11.1-jadval O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy zahiralash normasi 2 Amal qilish sanasi Muddatsiz va muddati 3 yilgacha bo`lgan depozitlar bo`yicha 3 yildan ortiq muddatli depozitlar bo`yicha Xorijiy valutadagi depozitlar bo`yicha 01.06.1996 y.
gacha
30%
10%
0%
01.06.1996 y. dan
25%
10%
0%
01.12.1997 y. dan
20%
10%
0%
01.03.2000 y. dan
20%
20%
0%
04.07.2004 y. dan
20%
20%
0%
01.02.2005 y. dan
15%
15%
5%
01.09.2007 y. dan
13 %
13 %
13 %
01.11.2008 y. dan
15%
15%
15%
01.11.2009 y. dan
1 yilgacha bo`lgan dep.u-n.15
%, 1 yildan 3 yilgacha bo`lgan
depozitlar uchun 12%
10,5%
Miliiy valuta singari
Bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta
iqtisodiyotda pul taklifining ko`payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha
rezervlarining ko`payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko`paytiriadi va bu
iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko`rsatadi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas.
Aksincha ko`pincha bir necha vosita birdaniga qo`llanilishi, ya‘ni kompleks siyosat
o`tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo`sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga
oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta‘sir
ko`rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar
soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz
yuqorida ko`rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul
taklifi o`sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo`lgan talabni
oshiradi va o`z navbatida, YaIM miqdorining ko`payishiga olib keladi. Bu bilan
davlat ma‘lum davrda o`z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi
to`xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati to`g`risida gapirganda, bu siyosatning qisqa
muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli
2
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma‘lumotlari.
davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o`sishini
rag`batlantirilgan hamda ma‘lum darajada samaradorlikka erishilgan bo`lsa, uzoq
muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.