•
iste‘mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi;
•
eksport hajmining o`sishi;
•
iqtisodiyotda
ishlab
chiqarish
resurslarini
qayta
taqsimlash
imkoniyatlari; daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
Agar o`sish qo`shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta‘minlansa va
jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o`rtacha samaradorligi
darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.
Ekstensiv iqtisodiy o`sish yangii korxonalar, yo`llar, elektrostansiyalar
qurish , yangi erlarni o`zlashtirish, mehnat va tabiiy resurslarni qo`shimcha jalb etish
kabilar hisobiga ta‘minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi
rivojlanishning ma‘lum bir bosqichida ekstensiv iqtisodiy o`sish imkoniyatlarini
kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qo`yadi.
YaIMning o`sishi iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidan yuqori sur‘atga ega
bo`lsa intensiv ihtisodiy o`sish ro`y beradi.
―Iqtisodiy o`sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining
oshishiga bog`liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to`g`ri keladigan mahsulot
ishlab chiqarishni ko`paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini
yaxshilashni ko`zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo`ladi:
•
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni
yangilashda;
•
xodimlar malakasini oshirishda;
•
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini
yangilashda‖
10.
Iqtisodiy o`sishning bu ikki tipi sof holda ro`y bermaydi. Iqtisodiy o`sish uni
ta‘minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko`proq
ekstensiv, yoki ko`proq intensiv bo`lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: