2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari



Yüklə 445,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/26
tarix23.05.2023
ölçüsü445,46 Kb.
#120997
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
5 мавзу макро

12.4-rasm. Pul bozoridagi muvozanat  
12.5-rasm. LM egri chizig`i  
grafigi
grafigi
6
  
LM egri chizig`i o`ziga xos: gorizontal va vertikal konfiguratsiyaga ega.
LM egri chizig`ining gorizontal kesmasi foiz stavkasi foiz stavkasi R
min

darajadan pastga tushishi mumkin emasligini ko`rsatadi. Egri chiziqning vertikal 
kesmasi foiz stavkasining maksimal daraja R
max
. chegarasidan tashqarida hech kim 
jamg‘armalarini likvid (pul) shaklida ushlab turmaydi va ularni qimmatli qohozlarga 
aylantiradi.
Baholarning o`zgarishi hamda pul taklifi hajmidagi o`zgarishlar LM egri 
chizig`ining o`ngga yoki chapga siljishiga olib keladi.
LM egri chizig`i tenglamasi pulga talab funksiyasini R va Y ga nisbatan echib 
topiladi.
R ga nisbatan LM egri chizig`i tenglamasi quyidagicha:
R=(k/h)Y - (1/h) (M/P).  
Y ga nisbatan LM egri chizig`i tenglamasi quyidagicha:
Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R.  
k/h koefitsenti LM egri chizig`ining Y o`qiga nisbatan og`ish burchagini
xarakterlaydi hamda fiskal va pul kredit siyosatining nisbiy samaradorligi 
baholaydi.
  
12.5. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat  
6
Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство ―Дело и 
сервис‖, 2013. 25-с.


IS-LM egri chiziqlari kesishadigan nuqta IS-LM modelidagi iqtisodiy 
muvozanat holatini ko`rsatadi.
Bu nuqta o`zida shunday foiz stavkasi «R» ni va daromad darajasi «Y» ni 
aniqlaydiki, bunda tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif hamda real pul 
mablag`lariga bo`lgan talab va ularning taklifi o`zaro teng bo`ladi. (12.6-rasm.)
12.6-rasm. IS – LM modelidagi iqtisodiy muvozanat
7

Bu yerda : R* -muvozanatli foiz stavkasi; Y*- muvozanatli daromad hajmi.


IS va LM egri chiziqlarining o`zaro kesishishi pul taklifi investitsiyalar va 
jamg`armalarni o`zaro tenglashtiruvchi foiz stavkasi shakllanishi uchun etarli 
ekanligini anglatadi.
IS egri chizig`i rejalashtirilgan xarajatlarga bog`liq bo`lganligi uchun uning 
o`zgarishi fiskal siyosatidagi o`zgarishlarni xarakterlaydi. LM pul taklifiga bog`liq 
bo`lganligi uchun undagi o`zgarish monetar siyosat tadbirlari natijasini ko`rsatadi.
Bundan xulosa shuki IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning 
iqtisodiyotga birgalikda ko`rsatadigan ta‘sirini baholash imkonini beradi. Davlat 
xarajatlarining o`sishi yoki soliqlarning kamayishi IS egri chizig`ini o`ngga siljitadi. 
Davlat xarajatlarining kamayishi va soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga 
siljitadi. Xuddi shuningdek pul taklifining oshishi LM egri chizig`ini o`ngga, 
kamayishi esa chapga siljitadi. IS-LM modeli ma‘lum makroiqtisodiy natijalarga 
erishishning turli variantlarni ko`rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda 
bo`lgan o`zgarish ikkinchi bozorga ham ta‘sir etadi. Masalan Markaziy bank ochiq 
bozordan obligatsiyalar sotib ola boshladi. Natijada pul taklifining ko`payishi (LM 
egri chizig`ini o`ngga siljishi da aks etib) foiz stavkasining pasayishini keltirb 
chiqaradi. Monetar impuls ta‘sirida, ya‘ni, foiz stavkasining pasayishi oqibatida 
investitsiya xarajatlari ko`payadi va IS egri chizig`i ham o`ngga siljib yangi nuqtada 
muvozanat o`rnatiladi.
Agar modelda muvozanati LM egri chizig`ining gorizontal(keyns) kesmasida 
yuzaga kelsa pul massasining ko`paytirilishi investitsiyalar, ishlab chiqarish va 
7
Б.Е.Бродский. Макроэкономика. Продвинутый курс. М.: Магистр, 2012


bandlilikning o`sishiga olib kelmaydi. Bu iqtisodiy tizimda aloqalar buzilganligidan 
dalolat beradi. Bunda pul taklifining o`sishi tovarlar bozoriga ta‘sir ko`rsata 
olmaydi, chunki pul bozorida foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. 
Bunday vaziyat likvidlilik tuzog`i nomini olgan.
―Likvidlilik tuzog`i vaziyatida kredit (monetar) siyosat yalpi talab va milliy 
daromadni rag`batlantirish vositasi sifatida kutilgan samarani keltirib chiqarmaydi 
va shu sababli, keynschilar fikriga ko`ra, (ixtiyorimizda) faqat bir dastak - soliqlar 
va hukumat xarajatlari orqali yalpi talabga bevosita ta‘sir ko`rsatadigan fiskal 
siyosatgina qoladi‖
8
.
Agar modelda IS egri chizig`i LM egri chizig`ining vertikal kesmasidan kesib 
o`tganda yuz bergan bo`lsa pul taklifini oshirish milliy daromadning o`sishigava foiz 
stavkasining pasayishiga olib keladi. Aksinsa davlat xarajatlarining oshirilishi esa, 
keynschilar fikriga ko`ra, bu kesmada yalpi talabga va milliy daromar hajmiga ta‘sir 
ko`rsatmaydi.
Agar IS egri chizig`i vertikal ko`rinishda bo`lsa, ya‘ni investitsiyalarga talab 
foiz stakasi o`zgarishiga ta‘sirchan (elastik) bo`lmagan, masalan investorlar 
kelajakdagi bozor konyukturasining noaniqligi sababli o`z investitsiyalari 
istiqboliga tushkun baho bersalar investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion 
tuzoq shuni anglatadiki IS egri chizig`i vertikal bo`lganda LM egri chizig`ining 
siljishlari real daromad miqdorini o`gartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati yalpi 
talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta‘sir ko`rsatmaydi, fiskal siyosat 
esa samarali bo`ladi.
Demak pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo`lgandasamarali bo`ladi. 
Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya‘ni LM egri chizig`i gorizontal, IS egri 
chizig`i esa vertikal bo`lganda samaraliroq bo`ladi. Model yordamida makoiqtisodiy 
siyosat variantlarini tanlash, shuningdek usullarini muvofiqlashtirilgan holda 
qo`llash va siqib chiqarish samaralarini kamaytirish yo`llarini tahlil etish mumkin.

Yüklə 445,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin