54
QIZLAR TARBIYASINI TASHKIL ETISHDA MILLIY
XUSUSIYATLARDAN FOYDALANISH
O„zbek xalqining dunyo hamjamiyatida o„z o„rnini egallashida
oilaviy
an‟analarning
tarbiyaviy
imkoniyatlarini
oshirish,
takomillashtirish, ularning tarbiyasiga alohida e‟tibor bilan qarashni
taqozo etadi. Chunki onalarning oiladagi vazifalarini bajarishga
qizlarni tayyorlash hozirgi davrning eng dolzarb muommolaridan
biri bo„lib qolmoqda. Buning onalarni hayotning uzliksizligi
ta‟minlaydigan oilaviy hayotga tayyorlash juda muhim. O„zbek
xalqining muqaddas milliy an‟analari, urf-odatlarini saqlash,
avaylab-asrashga tayyorlash oila tarbiyasining asoslarini tashkil
qiladi.
Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda ota-onalarning
bolalarga ta‟sir ko„rsatishini jamiyatda o„rnini bosadigan birorta
ta‟lim-tarbiya muassasalari yo„q. Shu nuqtai nazardan onalarni
kelajak nasllarning qanday inson bo„lib etishuviga amaliy
tayyorlash ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa qizlarni onalik vazifasini bajarishga tayyorlash o„zbek
oila tarbiyasida o„ziga xos milliy xususiyatlarga va o„z mazmuniga
ega. Bu masala o„zbek oila pedagogikasida o„z ilmiy tadqiqotiga
ega emas. Ammo ba‟zi tadqiqotlarga mustaqillikni qo„lga
kiritgandan keyin bu sohada izlanishlar yo„lga qo„yilyapti.
Ana shu vazifalarni oila va ijtimoiy hayotga tadbiq qilishda
oilada onalarning o„rni va roli beqiyosdir. Oilada bolalar tarbiyasini
onalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Onalarsiz, oilasiz hayotning
abadiyligi, uzliksizligi, avlodlarning davomiyligi ta‟minlanmaydi
ana shu butun insoniyat hayotining davom etishida onalarning
bunyodkorlik, yaratuvchilik faoliyatining hisobga olmaslik mumkin
emas.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov oila tarbiyasining
ijtimoiy tarbiyadagi o„rni haqida «Oila hayotning abadiyligi,
avlodlarning davomiyligini ta‟minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni
saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday insonlar bo„lib
etishishiga bevosita ta‟sir ko„rsatadigan tarbiya o„chog„idir» va yana
«Biz davlatimizning ijtimoiy negizlarini, uning barqarorligini
mustahkamlashda, jismoniy baquvvat, ma‟naviy boy avlodni
55
mamlakatimizning ertangi kuni egalarini tarbiyalashda oilaning
rolini oshirishga juda katta ahamiyat bermoqdamiz»,-deb aytgan
fikrlarni oila tarbiyasida asosiy o„rinni egallaydi.
O„zbek xalqining to„q, farovon hayotini tashkil qilishda
onalarning o„rni va roli beqiyosdir. Xotunlarning tirishqoq, tadbirli
va irodali bo„lish kabi sifatlarni qizlarning oila qurishgacha bo„lgan
davrida amalga oshirish juda ham foydali. Ana shu sifatlarning oila
hayotidagi amaliy ahamiyatini tushuntirish, anglatish zarur. Qizlarni
oilada bolani tarbiyalashgina emas, balki shu oilaning uy bekasi
sifatida yangi oilaga singib, ko„nikib ketishga o„z ota-onasi uyida
tayyorlash o„zbek oila tarbiyasining eng asosiy qirralaridan bir
yo„nalishini tashkil etadi.
Qizlarni bo„lajak oilaga ona va uy bekasi sifatida tayyorlashda
onalarning bilimdonligi, tajribasi hal qiluvchi ro„l o„ynaydi. Onalar
o„z qiz farzandlari bilan yakka tartibda maxsus individual suhbatlar
borishi, eng nozik jihatlarni ochiqchasiga to„g„ridan-to„g„ri
tushuntirishlari, uqtirishlari o„zbek qizlarini onalar vazifasini
bajarishga o„rgatishga muhim o„rin tutadi.
Oila tarbiyasida qizlarni tarbiyasi o„ziga xos milliy
xususiyatlarga ega. Ana shu milliy xususiyatlarning ma‟nosini
onalar ilmiy jihatdan bilishlari ularni o„z qizlari ongiga turli usullar
bilan o„rgatishiga erishmoqlari kerak. Chunki har bir milliy
xususiyatlarning o„z mazmuni, ma‟nosi qizlarning komil bo„lib
tarbiyalanishlariga poydevor bo„lib xizmat qiladi. Masalan qizning
uquvli bo„lishining o„zi uning komil bo„lganligini bildirmaydi.
Aksincha, uquvli bo„lish bilan birga axloqli, farosatli bo„lish, o„sha
ishni o„z vaqtida sifatli qilib bajarish, oila a‟zolarining ayniqsa
turmush o„rtog„ining ishonchiga sazovor bo„lish va boshqa sifatlarni
o„zida tarkib toptirishi bag„oyat muhim.
O„zbek qizlarini oilada onalik faoliyatiga tayyorlashda oila
hayotining, millat hayotining davomiyligini ta‟minlashda bilimlarni,
tajribalarni bolalarga va ayniqsa qizlarga bera olishga o„rgatish
O„zbekiston mamlakatining taraqqayotini tashkil etishning asosiy
sharti hisoblanadi.
Agar onalarning qizlarga beradigan bilimlari, ko„nikma
tajribalari davom etmas ekan, ya‟ni ajdodlardan avlodlarga
o„tkazilmas ekan, oila hayoti ham, ijtimoiy hayot ham to„xtaydi.
56
Shuning uchun oilada onalarning qizlarga beradigan bilimlari,
tajribalari oila va ijtimoiy hayotni davom ettirishning zaruriy
ehtiyojlari talabi bo„lib kelgan va shunday bo„lib qoladi. Demak,
oilada hayotni davom etishi uchun xotinlarning o„zlarini tarbiyalash
shart ekan. Onalarni to„g„ri va mahsuli amaliy tarbiyalamay turib,
qizlar hayotini davom ettirib bo„lmaydi. Qizlarni kelgusi oila
hayotiga tayyorlash oilani, millatni, mamlakatni umuman xalqning
hayotini davom ettirish deb izohlash mumkin.
O„zbek qizlarini tirishqoq bo„lishi uchun vaqtni o„tkazmay
zehnini o„tkir qilish uning ustiga yuklanadigan qizlik, xotinlik, yosh
onalik kabi ishlarini bajarishda kamchilik keltirmasin. Aksincha
o„zingiz bilgan narsalaringizni, tajribalaringiz uchun hech bir vaqtda
mag„rur bo„lmaslik kerakligini uqtiradi. Agar qizlar ana shu
sifatlarni ya‟ni o„zbek qizlariga xos sifatlarni egallasa, o„zlarida
tarkib toptirsa, bunday qizlar komil onalar ya‟ni insonlar
bo„lganligini ko„rsatadi. Buning uchun ularni ayblash emas, balki
boshqalarga ibrat qilib ko„rsatishga asos bo„lishini qizlar bilishlari
kerak. Aslida millatning, mamlakatning ijtimoiy hayoti ana shunday
sifatli qizlarning tarbiyalariga bog„liq deb xulosa qilsak to„g„ri
bo„ladi.
Qizlarini oilada tarbiyachilikka tayyorlash tarbiyalash asosan
milliy xususiyatlar asosida olib boriladi. Buning asosiy sababi
o„zbek millatini, mamlakatni, davom ettirishning asosiy sharti
hisoblanadi. O„zbek fuqarosining milliy sifatlari oilada davom
ettiriladi. Bunday ma‟suliyat oilada onalar zimmasiga yuklatilgan,
shuning uchun onalar qizlarini qizlik paytlaridanoq uy bekasiga xos
fazilatlarni tarbiyalashga alohida e‟tibor qaratish kerak. Agar qizlar
oilada onalik vazifasini bajarishga aqliy, axloqiy, mehnat, estetik,
jismoniy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa tarbiyaning tarkibiy qismlari
asosida tashkil etilmasa kelajakda tarkib topadigan yosh oilalar
ishonchli va mustahkam bo„lmaydi. O„zbek oilalarining tarbiyaviy
imkoniyatlarini oshirish uchun ham qizlar tarbiyasini puxta olib
borish talab etiladi.
Qiz bolani yoshligidanoq o„zini-o„zi eplashga o„rgatish
ma‟qul. Uzilgan tugmani qadash, so„kilgan chokni tikish, sitalgan
erni torlash, ilingan kiyim boshlarni bejirim yamashga o„rgatish
juda foydalidir. Bu albatta oson ish emas. Bunga ona qunt qilishi,
57
sabr chidamli bo„lishi, qiziga har bir ishni to„g„ri bajarish tartib
qoidasini o„rgatmog„i lozim bo„ladi. Ba‟zi onalar ana shu qunt,
sabr-chidamning etishmasligidan qizlari noshud bo„lib qoladilar.
Qiz bolani yoshligidanoq pok tabiatli bo„lishga odatlantirish
kerak. Buning uchun vaqtida yuvinib-taranishga, ust-boshlarini
vaqtida almashtirishga, ozoda ehtiyot tutishga o„rgatish kerak.
Qiz bola uy ishlarida onasiga dastyorlik qiladi. Onaga o„xshab
ish tutishga tirishadi. Ona qizini kuchi etadigan ishlarga solib, yoshi
o„sgan sari yumushlarning ham turi, ham hajmini kengaytirib
borgani ma‟qul. Ona qiziga ish buyurganida, uni oson va tez
bajarish yo„lini ko„rsatsa, yana ham yaxshiroq bo„ladi. Lekin
bolaning o„ziga ham erkinlik berish kerakligini unutmaslik zarur.
Bolaga ish buyurganda, mehnatdan ko„zda tutilgan maqsadni
to„g„ri anglatish, uni yaxshi va sifatli bajarish uchun sabr toqat bilan
ishlash kerakligini tushintirish kerak. Topshirilgan vazifani bola
qanday bajarayotganini ona ham, ota ham nazorat qilishi, ishning
natijasiga baho berishi tarbiyaviy jihatdan muhimdir.
Odatda qiz bola uy tutish, saranjom-sarishtalikni, o„z onalari
namunasida ko„rib o„rganadi. Bas, shunday ekan, ona uy
yumushlarini: ovqat tayyorlash, stol tuzash, kir yuvish, uy tozalash,
dazmol bosish, bichish-tikish, mehmon kutish kabi ishlarni
bajarayotganida qizlarini ham yoniga olib, bu ishlarni ularning
dastyorligida qilsa, bu onaga ham, qizga ham foydalidir. Har birimiz
onamizning qachondir “Qilganing menga - o„rganganing o„zingga”
deganlarini yaxshi eslaymiz.
Qizlar fazilati to„g„risida so„z borganida odob, sharmu hayo,
nafosat masalasiga to„xtamay ilojimiz yo„q. Bu qiz bolada sharmu
hayo, aql idrok - uning husni bo„lmog„i kerak.
Sharmu hayoli, nafosatli bo„lmoq – nomusli, oriyatli bo„lish,
o„zgalarni hurmat qilish demakdir. Aql bilan ish yuritib o„z
nomusini pok saqlamoq, har qanday vaziyatda o„zini tuta bilmoqlik,
har bir qadamini o„ylab, o„lchab bosmoq demakdir. Bu xislatlarni
qiz bola odatda o„zining eng yaqin kishilari o„rtasidagi yaxshi
munosabatlarni uqib oladi.
Ona qizini ishini epchil bajarishga o„rgatish, hunar orttirishga
qiziqtira olishi kerak bu yo„lda sabr matonatli bo„lishga undashi
zarur. Eng muhimi olgan bilimi, xulqini yo xizmatiga bag„ishlash
58
istagini to„ldira olishdir. Ba‟zi onalar qiz bola birovning xasmi,
voyaga etmasdan uzatilib ketadi deb, ota-onasinikida, uyida kiygani
qoladi degan noto„g„ri tushuncha bo„ladi. Katta qizlarni taltaytirib,
uy ro„zg„or ishlaridan, turmush qiyinchiliklaridan chetda turishlar,
ularni o„z mayllariga tashlab qo„yadilar. Ona uy qiyinchiliklarini o„z
zimmasiga oladi, qizini juda erkin o„stiradi bu bilan u zararli ish
qilayotganini tushunib etmaydi chamasi yana shunday toifadagi
onalar borki: “ Yaxshi o„qisang, odam bo„lsang bas, uy ishlari
bo„lsa, o„zim eplayman”, -deb hatto bo„yiga etgan qiz bolalariga
churi bo„ladilar. Bu bilan ona o„z qadr qimmatini erga uradi, qizini
esa u uquvsiz, no„noq, hech ishda yo„q qilib o„stiradilar, uning ham
kelajakda ona bo„lishini unitib qo„yadilar. “Yaxshi o„qib odam
bo„l”- deydilar-u, amalda bo„lsa bunga teskari ish tutadilar.
Mehnatda chiniqmagan, qiyinchiliklarni engishga o„rganmagan qiz
qanday qilib yaxshi inson bo„la oladi?! Qiz bola avvalo hayotda
chiniqadi. Mehnat bilan aql farosati fikrlashadi, ma‟naviy
kamolotga etishadi. Bolangiz ayni kuchga kirgan payti balog„atdan
so„nggi davr hisoblanadi. U yumush bilan charchamaydi, ozmaydi,
ona faqat uni har bir ishini reja bilan qilishga o„rgatishi lozim.
O„sib kelayotgan yosh qizni o„z holiga tashlab qo„yish
yaramaydi. Uni tergab turmasa keyinchalik achinib qolish mumkin.
Chunki 15-16 yoshli qiz hali yomon bilan yaxshining farqiga
etmaydi. G„oyat ta‟sirchan, o„ziga juda bino qo„ygan bo„ladi.
Balog„at tomondan etilib kelayotgan payti bo„ladi. Shuning uchun
ham ona qiziga yaqin bo„lishi, uning sirdosh do„stiga aylanib, unga
doimo ko„z–quloq bo„lib turishi kerak. Ona qizini nasihat yo„li
bilan, shuningdek, xayrli ishlarga o„rgatish bilan ko„ngilsiz
yo„llardan saqlab turishi kerak. Yosh navdani har tomonga egish
ham, to„g„ri o„stirish ham oson. Ayol ham, erkak ham hamma
narsani bilgani yaxshi, chunki turmushda hammasi kerak bo„ladi.
O„qish bilan birga biror hunarga ega bo„lish bilangina mazmunli
hayot kechirish mumkin deyuvchi kishilar qattiq yanglishadilar.
“Boshiga tushsa hamma narsaga ko„nikib ketadi” degan iborani
ko„p ishlatamiz. Qiz bola turmush qurgach, o„sha oilaning yo„liga
tushib ketadi, deb ishonamiz. Biroq yangi oilaning yo„liga tushish
oson ish emas. Buning uchun kelinchak o„zining yaxshi tomonlari
bilan ularga yoqishi kerak.
59
O„zbek kelinchaklari o„zining uch xislati bilan: uy ishlariga
epchil bo„lishi, xushodobi, ziyrakligi va farosatliligi bilan kuyovini,
qaynonasini, qaynotasini mamnun etsa, ular oldida xurmati oshadi.
Bundan o„zining ham yuzi yorug„, dili charog„on bo„ladi.
Qiz bola uylik-joylik bo„ldi deylik, endi uy-joyini, erini
eplamog„i, qayn-bo„yni bilan axil bo„lishni bilmog„i kerak, vaqti
etib ona bo„lganda, farzandini komil qilib o„stirishi ham uddasidan
chiqmog„i kerak. Qiz bola uquvli bo„lsa, yaxshi, bularni qiynalmay
eplab ketadi. Uyda tik o„sgan bo„lsa-chi? U holda dakki eshitadi,
turtki eydi. Tez-tez oilaviy janjallarni bo„lishiga sababchi bo„ladi.
Xattoki turmushning buzilishigacha borib etadi. Bunday hayotiy
misollarni ko„plab ko„rishimiz mumkin.
Oilada qiz bolaga yigitning bo„lajak ona va uy bekasi sifatida
qaraladi va tarbiya qilinadi. Bolalar 5-6 yoshdan boshlab uy ishlarini
bajarishga kirishgan, qizlar tikish, to„qish va ro„zg„or yumushlarini
o„rganishadi. Oilada yoshligidan mehnatga o„rgata borilar ekan, ular
hamma narsalarni asrab, avaylab borishga o„rganadi. Oilada qizlar
tarbiyasiga ko„proq e‟tibor berilsa, kelgusi tejamkor, tadbirkor, uy
bekasi bo„lishlikka zamin yaratadi. Qizlarni qo„liga kattalar
nazoratida igna berib, ip o„tkazishga, oddiy to„g„ri chok tikishga
o„rgatiladi, o„ziga oddiygina fartukcha tikib, olib ish qilsa, kiyimini
asraydi.
Yuqoridagilardan tashqari, qizlarni xalq o„yinlari va
o„yinchoqlar oilada bolalarni ma‟naviy–axloqiy tarbiyalashda
muhim rol o„ynaydi. Chunki o„yin zamirida, birinchidan, bolaning
jismoniy chiniqishi yotsa, ikkinchidan o„yin faoliyatida kelajakdagi
hayot yo„lini ham anglab olishi uchun yo„l ochib beradi. O„yinlar
bolani sog„lom, xarakatchan, topqir, chidamli, matonatli, aql bilan
ish tutishiga o„rgatishi bilan ahamiyatlidir. Masalan, qiz bolalarning
“qo„g„irchoq-qo„g„irchoq”, “xolla-xola” kabi o„yinlari qizlarning
kelajakdagi hayotlariga ishoradir. Zero, bu o„yinlar orqali qizlar
kelgusi balog„at yoshida ona bo„lishi, bolani boqish, tarbiyalash
kabi tushunchalarga ega bo„lsada, eng muhim ota-onalik hissi,
burchi, ma‟suliyati kabilarni ham anglashga odatlanib boradi. Bu
bilan ularda go„daklik chog„ida ota-onalik mehri, farzandni sevish,
avaylab-asrab o„stirish, unga mehr-muhabbat bilan munosabatda
bo„lish kabi malakalar tarkib topa boradi.
60
“Xolla-xola”, o„yini esa o„z navbatida qizlarga qarindosh
urug„lar bilan bordi-keldi qilish lozimligini, mehribonlik ko„rsatish
kerakligini, uyga kelgan qarindosh-urug„larni quchoq ochib kutib
olish, ulug„ kunlarda ularni yo„qlab turish, xabar olish lozimligi kabi
tushunchalarni o„rganishga yordam beradi. Natijada, bunday qizlar
kelajakda yaxshi ona ham bo„la oladilar.
Xalqning yashashi, mehnati va o„z-o„zini himoya qilish xalq
o„yinlarining mazmunida o„z aksini topgan. Shuni ham alohida
ta‟kidlash lozimki, o„zbek xalq o„yinlari o„zining serharakatliligi,
bola jismini o„stiruvchanligi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil
topganligi bilan ham boshqa xalqlar o„yinlaridan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |