Samarqand davlat universiteti sh. Usanov, Sh. Axmedova qizlar tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix24.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#121337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
O‘ZBEKISTONDA OILA TARBIYASINING HUQUQIY-
ME’YORIY ASOSLARI 
O„zbekistonda mustaqillik yillarida oila institutiga davlat 
siyosatining eng muhim va ustivor yo„nalishi sifatida doimiy e‟tibor 
berib kelinmoqda. 
O„zbek xalqi azal-azaldan bolajon, oilaparvardir. Xalqimiz 
bola tarbiyasida nafaqat mehr ko„rsatib, uning ust-boshini but qiladi, 
balki yoshligidan bolani milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak 
ma‟naviyat asosida tarbiyalashga intiladi. Tarbiya xususida taniqli 
o„zbek pedagogi, ma‟rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy bunday 
degan edi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo 
falokat, yo saodat, yo halokat masalasidir». Shundan kurinib 
turibdiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, davlat 
ahamiyatidagi ishdir. Chunki, har bir xalqning taraqqiy etishi, 
davlatlarning qudratli bo„lishi avlodlar tarbiyasiga ko„p jihatdan 
bog„liq. 
Oilada shakllangan o„zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak 
axloqiy 
va 
ma‟naviy qadriyatlar nafaqat oilaning, balki 
mamlakatimiz farovonligini ham ta‟minlaydi, har tomonlama etuk 
yosh avlodning voyaga etishiga xizmat qiladi. 
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab jamiyatning asosiy 
bo„g„ini hisoblangan oilaga, onalik va bolalik muammolariga o„ta 
muhim, davlat ahamiyatiga molik masala sifatida e‟tibor berdi. 
Mamlakamitmizda bu borada mustahkam huquqiy baza yaratildi.
O„zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi «Oila» 
deb nomlanadi. Ana shu bobning 63-, 64-, 65-, 66-moddalarida 
oilaning huquqiy asoslarini belgilaydigan qoidalar mustahkamlab 
qo„yilgan. 
Asosiy qonunimizning oilaga bag„ishlangan XIV bobining 63-
moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo„g„inidir hamda jamiyat va 
davlat muhofazasida bo„lish huquqiga ega. Nikoh tomonlaning 
ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi» deb belgilangan. 
64-moddada «Ota-onalar o„z farzandlarini voyaga etgunlariga 
qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. 



Davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarning vasiyligidan 
mahrum bo„lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o„qitishni 
ta‟minlaydi, bolalarga bag„ishlangan xayriya faoliyatlarini 
rag„batlantiradi», deyilgan. 
65-moddasida «Farzandlar ota-onasining nasl-nasabidan va 
fuqorolik holatidan qat‟iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va 
bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi»
1
, deb qayd etib 
qo„yilgan. 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqib, 
amaldagi «Oila kodeksi» Respublikamiz Oliy majlisining 1998 yil 
30 apreldagi qarori bilan tasdiqlandi va o„sha yilning 1-sentyabridan 
amalga kiritildi. «Oila kodeksi»
2
8 bo„lim, 30 bob, 238-moddadan 
iborat bo„lib, amaldagi «Oila kodeksi» bir qator oilaviy huquqiy 
munosabatlarni yangicha hal etgan. Chunonchi, uning milliy 
qadriyatlarga asoslangani (quda-andachilik, qarindosh-urug„chilik, 
bobo-buvilari va nabiralar o„rtasidagi munosabatlarning yangicha 
talqini), unda umuminsoniy qadriyatlar ham aks etgani (nikoh 
shartnomasi institutining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning 
tibbiy ko„rikdan o„tkazilishi) alohida ahamiyatga egadir. 
Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko„rikdan o„tkazilishi 
haqida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Mamlakatimizda 
bo„lg„usi kelin-kuyovlarning nikohdan oldin tibbiy ko„rikdan 
o„tkazish tartibi joriy etilgan bo„lib, bundan ko„zlangan asosiy 
maqsad sog„lom oila qurish, sog„lom bolani dunyoga keltirish bilan 
bog„liq. Ayni shu masalalar uchun, umuman, bolalarning sog„lom, 
benuqson 
bo„lib tug„ilishi uchun tibbiyot xodimlarining 
mas‟uliyatini, kerak bo„lsa, javobgarligini oshirish vaqti keldi, deb 
o„ylayman»
3
deb alohida ta‟kidlagan. 
Oila va bolalar muhofazasiga oid Prezident farmonlari va 
Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi, bu borada zarur chora-
tadbirlar belgilandi va dasturlar ishlab chiqildi. O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24-avgustdagi 
«Kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish 
1
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: «Ўзбекистон» 2012. 12-13-бетлар. 
2
Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси: (2012 йил 1-майгача бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан) 
- Тошкент: «Адолат», 2012 й. 192 б. 
3
“Халқ сўзи” газетаси, 2013 йил, 7 декабр. 


10 
masalalari to„g„risida»gi qaroriga ko„ra kam ta‟minlangan oilalarga 
har oyda beriladigan moddiy yordam tayinlash va uning miqdorini 
belgilash fuqorolarning o„zini o„zi boshqarish organlari zimmasiga 
yuklatildi. 
Shuningdek, 1996 yil 10 dekabrdagi «Bolali oilalarni ijtimoiy 
qo„llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to„g„risida»gi 
437-sonli qaroriga asosan, voyaga etmagan (16 yoshdan 18 
yoshgacha farzandlari bo„lgan) oilalarga nafaqalar belgilash va 
tayinlash vazifasi ham fuqorolarning o„zini o„zi boshqarish 
organlari zimmasiga yuklatildi.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 
iyundagi 
«Ijtimoiy 
nafaqalar 
tayinlash 
tartibini 
yanada 
takomillashtirish hamda oilalarning jami daromadlari yanada to„liq 
hisobga olinishini ta‟minlash to„g„risida»gi 165-sonli qaroriga 
asosan, davlat tomonidan beriladigan aniq manzilli ijtimoiy yordam 
tizimini takomillashtirish va fuqorolarning o„zini o„zi boshqarish 
organlari tomonidan ijtimoiy nafaqalar tayinlash va to„lashning 
manzilliligini oshirish ishlari amalga oshirildi. 
1998 yildan «Oila ilmiy-amaliy markazi» faoliyat ko„rsata 
boshladi. Ushbu markazda O„zbekistonda oilaning shakllantirish va 
demografik rivojlantirishga oid muammolar yuzasidan ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
2008 yil O„zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining 
kafolatlari to„g„risida”gi Qonuni, 2016 yil “Bolalarni ularning 
sog„lig„iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to„g„risida”gi 
Qonun ishlab chiqildi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin-qizlarni 
qo„llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi 
faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida» 2018 
yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli Farmonida tuman (shahar) xotin-
qizlar qo„mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda 
ma‟naviy-axloqiy 
qadriyatlarni 
mustahkamlash 
bo„yicha 
mutaxassislari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga alohida 
e‟tibor berildi. 
2018 yil 14 martda O„zbekiston respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi “Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma‟naviy-


11 
axloqiy 
qadriyatlarni 
mustahkamlash 
bo„yicha mutaxassis 
to„g„risidagi Nizom» to„g„risidagi 200-sonli qarori qabul qilindi. 
Qarorda quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilandi: 
 xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish, ularning muammolarini o„z vaqtida aniqlash, yordamga 
muhtoj bo„lgan va og„ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-
qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko„rsatish; 
 xotin-qizlarning bandligini ta‟minlash, mehnat sharoitlarini 
yaxshilash, 
ularni 
oilaviy 
va 
xususiy 
tadbirkorlikka, 
hunarmandchilikka keng jalb etish; 
 xotin-qizlar o„rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish
huquqbuzarlikka moyilligi bo„lganlar bilan yakka tartibda ish olib 
borish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-
qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo„yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin 
hamkorlik qilish; 
 oilalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash va tibbiy 
madaniyatini oshirish; 
 oilaviy 
qadriyatlarni 
mustahkamlash, 
erta 
nikoh 
va 
ajrashishlarning oldini olish bo„yicha samarali choralarni ko„rish 
kabi masalalarga alohida e‟tibor berildi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin