12-mavzu. Qimmatli qog„ozlar bo„yicha operatsiyalar hisobi reja



Yüklə 215,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü215,29 Kb.
#120968
  1   2   3   4
12-mavzu



136







12-MAVZU
.
QIMMATLI QOG„OZLAR BO„YICHA OPERATSIYALAR
HISOBI
REJA
1. 
Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli 
qog„ozlar hisobi.
2. 
Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog„ozlar hisobi.
3. 
Qimmatli qog„ozlari bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari
hisobi.
4. Qimmatli qog„ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi.
Tayanch so„z va iboralar:qimmatli qog‗ozlar, aksiya, obligatsiya, sertifikat,
veksel, reyestr, ande
rrayting, qimmatli qog‗ozlar birjasi, valuta birjasi, birlamchi
bozor, ikkilamchi bozor, bitim, komission mukofot, davlat xazina veksellari.


137 
1. Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog„ozlar hisobi. 
 
Qimmatli qog„ozlar – bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi 
o‗rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi divident 
yoki foiz ko‗rinishida daromad to‗lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib 
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul 
hujjatidir.
Qimmatli qog‗ozlarning bir qancha turlari bo‗lib, ularga aksiya, obligatsiya, 
veksel, depozit, jamg‗armali sertifikatlar va boshqalar kiradi. 
Hozirgi kunda ko‗pgina tijorat banklari universal bank bo‗lib, ko‗plab bank 
operatsiyalari qatori q
immatli qog‗ozlar bilan ham operatsiyalar bajaradilar. Tijorat 
banklari qimmatli qog‗ozlarning emitentlari sifatida faoliyat yuritadilar, chunki 
ko‗p banklar aksiyadorlik banklari bo‗lib, o‗z ustav sarmoyalarini shakllantirish 
maqsadida aksiyalar chiqaradi
lar. Bundan tashqari, banklar qimmatli qog‗ozlar 
bilan investitsion operatsiyalarni bajaradilar, qimmatli qog‗ozlar bozorida 
sarmoyador sifatida ishtirok etadilar, qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdisi bilan, 
vositachilik operatsiyalar bilan shug‗ullanadilar. 
Ti
jorat banklarida qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalari O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4 sonli Qarori bilan 2008-
yil 13-
dekabrda tasdiqlangan ―Tijorat banklarida qimmatli qog‗ozlar bilan amalga 
oshiriladigan operatsiyalarn
ing buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖gi Yo‗riqnoma 
asosida olib boriladi. 
Tijorat banklarining qimmatli qog‗ozlar bilan bajaradigan operatsiyalaridan 
biri bu 
– tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‗ozlar chiqarishdir. Amaldagi 
qonunchilikka asosan tijorat banklari aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari, 
veksel va boshqa qimmatli qog‗ozlar bozorida muomalada bo‗luvchi qarz 
majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog‗ozlar chiqarishlari mumkin. Bank 
tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlarini bildiruvch
i qimmatli qog‗ozlar 
hisobi ularning nominal qiymati bo‗yicha 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan 
qimmatli qog‗ozlar» nomli balans hisobvaraqlarida olib boriladi. 
Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog‗ozlarning blankalari Markaziy 
depozitariyda hisobga oling
anda provodka quyidagicha bo‗ladi: 
Debet 
90327 - 
―Bankning qimmatli qog‗ozlari blankalari‖; 
96314 - 
―Bankning qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖. 
Debet 
90329 - 
―Bankning hujjatsiz qimmatli qog‗ozlari‖ 
Kredit 
96314 - 
―Bankning qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖. 
Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar 
hisobini olib borish uchun hisobvaraqlar rejasining «Majburiyatlar‖ bo‗limida 
23600 «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar» asosiy balans 
hisobvarag‗i ochilgan bo‗lib, uning o‗zi bir nechta hisobvaraqlarga bo‗linadi: 


138 
23602 
— Chiqarilgan obligatsiyalar 
23604 
— Chiqarilgan jamg‗arma sertifikatlari 
23606 
— Chiqarilgan depozit sertifikatlari 
23608 
— Chiqarilgan veksellar 
23610 
— Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‗ozlar. 
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida bank tomonidan chiqarilgan qimmatli 
qog‗ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetidan 
so‗ndirilganda yoki so‗ndirish muddatidan oldin qimmatli qog‗oz egalaridan qayta 
sotib olingan bank tomonidan 
chiqarilgan qimmatli qog‗ozlarning nominal qiymati 
hisobdan chiqariladi. 
Qimmatli qog‗ozlar nominal qiymati bo‗yicha joylashtirilganda quyidagi 
buxgalteriya o‗tkazmalari amalga oshiriladi: 
Debet 
10101 - 
―Aylanma kassadagi naqd pullar‖ yoki bankning vakillik 
hisobvarag‗i yoki mijoz hisobvarag‗i 
Kredit 
23600 - 
―Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar‖. 
Qimmatli qog‗ozlar blankalari balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan 
chiqariladi: 
Debet 
96314 - 
―Bankning qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖ 
Kredit 
90327 - 
―Bankning qimmatli qog‗ozlari blankalari‖. 
Debet 
96314 - 
―Bankning qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖ 
Kredit 
90329 - 
―Bankning hujjatsiz qimmatli qog‗ozlari‖. 
Banklar tomonidan chiqarilgan 
qimmatli qog‗ozlarni nominal qiymatidan 
ortiq summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 
23696 «Chiqarilgan 
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha mukofot» hisobvarag‗ida hisobga olinadi. 
Hisobvaraqning kreditida 
qimmatli qog‗ozlarni nominal qiymatidan ortiq bahoga 
sotganda yuzaga kelgan mukofot summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida 
qimmatli qog‗ozlar so‗ndirilganda yoki qimmatli qog‗ozlar qayta sotish maqsadida 
sotib olinganda hisobdan chiqariladigan mukofot summasi aks ettiriladi. 
Debet 
10101 - 
―Aylanma kassadagi naqd pullar‖ yoki bankning vakillik 
hisobvarag‗i yoki mijoz hisobvarag‗i – qimmatli qog‗ozni sotish 
qiymatiga 
Kredit 
23600 - 
―Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar‖  qimmatli 
qog‗ozning nominal qiymatiga 
Kredit 
23696 - 
―Chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha mukofot (premiya)‖ – 
qimmatli qog‗ozni sotish qiymati va nominal qiymati o‗rtasidagi farq 
summasiga. 
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlarni nominal qiymatidan 
past summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 236
98 «Chiqarilgan 


139 
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha diskont» (kontr — passiv) hisobvarag‗ida hisobga 
olinadi. 
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‗ozlarni nominal qiymatidan past 
bahoga sotganda yuzaga kelgan diskont summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning 
kreditid
a qimmatli qog‗ozlar so‗ndirilganda yoki qimmatli qog‗ozlar qayta sotish 
maqsadida sotib olinganda hisobdan chiqariladigan diskont summasi aks 
ettiriladi. 
Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlar bo‗yicha analitik hisob qimmatli 
qog‗ozlarning turi, muddati va chiqarilish navbati bo‗yicha ochilgan shaxsiy 
hisobvaraqlarda olib boriladi. 
Shunday qilib, qimmatli qog‗oz nominal qiymatidan past bahoda sotilsa, 
nominal qiymati va sotish bahosi o‗rtasidagi farq (diskont) 23698 - ―Chiqarilgan 
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha diskont (kontr-passiv)‖ hisobvarag‗ining debetiga 
sotish sanasida quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi orqali o‗tkaziladi: 
Debet 
10101 - 
―Aylanma kassadagi naqd pullar‖ yoki bankning vakillik 
hisobvarag‗i yoki mijoz hisobvarag‗i – qimmatli qog‗ozni sotish 
qiymatiga 
Debet 
23698 - 
―Chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha diskont (kontr-
passiv)‖  qimmatli qog‗ozni nominal qiymati va sotish qiymati 
o‗rtasidagi farq summasiga 
Kredit 
23600 - 
―Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar‖ – qimmatli 
qog‗ozni nominal qiymatiga. 
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha foizli xarajatlar 
quyidagi 54202-54210 hisobvaraqlarda olib boriladi. Hisobvaraqning debetida 
to‗langan foizlar, diskont, bank chiqargan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha to‗lanishi 
kerak bo‗lgan hisoblangan foizli xarajatlar, kreditidan noto‗g‗ri hisoblangan 
foizlar, mukofot, shuningdek yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 
31206 - 
hisobvarag‗iga olib boriladigan summa aks ettiriladi. 
Agar bank qimmatli qog‗ozni nominal qiymatidan past bahoda sotib olsa, 
nominal qiymat va sotib olish bahosi o‗rtasida ijobiy farq 45994 – ―Boshqa foizsiz 
daromadlar‖ hisobvarag‗ining ―Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‗liq 
operatsiyalardan olingan daromadlar‖ alohida shaxsiy hisobvarag‗ining kreditida 
aks ettiriladi. Agar bank tomonidan qimmatli qog‗oz balans qiymatidan yuqori 
bahoda sotib olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi o‗rtasidagi salbiy farq 
55995 
– ―Boshqa foizsiz xarajatlar‖ hisobvarag‗ining ―Chiqarilgan qarz 
majburiyatlari bilan b
og‗liq operatsiyalar bo‗yicha qilingan xarajatlar‖ alohida 
shaxsiy hisobvarag‗ining debetida aks ettiriladi. 

Yüklə 215,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin