1.
Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiqtisodiy ayniyat.
2.
C = a+b (Y-T) — iste‘mol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY.
3.
I = e-dR — investitsiya funksiyasi.
4.
Xn = d- m`Y - nR — sof eksport funksiyasi.
5.
M/P =kY - hR — pulga talab funksiyasi.
IS-LM modelida ko`rilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga
erishiladi.
Modelning endogen o`zgaruvchilari Y,C,I,Xn va foiz stavkasi R. Modelning
ekzogen o`zgaruvchilari G, Ms va chegaraviy soliq stavkasi t.
a,b,c,d,m`,n,k va h empirik koeffitsientlar bo`lib
musbat va nisbatan
barqarordir.
Y haqiqiy < Y potensial bo`lgan qisqa muddatli davrga muvozanat ko`rib
chiqilayotganda, modelda, baholar darajasi o`zgarmas, foiz stavkasi R va daromad
Y o`zgaruvchan deb olinadi.
Y haqiqiy = Y potensial bo`lgan, ya‘ni to`liq
bandlik sharoitida baholar
darajasi R o`zgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshqa barcha o`zgaruvchilar real
kattaliklardir.
3. LM - egri chizig`i va uning tenglamasi
IS-egri chizig`i tovarlar xizmatlar bozorida foiz stavkasi R va daromadlar
darajasi Y ning kombinatsiyalarini
xarakterlovchi, bir vaqtning o`zida asosiy
makroiqtisodiy ayniyat, iste‘mol, investitsiya
va sof eksport funksiyalari
qondiriladigan nuqtalarning geometrik joylashuvini xarakterlaydi. Bu egri
chiziqning har bir nuqtasida investitsiyalar va jamg`armalar o`zaro teng bo`ladi.
IS-egri chizig`ini Keyns xochi va investitsiya funksiyasi
grafigi yordamida
keltirib chiqaramiz. (12.1-,12.2-, va 12.3-rasmlar.)
5
5
Djumaev Z.A. ―Makroiqtisodiyot‖ fanidan O‗quv-uslubiy majmua.-T.: TDIU.-2014 y.
Foiz stavkasining R1 dan R2ga qadar ko`tarilishi investitsiyalar miqdorini I1
dan I2 ga qadar kamayishiga olib keladi. Bu haqiqiy xarajatlar egri chizig`ini E1 dan
E2 ga qadar pastga tomon ΔE = ΔI ga teng miqdorda surilishiga olib keladi.
Oqibatda daromadlar miqdori Y1 dan Y2 qadar
ΔY =ΔE x m miqdorga pasayadi, bu yerda
(m = 1/(1-b(1-T)+m‘)) .
Demak tovarlar va xizmatlar bozorida daromadlar darajasi va foiz stavkasi
dinamikasi o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud.
R o`zgarmagan holda IS egri chizig`ining o`ngga yoki chapga siljishi quyidagi
omillar ta‘sirida ro`y beradi:
-
iste‘mol xarajatlari darajasi;
-
davlat xaridi darajasi;
-
sof soliqlar (soliqlar - subsidiyalar - transfertlar);
-
investitsiyalar hajmining (R ning mavjud stavkasida) o`zgarishi.
IS tenglamasini iste‘mol, investitsiya va sof eksport funksiyalari
tenglamalarini asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo`yib, uni R va Y ga nisbatan echib
topiladi. R ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:
Dostları ilə paylaş: