investitsiyalarning pasayishiga olib keladi, demak kapital
zahirasining barqaror
darajasining pasayishiga ham olib keladi.
Agar iqtisodiyot barqarorlik holatida ―Oltin qoida‖ dagidan kam kapital bilan
qurollanganlik bilan rivojlanayotgan bo`lsa, unda jamg`arma me‘yorini oshirish
zarur. Bu investitsiyalarni oshirib iste‘molni
pasaytiradi, lekin kapitalning
jamg`arilib borishi bo`yicha qandaydir vaqtdan boshlab yana o`sa boshlaydi.
Natijada iqtisodiyot yana yangi muvozanat holatiga
erishadi ammo oltin qoidaga
muvofiq bo`lgan holda, bunda iste‘mol dastlabkiga nisbatan yuqoriroq darajaga ega
bo`ladi.
R.Solou modeli texnik taraqqiyotni farovonlikni barqaror oshiruvchi va
o`sishning optimal variantini topishga imkon yaratuvchi
yagona asos sifatida
ko`rsatadi. Biroq u texnik taraqqiyotni tashqi (ekzogen) omil sifatida ko`rib chiqadi,
demakki uni tushuntirmaydi. Ayrim olimlarning fikricha,
texnik taraqqiyotning
determinantlari bugungi kunda etarlicha aniq emas. Biroq davlat siyosati turli xil
instrumentlardan shu jumladan ilmiy tadqiqot va loyiha – konstruktorlik ishlaridan
foydalanib texnik taraqqiyotni rag`batlantirishi mumkin. Masalan,
patent
qonunchiligini
mukammallashtirib,
ayrim
rivojlangan
mamlakatlar
(AQSh,Yaponiya, Germaniya) uzoq muddat davomida yangi mahsulotni ishlab
chiqarish huquqiga monopoliyani berishdi. Soliq to`g`risidagi qonunlar ko`pgina
mamlakatlarda ilmiy tadqiqot tashkilotlariga bir qancha imtiyozlar beradi. Maxsus
tashkil etilgan milliy ilmiy fondlar fundamental ilmiy
tadqiqotlarga subsidiyalar
beradi. Hozirgi kunda mablag`larni inson kapitaliga yo`naltirish ham muhim
masalalardan biri bo`lib kelmoqda, texnik taraqqiyotida u asosiy rolni o`ynaydi.
Dostları ilə paylaş: