikr qil!», deya da’vat etdi. Ajdodlardan meros qolgan 
«donishmandlik» manbai sanaluvchilar, tayyor bilimlar va shak-shubhasiz haqiqatlarni 
e’tiqod sifatida qabul qilishga chorlovchilardan farqli o‘laroq, faylasuf savollarni 
ta’riflashni va avvalo sog‘lom fikr va o‘z aql-zakovatining kuchiga tayanib , ularga javob 
qidirishni o‘rgatatdi. Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o'tgan ikki ming 
yildan ziyodroq vaqt mobaynida «Falsafa eidi yo'q bo'ldi, uni o'rganishning hech bir 
zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko'p bo'lgan. 
«Falsafa» atamasi «filosofiya» so'zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. 
Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so'zini 


«Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida 
«donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va 
insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida 
ishlatilgan. Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o'rni, jamiyat va shaxs hayotidagi 
ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo'lgan. Ayniqsa, 
tarixiy taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul 
va g'oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan. Falsafa kishilarga olam 
to'g'risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa , uning ayrim jihatlarini o'rganadi. 
Masalan, biologiya o'simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o'zgarishi 
va takomillashib borishi kabi masalalarni o'rganadi. Umuman, rivojlanish jarayonining 
o'zi nima, uning mohiyati qanday? Masalaning aynan shu taxlitda qo'yilishi ilmiy 
muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Endi Faylasuf kim, degan savolga javob 
beraylik. «Filosof» so'zini ham yuqorida aytganimizdek, ilk bor buyuk matematik va 
mutafakkir Pifagor qo'llagan. Bu tushunchaning ma'nosini u Olimpiya o'yinlari misolida 
quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch 
sinashish, ya'ni o'zi va o'zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh — savdo-sotiq 
qilish , boyligini ko'paytirish uchun, uchinchisi esa, o'yindan ma'naviy oziq olish, 
haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub 
kishilar, Pifagor talqiniga ko'ra, faylasuflar edi. Bu, bir qarashda, oddiy va jo'n misolga 
o'xshaydi. Ammo uning ma'nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umri ham shunday. 
«Dunyo teatrga o'xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va o'z rolini o'ynab 
dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari 
to'g'risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uy-ro'zqor 
tashvishlari bilan o'tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju 
qo'yadi. Uchinchisi esa , olam hikmatlarini o'rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga 
sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo'larli hayot kechiradi. 
Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan, 
inson ma'naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb 
ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug'ullanganlar. Aslida, o'sha 


davrlarda falsafani o'rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko'zda tutilgan. Grek 
mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520—460 yillarda yashagan) shogirdlariga 
murojaat qilib, «Do'stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o'tkazmay desang, falsafani 
o'rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan. Boshqa bir buyuk grek faylasufi 
Epikur (eramizdan avvalgi 470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda 
etgan: «O'z-o'zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, 
o'zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir». Xuddi shuningdek, Sharqda ham 
konfutsiy va moniylik , Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy 
va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o'z hayotiy kuzatishlari 
va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, 
bashariyat tomonidan to'plangan bilim va tajribalarni o'zlashtirish orqali faylasuf 
darajasiga ko'tarilganlar. Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham 
donishmand yoki mutafakkir deb bo'lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam 
bo'ladi. Ular o'z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta'sir 
ko'rsatadi. Xudoning o'zi aql-zakovat, iste'dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga 
ega bo'lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot misolida , teran insoniv 
g'oyalar, ma'naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand 
odamlar bo'lgan. 
Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va asosiy 
muammolarini belgilab beradi. Shu ma'noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi, 
hayoti va o'zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy 
qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan davrda 
tug'iladigan va hal etiladigan o'tkinchi muammolar ham bo'ladi. Ular abadiy muammolar 
darajasiga ko'tarilmasa-da, o'z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun, 
muhim ahamiyat kasb etadi. Falsafa yangi g'oyalarning tug'ilishiga imkon beradi. Hayot, 
ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi. U tarixiy davr bilan mustahkam 
aloqadorlikda taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr , uning oldiga yangi masala va 
muammolarni qo'yadi. Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tug'iladi. Aynan 
ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o'ziga xos xususiyatlari aks etadi. 


Masalan, hozirgi zamonda yurtimiz falsafasi uchun istiqlol davriga xos qonuniyatlar va 
xususiyatlarning falsafiy asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi. Falsafiy 
ta'limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyiUar, 
ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur usullari o'z aksini topadi. Shuning 
uchun ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o'z maqsad-
muddaolari va g'oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan foydalanadi. Falsafadagi ustuvor 
qarash va qoidalar davr mahsuli bo'lgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va 
muammolari unda o'z ifodasini topadi. 
Kishilar qadim zamonlardan boshlab, borliq 
dunyo, tabiat nima, ular qanday tuzilgan, borliqning asosida nima yotadi, insonning o‘zi 
nima, u dunyoga qanday qaraydi, kabi savollarga javob berishga harakat qilib kelganlar. 
Falsafiy tafakkur insonning o‘z-o‘zini anglashidan boshlanadi, uning olam haqidagi 
bilimlarini umumlashtirish asosida rivojlanib boradi.Inson bilishining ob’ekti bo‘lgan 
olam cheksizligi sababli, bu savollarga javob berish imkoniyati ham cheksizdir. Kishilar 
borliqni va unga bo‘lgan o‘zlarining munosabatlarini o‘rgana borishi, ularning o‘z 
turmush tajribalari asosida ongli va ongsiz ravishda hosil qila borgan tasavvurlari va 
qarashlari miyalarida qayta ishlanib, o‘ziga xos turli xil dunyoqarashni hosil qiladi. 
Inson dunyoga kelar ekan, u yashashi, ulg‘ayib borishi bilan o‘z hayoti xaqida, kundalik 
ishlari xaqida, hayotdagi o‘z quvonch va tashvishlari, baxti va baxtsizligi haqida, o‘zining 
va o‘z atrofidagi kishilarning tug‘ilishi, yashashi, olamdan o‘tishi haqida, narsa va 
hodisalarning esa o‘zgarishi, rivojlanishi, boshqa yangi narsa va hodisalarning paydo 
bo‘lishi haqida ma’lum tasavvurlarga, tushunchalarga ega bo‘lib boradi. Bu tasavvurlar 
va tushunchalar uning borliqni, o‘zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, dunyodagi 
o‘z o‘rnini qanday anglashini ifodalaydi. Bular insonning dunyo to‘g‘risidagi oddiy ong 
darajasidagi qarashlaridir. Bu avvalo,inson o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, 
tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida 
shakllangan umumlashmalar tizimidir. 
 


2. Falsafaning o`rganish ob'ekti insonning o`zini o`rab turgan olam bilan o`zaro 

Yüklə 193,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin