4-mavzu. Anvar Obidjon hayoti va ijodi. Dilshod Rajabov, Abduruhmon
Akbar va Kavsar Turdiyevalar ijodida uslubiy izlanishlar
Reja:
1. Anvar Obidjon hayoti va ijodi
2. Dilshod Rajabov, Abduruhmon Akbarning bolalar adabiyotidagi o’rni
3. Kavsar Turdiyeva ijodida uslubiy izlanishlar
Anvar Obidjon (1947)
Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida
1947 yilning 25 yanvarida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida, 1969-
1971 yillarda jamoa xo‘jaligida hisobchi, klub mudiri, tuman gazetasi,
viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi, Toshkent Davlat universitetining
jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga
ko‘chib kelib, «Yosh gvardiya» nashriyotida, «Yosh kuch», «Mushtum»
jurnallarida ishladi.
«Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozir O‘zbekiston
televideniesida muharrir bo‘lib xizmat qilmoqda.
Anvar Obidjon bolalar adabiyotiga dastlab «Ona Yer», «Bahromning
hikoyalari» to‘plamlari orqali shoir sifatida kirib keldi va mavjud ijodiy
an’analardan foydalangan holda o‘ziga xos yo‘l tanladi.
«Bulbulning cho‘pchaklari», «G‘alati maktublar», «Kumush uy»,
«Gurungdagi gaplar», «Ajoyibxona», «O‘zimizning ansambl», «Ignalarim
chiroyli», «Mening kollektsiyam», «Shirin so‘ylar jajjivoylar»,
«Kalamushlar kemasi», «Siz eshitmagan qo‘shiqlar», «Dalalardan
bolalarga», «Osmondan tushgan sozanda» turkum she’rlari fikrimizga
dalildir.
Uning «Ona yer» (1974), «Masxaraboz bola» (1980), «Olovjon va uning
do‘stlari» (1983), «Bahromning hikoyalari» (1984), «Ey, yorug‘ dunyo»
(1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Juda qiziq voqea»
(1987), «Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990)
kabi she’riy, nasriy kitoblari chop etildi.
Bulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning
o‘g‘irlanishi» Anvar Obidjon so‘nggi yillarda «Ramazon va Gulmat
hangomasi» (1992), «Meshpolvonning janglari» (1994), «Alisher ila Husayn
yoki uch dono va o‘g‘ri» (1996), «To‘tiqush», «Topsang hay-hay...» kabi
qissa, pyesa va she’r, dostonlarini ham yaratdi.
U«O‘zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘lgan (1998).
ANVAR OBIDJON. ODOBLI BO‘LISH OSONMI? (HIKOYA)
Mittigina, quvnoqqina, yebto‘ymasgina bir sichqoncha bor ekan. U suyukli
onajonisi bilan birga qishloqdagi eng baland, eng ko‘rkam uyning eng
chuqur kavagida yashar ekan.
Bir kuni onajonisi to‘lpoq Sichqonchaning burniga burnini ishqab
erkalatibdi-da: “Mana, oyoq paylaring pishib, tiling sayroqlanib, tashqariga
o‘zing chiqib o‘ynasang o‘ynagudek bo‘lib qolding, endi sal esingni yig‘ib
ol, odobli bo‘l”, deb nasihat qilibdi.
– Esim-ku joyida, chunki qaysi ovqat shirinligini yaxshi bilaman, – debdi
Sichqoncha o‘zini maqtab. – Ammo odobli ko‘rinish uchun nima qilishim
kerak, oyijonim?
– Kichkintoylarning odobi, birinchi o‘rinda, qanday salom berishidan
bilinadi, – deya javob qaytaribdi onajonisi. – O‘zingdan kattaroqlarni
uchratganda, chiroyli jilmayib: “Assalomu alaykum”, desang, ular ham
senga ochiq yuz bilan boqib: “Vaalaykum assalom”, deyishadi. Keyin
ichlarida “nihoyatda odobli bola ekan, ota-onasiga ming rahmat”, deb
qo‘yishadi.
Buni eshitib, Sichqonchaning zavqi jo‘shib ketibdi. Qoyilmaqom salom
berib, birovlardan tezroq rahmat eshitgisi kelibdi-da, shosha-pisha
tashqariga yo‘l olibdi.
Kavakdan chiqiboq, unga chaqchayganicha tikilib turgan bo‘g‘irsoqsimon
Mushukka yo‘liqibdi. Sichqoncha shum baroqqa jilmayib qarab, “Assalomu
alaykum, Miyovpochcha!” degan ekan, uning ko‘zidagi yovuzlik birdaniga
so‘nibdi va sal tamshanib qo‘yib: “Vaalaykum asalomuv-v...Umring uzoq
bo‘lsin. O‘taver”, debdi.
Birinchi duodan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan sichqoncha quvonchdan
irg‘ishlab-irg‘ishlab borayotib, cho‘qqisoqol qari Echkiga duch kelib
qolibdi.
– Assalomu alaykum, Echkivoy buva, – oldingi o‘ng oyog‘ini ko‘ksiga
bosibdi Sichqoncha.
- Me-e-alaykum assalom, – deya qiroat bilan alik olibdi echki. – Kam
bo‘lma, bo‘tam. Otangga rahmat. Agar qorning och bo‘lsa, ke, manavi
dumbulning chetidan ozgina kemirib ol.
Sichqonchaning dumbuldan qittak totib ko‘rgisi kelgan bo‘lsa-da, yanayam
odobli ko‘rinish uchun nafsini tiyib: “Tashakkur, Echkivoy buva, hali ishim
ko‘p. Kun yorug‘ligida boshqalargayam salom berib chiqishim kerak”,
debdi. Oppoq soqoli shamolda bayroqchadek hilpirayotgan qari Echki uning
ortidan havas bilan tikilib qolibdi. Balki, “eh, qaniydi, mening nevaralarim
ham shunaqa shirintoy chiqib, hammadan duo olib yursa”, deb o‘ylagandir.
Yoshu keksa o‘rtasida qandaydir tenglik, o‘zaro mehr-oqibat, bir-biriga
yaxshilik tilash kayfiyatini yuzaga keltiruvchi mo‘‘jizali “salom-alik”
Sichqonchaning ko‘nglini tobora yashnataveribdi, yangidan-yangi tanishlar
orttirish, samimiy chehralarni ko‘proq ko‘rish umidida oldinga qarab
boraveribdi. Makkapoya tugab, uvatdagi o‘tloqqa chiqib kelganida, o‘siq
sho‘ralar orasida kosasining ichiga bekinvolib uxlayotgan toshbaqaga ko‘zi
tushibdi. Sichqoncha zarracha ikkilanmay, o‘sha shirali ovozda “assalomu
alaykum, Toshbaqa tog‘a”, debdi. Toshbaqa esa uyg‘onmabdi.
Sichqoncha Toshbaqaning boshi qaysi tomondaligini bilolmay, kosaning
tevaragida uch-to‘rt marta aylani chiqibdi. Oxiri tavakkaliga bir tarafda turib
olib: “Assalomu alayko‘-o‘-m, Toshbaqa tog‘a! Hoy, sizga salom
beryapman, tog‘ajon, alik olmayapsiz-ku. Ho‘, Toshbaqa tog‘a, yana bir
marta assalomalayko‘-o‘-m! Qachon alik olasiz? Yuragim g‘ash
bo‘pketyapti, tog‘ajon!” – deya xuddi eshikni qoqqandek, Toshbaqaning
kosasini mushtida taqillatib javrayveribdi. Bir payt Toshbaqa kosaning
narigi yog‘idan boshini chiqarib, uyqusiragancha vaysab beribdi:
- Obbo-o, bu dunyoda tinchroq joy qolmabdi shekilli... Hov, kim u hadeb
orqa tomonimga salom berayotgan?
Sho‘rlik Sichqoncha xijolat bo‘lib, lip etganicha o‘zini o‘tlarning bag‘riga
uribdi. Yalanglikka yetib boriboq, zo‘r tomoshaning ustidan chiqib qolibdi.
Shu hovlida yashovchi maymoq it – o‘zining aytishiga qaraganda, yuzdan
oshiq “jahon urushlari”da qatnashib, yetmish to‘qqiz joyidan yarador
bo‘lgan shovvoz To‘rtko‘z qo‘shni Olapar bilan suyak uchun jang olib
borayotgan ekan.
Shunday jangovar hayvonga salom bermay o‘tsam, katta odobsizlik bo‘lsa
kerak, deb xayolidan kechiribdi Sichqoncha va ularga yaqinroq borib,
yoqimtoy tovushda: “Assalomu alaykum, pahlavon To‘rtko‘z!” – debdi. Itlar
unga parvo qilmay tishla-tishlani davom ettirishibdi. Sichqoncha ham bo‘sh
kelmabdi, changga belangan kuyi, ularning tevaragida pizillab, goh u
yoqdan, goh bu yoqdan baqirib-chaqirib salom beraveribdi:
– Assalomalaykum! Hey, To‘rtko‘z, assalomalaykum! Bu qanaqasi, quloq
bormi o‘zi? Hey, assalomalaykum deyapman! Salomga alik qani? Bunaqa
qilish yaxshimas! Assalomalaykum deb turibman-a!
Shunda To‘rtko‘z Olaparning yelkasidan tishlab uzoqroqqa otib yuboribdi-
da, to dushmani o‘zini o‘nglab olguncha, orada Sichqonchaga o‘qrayib:
“Vov alaykum! Ko‘ngling tinchidimi, qutildimmi? Bor, yo‘qol endi!” – deb
irillabdi, so‘ng qaytadan olishuvga kirishibdi.
Kutilmagan bunday sovuq muomaladan Sichqoncha dong qotib qolibdi,
to‘satdan xo‘rligi kelib, yuragi to‘liqib ketibdi. Yum-yum yig‘laganicha
ortga qaytayotganida, yarim yo‘lda yana qari Echkiga to‘qnash kelibdi.
Echki bu yig‘i-sig‘ining sababini surishtirgan ekan, Sichqoncha, hiqillab-
hiqillab, Toshbaqa va To‘rtko‘z bilan bo‘lgan voqealarni oqizmay-tomizmay
aytib beribdi.
Sichqonchaning arzini tinglab bo‘lgach, Echki shunday debdi:
– Xafa bo‘lma, bo‘tam. Keyingi safar qulayroq vaqtda uchrashib qolsang,
ular salomingga albatta alik olishadi, sendan xursand bo‘lishadi, maqtashadi.
O‘zgalarga birinchi bo‘lib salom berish juda xosiyatli ish. Ammo,
salomlashish shart bo‘lmagan holatlar ham uchrab turadi. Ota-onang
yumushlardan bo‘shab, xotirjamroq turgan chog‘da shu to‘g‘rida seki-i-n
gap ochsang, tushuntirib berishadi.
Ko‘pni ko‘rgan Echkining bu gapini eshitib, Sichqonchaning ko‘ngli xiyol
taskin topibdi. Iniga qaytarkan: “O‘zgalarga salom berish shart bo‘lmagan
paytlar ham bo‘lar ekan-da? Ular qanday holatlar o‘zi?” – deb o‘ylay
boshlabdi, bularni onajonisidan so‘rab bilib olishni dil-diliga tugib qo‘yibdi.
1996 yil
DILSHOD RAJAB (1964)
http://ziyouz.com/rasmlar/poets/dilshod_rajab.jpgO‘zbek bolalar
she’riyatining iste’dodli yoshlaridan biri Dilshod Rajab (Rajabov) 1964-yil
Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov qishlog‘ida ziyoli oilada tug‘ildi.
1982-yil 4-o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga
kirgan.
Dilshod Rajabning ilk she’ri 5- sinfda o‘qigan kezlari „Gulxan“ jurnalida
chiqqan. Ayni paytgacha uning „Qorqiz sovg‘a keltirdi“ (1990),
„Hazilkashlar davrasida“ (1991), „Otamning bog‘i“ (1996), „Daryo ko‘ngil“
(1997), „Jilvon o‘g‘loni“ (2001), „Alifbo“ (2001), „Sanoq“ (2002)
to‘plamlari chop etilgan.
Dilshod Rajab badiiy ijodni ilm bilan birga olib borib, o‘tgan asrning 80-
yillarida o‘zbek bolalar she’riyatida poetik mahorat masalasidan nomzodlik
ishini yoqlagan.
Dilshod Rajab O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari
nomzodi.
OSHQOVOQNING SHIKOYATI
O‘ylamasdan bir gapni
Aytaverar Mirsaid,
Men bekorga pushtada
Yotmayman-ku ishshayib,
Xo‘p mazali qilaman
Odamlaming oshini,
Nega menga o‘xshatar
Norbo‘taning boshini.
QISHKI YURISH
Nima bizga qish-chilla,
Chiniqqanmiz poiatday.
Izgirin qilichiga
Qalqon bizning ko‘kraklar.
Yoi olamiz maktabga
Ayozdan qo‘rqmay, olg‘a!
Gijirlaydi g‘azabdan
Qishning tishi — oq qorlar.
QARASH
Kungaboqar chindanam
Menga juda yoqadi.
U doim yomgiikka,
Yuksaklikka boqadi.
Lekin hamma ham unga
Shu ko‘z bilan qaramas.
Ba’zilar bor hayotda
Fikri-zikri qorin, nafs.
Farqi yo‘qdir ularga
Qay tomonga boqishi.
Ular uchun muhimi
Pistasini chaqishi.
TANDIRGA HAZIL
Sen borki, non — hayot bor,
Jon tandirjon, oima san.
Lekin, lekin bunchalar
Og‘zi ochiq boimasang.
Kuyib-pishib qolasan,
Qiynab shirin joningni,
Uzib olib ketarlar,
Og‘zingdagi noningni.
QO‘YNING SHIKOYATI
Echkivoy bilan yashash—
Rosti, tegdi jonimga.
Bigizday shoxlarini
Niqtab turar qornimga.
Yem-hashakning yaxshisin—
Tanlab, avval u yeydi.
Bir gap desam, shoxlarin—
O‘qtalib, „jim boi“, deydi.
Ne ham derdim, ko‘naman,
Buncha zolim boimasa?!
Qiyin ekan yashamoq—
Boshda shoxing boimasa!
PIYOLANING HAZILI
Choynak, do‘stim, ne uchun
Burning doim osmonda?
Haa, bilaman, og‘zingga
Quyib turar Qumg‘onlar.
Lekin menga kerilma,
Jilmasdan shu o‘rnimdan
Ichganingni barini
Tortvolaman bumingdan.
ABDURAHMON AKBAR (1962-2015)
Abdurahmon Akbar Toshkent yaqinidagi Niyozbosh qishlog’ida 1962-
yilning 22-aprelida tavallud topgan.
1986-yildan yangi tashkil etilgan „Yulduzcha“ (bugungi Cho’lpon nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi)da ish boshladi va shu dargohda muharrir
vazifasida ishlab kelgan.
Chop etilgan kitoblari: „Kichkintoy va paxtaoy“ (M. Qodirov bilan
birgalikda, 1987), „So‘zlovchi yomg‘ir“ (I. Donish, D. Shokirovlar bilan
birgalikda, 1990), „Ehtiyotkor toshbaqa“ (1991), „Yozning tug‘ilgan kuni“
(1992), „Kuylayotgan bog‘“ (1994), „O‘yinqaroq bulutcha“ (1996),
„O‘rdakcham“, „Jonli savatcha“ (2005), „Uyquchining tushlari“ (2006).
SO‘ROV
Yaproqlarning boshin silading,
Daraxtlarga o‘rgatding o‘yin.
Bulutlami „yum-yum“ yig‘latding,
Buzib qo‘yib nogahon „to‘yin“,
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat.
Goh uvlaysan, goh chiyillaysan,
Seni kimdir quvlarmi bu payt?
Kayfiyating bilmay hayronman,
Xursandmisan, xafamisan, ayt,
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat.
Yelayapsan, jivirlar buloq,
Kelayapsan, shivirlar yaproq,
Nima bo‘lar o‘zing ko‘rsatsang,
Nahot yuzing shuncha badqovoq?
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat.
Bir qarasam, yo‘qqa o‘xshaysan,
Bir qarasam, o‘xshaysan borga.
Tanib qo‘yay seni ham axir,
Bir bor xo‘p de, men qilgan zorga,
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat!
KITOBNI KO‘P O‘QIYDIGAN UKAM
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam
Nimagadir juda ham kamgap.
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam
She’rlar yozar onamga atab.
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam
O‘yga tolar ba’zida uzun
Va shivirlar: — Hali kelmabdi
Suvlar suvga o‘xshaydigan kun.
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam
Bir kun menga shundayin dedi:
—Oq mo‘ynali qalpog‘ingiz ham
Quyon edi, joni bor edi.
— Bunaqangi jumboq gaplarni
Qaydan o‘ylab topasan? — desam,
Bosh chayqar-da, „uf“ tortib qo‘yar,
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam.
YOMG‘IR
Tunlari kuladigan
Gullar ekan yulduzlar.
Ko‘zga ko‘rinmas ekan
Shu boisdan kunduzlar.
Oftob bilan Oymoma
Ota-yu ona ekan.
Bolalarin boshida
Doim parvona ekan.
Bolalari kim dersiz
Kun va Oyni sizlar ham.
Menga ishonavering,
Ular Bulutlar desam.
Bulutlar ham bizlardek
O‘ynar, uxlar, tush ko‘rar.
Dengiz-u ummonlarda
Cho‘milmoqni xush ko‘rar.
Bas, suvdan chiqing, deya
Koyimasa ham hech kim,
Yuvar yuz-qo‘llarini
Ular goh chala-yarim.
Bundan ranjib Oftobjon
Egniga peshband tutar.
Farzandlarin bir joyga
To‘planishlarin kutar.
Bulutvoylar g‘o‘ldirab,
Yo‘talishsa ham „quv-quv“,
Ularning ust-boshidan
Quyosh quyar tinmay suv.
Ko‘ngli to‘lsa-ku xo‘p-xo‘p,
Yo‘qsa: quyar tunda Oy.
Natijada tevarak
Bo‘lib ketar ho‘l va loy...
Uydan chiqmay shu kezlar
Derazadan bo‘ylaymiz.
Eng qizig‘i, bu suvni
Biz yomg‘ir deb o‘ylaymiz.
SHOIR DADAM HAQIDA SHE’RIY HIKOYALAR
1. DADAMNING QALBI
Armon uyasimish dadamning qalbi. Dadamning qalbida
kularmish sevinch. Dadamning qalbida ummon bor emish.
Bor emish dadamning qalbida ilinj. Yozgan uch-to‘rt she’ri
dadam qalbining topgan quvonchi-yu, ozori emish.
Dadamning yuragi dunyo ko‘rmagan sonsiz fikrlarning
mozori emish...
2. DADAMNING FIKRI
Bazmga borsa bas, dadam har safar, uyga qaytar minib
jahl otiga: — Onasi, ko‘nglingga olma-yu ba’zan, hech
qoyil qolmayman ayol zotiga. To‘yni xo‘p qizdirdi bugun
ham biri, ajratolmay qoldim men mastmi, u mast. Qiliqlari
degin biram beo‘xshov, o‘ynab o‘ynamaydi, sakrab
sakramas. Yoshi ham o‘n beshda bo‘lsa keragov. Qayerdan
bildingiz deysanmi buni? Uchrashuv o‘tkazgan qay bir
maktabda ko‘rgandek boiuvdim qaysi bir kuni. Bunaqa
xonaki „san’atkor“larda imon doim qahat, andisha qahat.
Ularning ko‘ziga boqib o‘qiyman azaldan birgina „pul“
so‘zin faqat. Yozib bolarkanmi ko‘zlarga yozuv? Dadam
zo‘r lofchi-da, degan bir o‘yda, „Lazgi“ga eshilib raqs
tushayotgan ikki o‘yinchini kuzatdim to‘yda. O‘yinin
kuzatdim orqa, oldidan, uzoqdan, yaqindan, xullasi, rosa.
Ko‘zlariga tikib sinchkov ko‘zlarim, nihoyat, chiqardim
shunday xulosa. „Pul“ dcgan yozuvni o‘qimasam-da, biroz
to‘g‘ri chiqdi dadamning so‘zi. Odamga g‘alati qararkan ular,
boshqacha kularkan ularning ko‘zi...
3. ARI
Devor buzdik dadam ikkimiz. Necha fasl yog‘ib yomg‘ir,
qor, necha daf a qolib qarovsiz, nurab, cho‘kib qolgandi devor.
O‘sha, devor buzgan kunimiz havo salqin, g‘oyat tund edi,
Ustki paxsa qulagach, dadam:— O‘g‘lim, qara, arilar, —
dedi. So‘nayotgan gulxan cho‘g‘larin sochgandayin shamol
har tomon, ini shikast topgan arilar uchishardi vizillab nolon.
— Ehtiyot boi! — dedi-yu dadam, uyga chopdi to‘xtatib
ishin. Ammo sanchib ulgurgan edi tirsagimga bir ari nishin.
Ko‘kda qovoq uygan bulutlar shu payt sovuq tomchi
tashlashdi. Nazarimda uysiz arilar xuddi mendek „yigiay
boshlashdi“. Goh devomi, goh inlarini timirskilab (ehtimol
quchib), alamzada arilar oxir qaylaigadir ketdilar uchib...
Oson kechdi keyin ishimiz. Og‘riqni ham unutdim tamom.
Jazosini olgan aridek, „taslim“ bo‘ldi devor batamom. Ish
tugarkan kamzulin yechib, taskin bergan bo‘ldilar dadam:
— Talanganman sendekligimda bundan katta arilarga ham.
Dadam yana allanelar deb, surar ekan inni nariga, meni
jonim og‘riy boshladi qoiim chaqib oigan ariga...
4. SUPACHA
Azim tuti bo‘lgan bu uyning ko‘chaga qaragan betida,
odamlar-la doim serqatnov yoiakchaning shundoq chetida,
bo‘lar ekan mo‘jaz supacha. Unga sholcha, ko‘rpacha solib,
ammajonim oiirarkanlar salomlarga aliklar olib. Cho‘kka-
larkan dadam ham ba’zan, (ko‘proq ishdan uyga qaytgan
dam) —/Bollaringning og‘zi tegsin, — deb, tut tutarkan
so‘rashib ammam. Hayot hayot ekan-da qarang, ammamiz
ham fursati yetib, oiibdilar yorug‘ dunyodan urugiarin
dilin yosh etib. Uchida ham, yettisida ham, qirqida ham,
hatto yilida, supachaga o‘tirib dadam duolar o‘qibdi dilida.
Qaysi bir kun razm solsalar devor yoni emish tep-tekis.
Odamlar ham sezmasmish ajab — supachadan qolmagan-
mish iz. Bir necha kun faromush bo‘lib, joy topolmay
qo‘yarga o‘zin, tillaridan qo‘ymadi dadam „fosiq“ so‘zin, „supacha“ so‘zin.
Fosiqlik ham asli g‘am ekan. Tashrifi tez ekan bu
g‘amning. O‘z bolasi buzib tashlabdi supachasin Oygul
ammamning.
5. DADAMNING HAZILI
Mehmon kelib qolishin ta’kidlab dadam, jo‘nab ketdi
ishiga shoshib subhidam. Birozdan so‘ng onam ham
tushdilar yo‘lga: — U-bu narsa olarman, ilinsa qo‘lga. Bamo
dedi peshbandin egniga tutib: — Bu ahvolda mehmonni
boimaydi kutib. Hovliga bir qaranglar, uyga bir qarang.
Alg‘ov-dalg‘ov hammayoq, hammayoq kir, chang.
Yulduzxon, sen ayvonni polin artib chiq. Obdastaga
suv toidir, hozirla sochiq. O‘tinlardan qalab qo‘y, tandirga,
Omon. Xamir oshsa, yopamiz hademayin non. Qo‘ylaring-
ga, Bahodir, qarab tur, qarab. Uyaltirib qo‘ymasin basma-
bas ma’rab...
Xullas, uyga qaytguncha onam va dadam, yumushlami
bitkazib, bo‘ldik xotirjam. Bu orada o‘n quloch yerni ham
chopdik. Oshxonani oqlashga fursat, vaqt topdik. Katta uyga
yozdik so‘ng katta dasturxon. Biroq kelavermadi biz kutgan
mehmon. Hayron edikbu holga, topolmasdik so‘z. Quvontira
olmasdi dasturxon ham ko‘z. Uyga boshlab kiraman
mehmonni shodon, deya chiqdi ko‘chaga ikki bor Omon.
Qah-qah otib, kulvorib dadamlar nogoh, hamma „sir“dan
bizlarni etdilar ogoh:
— Bilgim keldi judayam qodirsiz nega. Qolmas ekan
sevindim, uyim beega. Yolg‘onimni sirayam olmanglar
ogir. Rahmat, Yulduz — oy qizim, rahmat, Bahodir. Qani,
oshga qaranglar, oiirmanglar jim. Bugun „mehmon“
o‘zimman, BOLAJONLARIM.
Kavsar Turdiyeva
Bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva 1958-yil 6-avgustda Toshkent shahrida
ziyoli oilasida tug‘ildi.
1975-yili Chilonzor tumanidagi 201-maktabni oltin medal bilan tugatdi va
ToshDU (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika
fakultetiga o‘qishga kirdi. So‘ng Leningrad (Hozirgi Sankt-Peterburg) davlat
universitetida o‘qishni davom ettirdi (1981).
Kavsar Turdiyeva O‘zbekiston fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi
til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. Toshkent Davlat
pediatriya tibbiyot institutida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. Hozir shu institutda
kafedra mudiri lavozimida xizmat qiladi. K. Turdiyeva yoshligidan bolalar
adabiyotiga qiziqdi. Ilk she’ri o‘quvchilik yillari “Tong yulduzi” gazetasida
bosildi. Birinchi kitobi “Varrak” 1983-yili nashr etildi. Shundan so‘ng
“O‘ynayapman, o‘ylayapman” (1987), “Qush bo‘lib uchgan ona” (1994),
“Raqamlar bo‘ylab sayohat” (2002) kitoblari bosmadan chiqdi.
Bolalar dramaturgi sifatida “Toshkesaklar mamlakatida” degan sahna asarini
yaratdi. U Samarqand qo‘g‘irchoq teatri tomonidan sahnalashtirilib,
qo‘g‘irchoq teatrlar festivalida 1-o‘rinni oldi.
“Botu nidosi” (2004), “Mitti qo‘g‘irchoqboz” (2007), “Quvnoq alifbo
olamiga sayohat” (2008), “Sog‘inchlar sochilgan bekatda” (2011), “Dunyoni
saqlang, bolalar” (2012) kabi she’riy to‘plamlari o‘quvchilar qo‘liga yetib
bordi.
Kavsar Turdiyeva ssenariychi sifatida faol ishlamoqda. Chunonchi,
“Zumrasha” (1997–2001) kinojurnalida uning ssenariylari asosida o‘nga
yaqin lavhalar suratga olingan. U uch yuzdan ortiq qo‘shiqlar muallifi,
o‘zbek va rus tillarida ijod qiladi. K. Chukovskiy, S. Marshak, L. Barbas, R.
Farhodiy she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
2009-yilda adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining
g‘olibi bo‘ldi. 2010-yil yakunlari bo‘yicha “Bolalarning sevimli shoirasi”
nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
VATAN IQBOL KUTAR
I
G‘ayrat bo‘lib, shiddat bo‘lib,
Asov hayot toshar.
Daryo bo‘lib, ziyo bo‘lib,
Shoshil togiar osha.
Jumboqlarga javob bo‘lib,
Moziy hikmat aytar.
Hikmat bo‘lib, qudrat bo‘lib,
Uni sen ham qaytar.
Naqarot:
Menda, senda, bizda,
Har bir o‘g‘il-qizda.
Yagonadir Vatan,
Asra uni har dam.
Mendan, sizdan, bizdan,
Barcha o‘g‘il-qizdan
Vatan iqbol kutar,
Bizga imkon tutar.
II
G‘uncha bo‘lib, kuchga toiib,
O‘ynab, kulib yashna.
Bilim sari, ilm sari,
Intil bo‘lib tashna.
Yurtning shonin, porloq nomin,
Tug‘dek baland ilgin.
Jahon bilsin, havas qilsin,
Sen ham shuni bilgin.
(N a q a r o t)
III
Yillar ichra, yoilar ichra,
G‘animatdir hayot.
Ozod yurtni, obod yurtni,
Bizdan olsin avlod.
Ajdodlaming porloq ruhi
Najot so‘zin aytar,
Nidolarin, sadolarin
Yo‘riq qilib aytar.
(Naqarot)
USTOZLAR
Sizgadir yo‘ldoshlar,
Ezgulik, bardoshlar.
Izingiz olqishlar e’zozlar,
Daftarlar qatida,
Mehrlar yodida,
Nur bo‘lib yashaysiz, ustozlar.
Siz bergan odobdan,
Go‘yoki oftobdan,
Bahorga aylanar ayozlar.
Har sinf xonada,
Mehribon onaday,
Bizlarni qarshilar ustozlar.
Ko‘tarib qaddimiz,
Yozdirib xatimiz,
Qoralab ko‘p daftar, qog‘ozlar,
Deb, mitti daholar,
Bizlami baholar,
Har fursat baholar ustozlar.
Ulg‘ayar nihollar,
Yechilar savollar,
Sevinchlar topadi qiyoslar,
O‘tsa ham arazlar,
Sizda yo‘q g‘arazlar.
Sizda ko‘p havaslar, ustozlar.
Fan degan o‘lkaga,
Bilimni yelkaga,
Siz ortgach, qilamiz parvozlar,
Har kichik sarhadda,
Quvonib albatta,
Bizlarga qaraysiz, ustozlar.
Bu kunlar tush bo‘lib,
Uchirma qush bo‘lib,
Sog‘inchdan titrasa ovozlar,
Mehrlar yo‘lkasi,
Ma’rifat o‘lkasi
Sizlami eslatar, ustozlar.
MENDAN AZIZ SHIPPAK
Suvga tushib shippagim
Suzib ketdi birpasda.
Topmay uning daragin,
Bosh egib qaytdim asta.
Bo‘ldi rosa to‘polon,
Qiynalib ketdim yomon.
Akam olib xipchinni,
Qo‘rqitib ham qo‘ydilar.
Dadam hech bir gapirmay,
Qovoqlarin uydilar.
Opam esa dedilar:
„Noinsofga bir qarang —
Xayf senga yangi kiyim,
Yuraver oyoqyalang“.
Hatto mehribon onam,
Shippagingni top, dedi.
Uni topmaguningcha,
Ket, eshikni yop, dedi.
Uydagilar mehri ham,
Chiqqandayin chippakka.
Juda keldi havasim,
Mendan aziz shippakka.
BO‘LING HARFGA HURMATDA
Alifbeda nechta harf,
O‘yla, aqling qilib sarf!
Go‘yo ko‘z-u burni bor,
Har bir harfning o‘rni bor.
Har bir harf buyuk erur,
Har biri juda zarur.
Adashtirmagin zinhor,
Savod senga bo‘lsin yor.
Bir harf o‘zgarsa agar,
„Ko‘r“ to‘satdan bo‘lar „kar“.
Adashtirsang „i“ni bir,
„Kar“ bo‘lib qoladi „kir“.
„B“ harfsiz gavjum „bozor“,
Keltirar dilga „ozor“.
Yugurgan chopqir „jayron“,
Bir harf deb bo‘lar „vayron“.
Hatto sog‘lom, kuchli „fil“,
Harf o‘zgarsa bo‘lar „sil“.
„Pul“ aylanadi „kul“ga,
„Tol“ aylanadi „tul“ga.
Hattoki shirin „bola“,
„B“ harfsiz bo‘lar „ola“.
Shunday holga bo‘ldim duch,
Bitta harfdan hatto „kuch“,
O‘zgardi-yu, bo‘ldi „puch“,
„P“ qochdi-yu, qoldi „uch“.
Qish yozdi bir so‘zni „muz“,
Bahor to‘g‘riladi „buz“.
Qish yana yozdi „ayoz“,
„A“siz „ayoz“ issiq „yoz“.
Har bir harf shunaqa „zo‘r“,
Ishonmasang sinab ko‘r.
Degin: sho‘rva buncha „zo‘r“,
Bir harf bilan udir „sho‘r“,
Harfi o‘zgarsa biroq,
„Qovoq“ ham chinni „tcvoq“.
Bir harf deb butun „qishloq“,
Bo‘lib qoladi „pishloq“.
„Kun“ aylanadi „tun“ga,
Ishonmaysanmi bunga?
Axir bo‘lar „torga os“,
„D“ o‘zgarsa „dorga os“.
Neni osamiz torga,
Kimni osamiz dorga?
„D“ harfi aytar shartta,
— Savodsizni, albatta!
Osmasak ham yozamiz,
Kitob qilib bosamiz.
Yalinmasin ham hatto,
Boshqa qilmasin xato.
Shunday ekan, azizlar,
Savodli bo‘ling sizlar!
Va boiinglar, albatta,
Har bir harfga hurmatda.
Dostları ilə paylaş: |