4. Qimmatli qog„ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi.
Banklarning qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalaridan
biri anderrayting
operatsiyalaridir. Anderrayting operatsiyalari
– qimmatli qog‗ozlarni
ularning
birinchi egalariga sotish hamda emitent topshirig‗iga ko‗ra qimmatli qog‗ozlarni
so‗ndirish operatsiyalaridir.
Qimmatli qog‗ozlar emitentdan joylashtirish uchun olinganda quyidagi
buxgalteriya
o‗tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet
93616 -
―Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlari‖
yoki
93623 -
―Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‗ozlar/tijorat hujjatlari‖
Kredit
96379 -
―Saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlar
va boshqa qimmatbaho
bu
yumlar bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖.
Emitentning qimmatli qog‗ozlarini joylashtirishdan olingan pul
mablag‗larining hisobi 22608 - ―Mijozlarning qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan
operatsiyalar bo‗yicha mablag‗lari‖ balans hisobvarag‗ining ―Qimmatli
qog‗ozlarning chiqarilishiga xizmat ko‗rsatish bilan bog‗liq emitentlar
mablag‗lari‖ alohida shaxsiy hisobvarag‗ida hisobga olinadi.
Qimmatli qog‗ozlarni ularning birinchi
egalariga joylashtirishda,
shuningdek, joylashtirilmagan qimmatli qog‗ozlarni emitentga qaytarishda
qimmatli qog‗ozlarning nominal qiymati bo‗yicha
quyidagi buxgalteriya
o‗tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet
96379 -
―Saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlar va boshqa qimmatbaho
buyumlar bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖
Kredit
93616 -
―Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlari‖
yoki
93623 -
―Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‗ozlar/tijorat hujjatlari‖.
Bank qimmatli qog‗ozlarni emitent topshirig‗iga asosan emitent mablag‗lari
hisobiga so‗ndiradi. Emitentdan olingan mablag‗lar 22608 - ―Mijozlarning
qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan operatsiyalar bo‗yicha mablag‗lari‖
hisobvarag‗ining ―Qimmatli qog‗ozlarni chiqarish bo‗yicha emitentlarning
mablag‗lari‖ alohida shaxsiy hisobvarag‗ida hisobga olinadi. Emitentning qimmatli
qog‗ozlari so‗ndirilganda, so‗ndirish summasiga quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi
amalga oshiriladi.
Debet
22608 -
―Mijozlarning qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan operatsiyalar
143
bo‗yicha mablag‗lari‖
Kredit
10101 -
―Aylanma kassadagi naqd pullar‖
yoki bankning vakillik
hisob
varag‗i yoki mijoz hisobvarag‗i.
Bir vaqtning o‗zida so‗ndirilgan qimmatli qog‗ozlarning blankalari 90303 –
―Davlatning qimmatli qog‗ozlari blankalari‖ va 96305 – ―Davlatning qimmatli
qog‗ozlari blankalari bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖ nomli ko‗zda tutilmagan holatlar
hisobvaraqlariga 1 so‗m shartli bahoda kirim qilinadi.
Boshqa tashkilot va
muassasalarning qimmatli qog‗ozlari blankalari esa 90317 va 96315 ko‗zda
tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Emitent topshirig‗iga ko‗ra
so‗ndirilgan qimmatli qog‗ozlarning blankalarini emitentga o‗tkazishda teskari
provodkalar o‗tkaziladi.
Anderrayting xizmatlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar 45294 -
―Boshqa ko‗rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar‖
hisobvarag‗ining ―Qimmatli qog‗ozlarni chiqarilishiga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha
bank operatsiyalaridan olingan daromadlar‖ alohida shaxsiy hisobvarag‗ida
hisobga olinadi.