64
To‘rtinchidan, milliy kiyinish mamlakatda mahalliy ishlab
chiqarishning, muhimi milliy
mahsulotlarning bozorgirligini, qadr-
qimmatini va unga bo„lgan ehtiyojni orttiradi.
Beshinchidan, milliy kiyimlarni ishlab chiqaradiganlarni ish
joyi bilan ta‟minlaydi.
Oltinchidan, qizlarni milliy g„oya,
milliy ong, milliy o„zlikni
anglash, milliy g„urur, millatdan faxrlanish kabi milliy tuyg„ular,
fazilatlar shakllanadi.
Ettinchidan, o„z millatining xotin qizlariga mos, xos bo„lgan
sharqona
sharmu-hayo, ibo-iffat,
or-nomus andisha, uyat kabi
milliy an‟ana,
urf-odat, qadriyatlarni saqlagan, mustahkamlagan
bo„ladi.
Sakkizinchidan, mahalliy hom-ashyolarning (paxta, ipak, jun)
tayyor mahsulot bo„lib, ishlab chiqarilishiga poydevor yaratadi.
To„qqizinchidan, muhimi milliy valyutaning (so„mning)
qadrini
oshiradi va h.k.
Shunday qilib, qizlarda milliy kiyinish ko„nikma va odatlarni
shakllantirish, komil
insonni tarkib toptirishning, o„zbek millati
ma‟naviy o„zlikni anglashning zaruriy sharti bo„lmog„i darkor.
Dostları ilə paylaş: