8
O‘ZBEKISTONDA OILA TARBIYASINING HUQUQIY-
ME’YORIY ASOSLARI
O„zbekistonda mustaqillik yillarida oila institutiga davlat
siyosatining eng muhim va ustivor yo„nalishi sifatida doimiy e‟tibor
berib kelinmoqda.
O„zbek xalqi azal-azaldan bolajon, oilaparvardir. Xalqimiz
bola tarbiyasida nafaqat mehr ko„rsatib, uning ust-boshini but qiladi,
balki yoshligidan bolani milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak
ma‟naviyat asosida tarbiyalashga intiladi. Tarbiya xususida taniqli
o„zbek pedagogi, ma‟rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy bunday
degan edi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo
falokat, yo saodat, yo halokat masalasidir». Shundan kurinib
turibdiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, davlat
ahamiyatidagi ishdir. Chunki, har bir xalqning taraqqiy etishi,
davlatlarning qudratli bo„lishi avlodlar tarbiyasiga ko„p jihatdan
bog„liq.
Oilada shakllangan o„zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak
axloqiy
va
ma‟naviy qadriyatlar nafaqat oilaning, balki
mamlakatimiz farovonligini ham ta‟minlaydi, har tomonlama etuk
yosh avlodning voyaga etishiga xizmat qiladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab jamiyatning asosiy
bo„g„ini hisoblangan oilaga, onalik va bolalik muammolariga o„ta
muhim, davlat ahamiyatiga molik masala sifatida e‟tibor berdi.
Mamlakamitmizda bu borada mustahkam huquqiy baza yaratildi.
O„zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi «Oila»
deb nomlanadi. Ana shu bobning 63-, 64-, 65-, 66-moddalarida
oilaning huquqiy asoslarini belgilaydigan qoidalar mustahkamlab
qo„yilgan.
Asosiy qonunimizning oilaga bag„ishlangan XIV bobining 63-
moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo„g„inidir hamda jamiyat va
davlat muhofazasida bo„lish huquqiga ega. Nikoh tomonlaning
ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi» deb belgilangan.
64-moddada «Ota-onalar o„z farzandlarini voyaga etgunlariga
qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
9
Davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarning vasiyligidan
mahrum bo„lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o„qitishni
ta‟minlaydi, bolalarga bag„ishlangan xayriya faoliyatlarini
rag„batlantiradi», deyilgan.
65-moddasida «Farzandlar ota-onasining nasl-nasabidan va
fuqorolik holatidan qat‟iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va
bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi»
1
, deb qayd etib
qo„yilgan.
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqib,
amaldagi «Oila kodeksi» Respublikamiz Oliy majlisining 1998 yil
30 apreldagi qarori bilan tasdiqlandi va o„sha yilning 1-sentyabridan
amalga kiritildi. «Oila kodeksi»
2
8 bo„lim, 30 bob, 238-moddadan
iborat bo„lib, amaldagi «Oila kodeksi» bir qator oilaviy huquqiy
munosabatlarni yangicha hal etgan. Chunonchi, uning milliy
qadriyatlarga asoslangani (quda-andachilik, qarindosh-urug„chilik,
bobo-buvilari va nabiralar o„rtasidagi munosabatlarning yangicha
talqini), unda umuminsoniy qadriyatlar ham aks etgani (nikoh
shartnomasi institutining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning
tibbiy ko„rikdan o„tkazilishi) alohida ahamiyatga egadir.
Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko„rikdan o„tkazilishi
haqida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Mamlakatimizda
bo„lg„usi kelin-kuyovlarning nikohdan oldin tibbiy ko„rikdan
o„tkazish tartibi joriy etilgan bo„lib, bundan ko„zlangan asosiy
maqsad sog„lom oila qurish, sog„lom bolani dunyoga keltirish bilan
bog„liq. Ayni shu masalalar uchun, umuman, bolalarning sog„lom,
benuqson
bo„lib tug„ilishi uchun tibbiyot xodimlarining
mas‟uliyatini, kerak bo„lsa, javobgarligini oshirish vaqti keldi, deb
o„ylayman»
3
deb alohida ta‟kidlagan.
Oila va bolalar muhofazasiga oid Prezident farmonlari va
Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi, bu borada zarur chora-
tadbirlar belgilandi va dasturlar ishlab chiqildi. O„zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24-avgustdagi
«Kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish
1
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: «Ўзбекистон» 2012. 12-13-бетлар.
2
Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси: (2012 йил 1-майгача бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан)
- Тошкент: «Адолат», 2012 й. 192 б.
3
“Халқ сўзи” газетаси, 2013 йил, 7 декабр.
10
masalalari to„g„risida»gi qaroriga ko„ra kam ta‟minlangan oilalarga
har oyda beriladigan moddiy yordam tayinlash va uning miqdorini
belgilash fuqorolarning o„zini o„zi boshqarish organlari zimmasiga
yuklatildi.
Shuningdek, 1996 yil 10 dekabrdagi «Bolali oilalarni ijtimoiy
qo„llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to„g„risida»gi
437-sonli qaroriga asosan, voyaga etmagan (16 yoshdan 18
yoshgacha farzandlari bo„lgan) oilalarga nafaqalar belgilash va
tayinlash vazifasi ham fuqorolarning o„zini o„zi boshqarish
organlari zimmasiga yuklatildi.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7
iyundagi
«Ijtimoiy
nafaqalar
tayinlash
tartibini
yanada
takomillashtirish hamda oilalarning jami daromadlari yanada to„liq
hisobga olinishini ta‟minlash to„g„risida»gi 165-sonli qaroriga
asosan, davlat tomonidan beriladigan aniq manzilli ijtimoiy yordam
tizimini takomillashtirish va fuqorolarning o„zini o„zi boshqarish
organlari tomonidan ijtimoiy nafaqalar tayinlash va to„lashning
manzilliligini oshirish ishlari amalga oshirildi.
1998 yildan «Oila ilmiy-amaliy markazi» faoliyat ko„rsata
boshladi. Ushbu markazda O„zbekistonda oilaning shakllantirish va
demografik rivojlantirishga oid muammolar yuzasidan ilmiy
tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
2008 yil O„zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining
kafolatlari to„g„risida”gi Qonuni, 2016 yil “Bolalarni ularning
sog„lig„iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to„g„risida”gi
Qonun ishlab chiqildi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin-qizlarni
qo„llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi
faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida» 2018
yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli Farmonida tuman (shahar) xotin-
qizlar qo„mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda
ma‟naviy-axloqiy
qadriyatlarni
mustahkamlash
bo„yicha
mutaxassislari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga alohida
e‟tibor berildi.
2018 yil 14 martda O„zbekiston respublikasi Vazirlar
Mahkamasi “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma‟naviy-
11
axloqiy
qadriyatlarni
mustahkamlash
bo„yicha mutaxassis
to„g„risidagi Nizom» to„g„risidagi 200-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorda quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilandi:
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish, ularning muammolarini o„z vaqtida aniqlash, yordamga
muhtoj bo„lgan va og„ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-
qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko„rsatish;
xotin-qizlarning bandligini ta‟minlash, mehnat sharoitlarini
yaxshilash,
ularni
oilaviy
va
xususiy
tadbirkorlikka,
hunarmandchilikka keng jalb etish;
xotin-qizlar o„rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish,
huquqbuzarlikka moyilligi bo„lganlar bilan yakka tartibda ish olib
borish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-
qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo„yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin
hamkorlik qilish;
oilalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash va tibbiy
madaniyatini oshirish;
oilaviy
qadriyatlarni
mustahkamlash,
erta
nikoh
va
ajrashishlarning oldini olish bo„yicha samarali choralarni ko„rish
kabi masalalarga alohida e‟tibor berildi.
Dostları ilə paylaş: |