53
Ammo ba‟zan hayotda onalarning qizlar tarbiyasi haqida bilimli
bo„lishining o„zi etarli emas. Ayniqsa onaning qiziga o„rgatadigan
sohasiga aytaylik axloq-odob, mehnat bo„yicha qiziqtira olishi,
talabchanligi juda muhim va hal qiluvchi rol‟ o„ynaydi. Aksincha
talabchan bo„lmasa, qiziga ta‟sir o„tkaza olmaydi. Shuning uchun bu
qoidani har bir ona doimo esida saqlamog„i va unga amal qilmog„i
shart. Agar ona qiziga o„rgatadigan sohaga qiziqtirishni tarbiyalay
olmasa, uning samarasi bo„lmaydi. Shuningdek, mazkur sohada
onaning tushuntirishi, uqtirib o„rgatishidagi amaliy tarbiyachilik
mahorati yuqori bo„lmog„i lozim. Demak, oilada ba‟zi onalarning
qizlar tarbiyasida shaxsan namuna bo„lmasligi, oilaning mustahkam
va barqaror rivojlanishiga hamda qizlar tarbiyasiga putur etkazadi.
Yosh oilalarning ajralib ketishiga olib keladi. Aksincha, oilada
onaning qizlarga oila, ijtimoiy hayotning barcha yo„nalishlarida
namuna ko„rsatishi, ulardan talab qila olishi ham hal qiluvchi
ahamiyatga ega.
Qizlar tarbiyasi bilan shug„ullanayotgan malakali bakalavr,
magistr mutaxassislar va ota-onalarda qizlar tarbiyasida onalarning
shaxsiy namuna ko„rsatish yo„nalishlari, qirralari, mazmuni va
mohiyati haqida ilmiy bilim, ko„nikma, ma‟lumotning shakllanishiga
imkon beradi. Bu esa oilada qizlar tarbiyasining hozirgi davr talablari
asosida olib borilishini ta‟minlaydi. O„z navbatida oilalarning
barqaror, mustahkam va ishonchli bo„lishiga xizmat qiladi.
Shuningdek,
ta‟lim
tizimining
turli
bo„g„inlarida
faoliyat
ko„rsatayotgan pedagog mutaxassislarning va mahalla raislari, xotin-
qizlar, nuroniylar faoliyati, ichki ishlar, adliya, prokuratura, sud kabi
xodimlarning ota-onalar bilan hamkorligida samarali ishlashiga
sharoit yaratadi. Shunday qilib, oilada qizlar tarbiyasida ona
hayotining barcha sohalarida shaxsiy namuna bo„lishi komil insonni
oilaviy va ijtimoiy hayotga tayyorlashning, bo„lajak bakalavr,
magistrlar mutaxassislarning va jamoat tashkilotlari vakillarining
pedagogik madaniyatini shakllantirishning zaruriy tarkibiy qismi
bo„lmog„i darkor. Mazkur mavzuning oila va ijtimoiy tarbiyadagi
dolzarbligini hisobga olib oliy ta‟limda pedagoik mutaxassislar
tayyorlashning o„quv rejalariga kiritib o„rganilsa, amalda qo„llanilsa,
oilada va davlat ta‟lim-tarbiya muassasalarida qizlar tarbiyasining
samaradorligi yanada oshgan hamda nuqsonlari tugatilgan bo„lardi.
Dostları ilə paylaş: