40
OILADA QIZLAR VA AYOLLAR TARBIYASINI TASHKIL
ETISHDA OTA-ONALARNING VAZIFALARI
O„zbek qizlarini oilada tarbiyachilikka tayyorlash tarbiyalash
asosan milliy xususiyatlar asosida olib boriladi. Buning asosiy
sababi o„zbek millatini, mamlakatni, davom ettirishning asosiy
sharti hisoblanadi. O„zbek fuqarosining milliy sifatlari oilada davom
ettiriladi. Bunday ma‟suliyat oilada onalar zimmasiga yuklatilgan,
shuning uchun onalar qizlarini qizlik paytlaridanoq uy bekasiga xos
fazilatlarni tarbiyalashga alohida e‟tibor qaratish kerak. Agar qizlar
oilada onalik vazifasini bajarishga aqliy, axloqiy, mehnat, estetik,
jismoniy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa tarbiyaning tarkibiy qismlari
asosida tashkil etilmasa kelajakda tarkib topadigan yosh oilalar
ishonchli va mustahkam bo„lmaydi. O„zbek oilalarining tarbiyaviy
imkoniyatlarini oshirish uchun ham qizlar tarbiyasini puxta olib
borish talab etiladi.
Qiz bolani yoshligidanoq o„zini-o„zi eplashga o„rgatish
ma‟qul. Uzilgan tugmani qadash, so„kilgan chokni tikish, sitalgan
erni torlash, ilingan kiyim boshlarni bejirim yamashga o„rgatish
juda foydalidir. Bu albatta oson ish emas. Bunga ona qunt qilishi,
sabr chidamli bo„lishi, qiziga har bir ishni to„g„ri bajarish tartib
qoidasini o„rgatmog„i lozim bo„ladi. Ba‟zi onalar ana shu qunt,
sabr-chidamning etishmasligidan qizlari noshud bo„lib qoladilar.
Qiz bolani yoshligidanoq pok tabiatli bo„lishga odatlantirish
kerak. Buning uchun vaqtida yuvinib-taranishga, ust-boshlarini
vaqtida almashtirishga, ozoda ehtiyot tutishga o„rgatish kerak.
Qiz bola uy ishlarida onasiga dastyorlik qiladi. Onaga o„xshab
ish tutishga tirishadi. Ona qizini kuchi etadigan ishlarga solib, yoshi
o„sgan sari yumushlarning ham turi, ham hajmini kengaytirib
borgani ma‟qul. Ona qiziga ish buyurganida, uni oson va tez
bajarish yo„lini ko„rsatsa, yana ham yaxshiroq bo„ladi. Lekin
bolaning o„ziga ham erkinlik berish kerakligini unutmaslik zarur.
Bolaga ish buyurganda, mehnatdan ko„zda tutilgan maqsadni
to„g„ri anglatish, uni yaxshi va sifatli bajarish uchun sabr toqat bilan
ishlash kerakligini tushintirish kerak. Topshirilgan vazifani bola
qanday bajarayotganini ona ham, ota ham nazorat qilishi, ishning
natijasiga baho berishi tarbiyaviy jihatdan muhimdir.
41
Odatda qiz bola uy tutish, saranjom-sarishtalikni, o„z onalari
namunasida ko„rib o„rganadi. Bas, shunday ekan, ona uy
yumushlarini: ovqat tayyorlash, stol tuzash, kir yuvish, uy tozalash,
dazmol bosish, bichish-tikish, mehmon kutish kabi ishlarni
bajarayotganida qizlarini ham yoniga olib, bu ishlarni ularning
dastyorligida qilsa, bu onaga ham, qizga ham foydalidir. Har birimiz
onamizning qachondir “Qilganing menga - o„rganganing o„zingga”
deganlarini yaxshi eslaymiz.
Qizlar fazilati to„g„risida so„z borganida odob, sharmu hayo,
nafosat masalasiga to„xtamay ilojimiz yo„q. Bu qiz bolada sharmu
hayo, aql idrok - uning husni bo„lmog„i kerak.
Sharmu-hayoli, nafosatli bo„lmoq – nomusli, oriyatli bo„lish,
o„zgalarni hurmat qilish demakdir. Aql bilan ish yuritib o„z
nomusini pok saqlamoq, har qanday vaziyatda o„zini tuta bilmoqlik,
har bir qadamini o„ylab, o„lchab bosmoq demakdir. Bu xislatlarni
qiz bola odatda o„zining eng yaqin kishilari o„rtasidagi yaxshi
munosabatlarni uqib oladi.
Ona qizini ishini epchil bajarishga o„rgatish, hunar orttirishga
qiziqtira olishi kerak bu yo„lda sabr matonatli bo„lishga undashi
zarur. Eng muhimi olgan bilimi, xulqini yo xizmatiga bag„ishlash
istagini to„ldira olishdir. Ba‟zi onalar qiz bola birovning xasmi,
voyaga etmasdan uzatilib ketadi deb, ota-onasinikida, uyida kiygani
qoladi degan noto„g„ri tushuncha bo„ladi. Katta qizlarni taltaytirib,
uy ro„zg„or ishlaridan, turmush qiyinchiliklaridan chetda turishlar,
ularni o„z mayllariga tashlab qo„yadilar. Ona uy qiyinchiliklarini o„z
zimmasiga oladi, qizini juda erkin o„stiradi bu bilan u zararli ish
qilayotganini tushunib etmaydi chamasi yana shunday toifadagi
onalar borki: “ Yaxshi o„qisang, odam bo„lsang bas, uy ishlari
bo„lsa, o„zim eplayman”,-deb hatto bo„yiga etgan qiz bolalariga
churi bo„ladilar. Bu bilan ona o„z qadr qimmatini erga uradi, qizini
esa u uquvsiz, no„noq, hech ishda yo„q qilib o„stiradilar, uning ham
kelajakda ona bo„lishini unitib qo„yadilar. “Yaxshi o„qib odam
bo„l”- deydilar-u, amalda bo„lsa bunga teskari ish tutadilar.
Mehnatda chiniqmagan, qiyinchiliklarni engishga o„rganmagan qiz
qanday qilib yaxshi inson bo„la oladi?! Qiz bola avvalo hayotda
chiniqadi. Mehnat bilan aql farosati fikrlashadi, ma‟naviy
kamolotga etishadi. Bolangiz ayni kuchga kirgan payti balog„atdan
42
so„nggi davr hisoblanadi. U yumush bilan charchamaydi, ozmaydi,
ona faqat uni har bir ishini reja bilan qilishga o„rgatishi lozim.
O„sib kelayotgan yosh qizni o„z holiga tashlab qo„yish
yaramaydi. Uni tergab turmasa keyinchalik achinib qolish mumkin.
Chunki 15-16 yoshli qiz hali yomon bilan yaxshining farqiga
etmaydi. G„oyat ta‟sirchan, o„ziga juda bino qo„ygan bo„ladi.
Balog„at tomondan etilib kelayotgan payti bo„ladi. SHuning uchun
ham ona qiziga yaqin bo„lishi, uning sirdosh do„stiga aylanib, unga
doimo ko„z–quloq bo„lib turishi kerak. Ona qizini nasihat yo„li
bilan, shuningdek, xayrli ishlarga o„rgatish bilan ko„ngilsiz
yo„llardan saqlab turishi kerak. Yosh navdani har tomonga egish
ham, to„g„ri o„stirish ham oson. Ayol ham, erkak ham hamma
narsani bilgani yaxshi, chunki turmushda hammasi kerak bo„ladi.
O„qish bilan birga biror hunarga ega bo„lish bilangina mazmunli
hayot kechirish mumkin deyuvchi kishilar qattiq yanglishadilar.
“Boshiga tushsa hamma narsaga ko„nikib ketadi” degan iborani
ko„p ishlatamiz. Qiz bola turmush qurgach, o„sha oilaning yo„liga
tushib ketadi, deb ishonamiz. Biroq yangi oilaning yo„liga tushish
oson ish emas. Buning uchun kelinchak o„zining yaxshi tomonlari
bilan ularga yoqishi kerak.
O„zbek kelinchaklari o„zining uch xislati bilan: uy ishlariga
epchil bo„lishi, xushodobi, ziyrakligi va farosatliligi bilan kuyovini,
qaynonasini, qaynotasini mamnun etsa, ular oldida xurmati oshadi.
Bundan o„zining ham yuzi yorug„, dili charog„on bo„ladi.
Qiz bola uylik-joylik bo„ldi deylik, endi uy-joyini, erini
eplamog„i, qayn-bo„yni bilan axil bo„lishni bilmog„i kerak, vaqti
etib ona bo„lganda, farzandini komil qilib o„stirishi ham uddasidan
chiqmog„i kerak. Qiz bola uquvli bo„lsa, yaxshi, bularni qiynalmay
eplab ketadi. Uyda tik o„sgan bo„lsa-chi? U holda dakki eshitadi,
turtki eydi. Tez-tez oilaviy janjallarni bo„lishiga sababchi bo„ladi.
Xattoki turmushning buzilishigacha borib etadi. Bunday hayotiy
misollarni ko„plab ko„rishimiz mumkin.
Oilada qiz bolaga yigitning bo„lajak ona va uy bekasi sifatida
qaraladi va tarbiya qilinadi. Bolalar 5-6 yoshdan boshlab uy ishlarini
bajarishga kirishgan, qizlar tikish, to„qish va ro„zg„or yumushlarini
o„rganishadi. Oilada yoshligidan mehnatga o„rgata borilar ekan, ular
hamma narsalarni asrab, avaylab borishga o„rganadi. Oilada qizlar
43
tarbiyasiga ko„proq e‟tibor berilsa, kelgusi tejamkor, tadbirkor, uy
bekasi bo„lishlikka zamin yaratadi. Qizlarni qo„liga kattalar
nazoratida igna berib, ip o„tkazishga, oddiy to„g„ri chok tikishga
o„rgatiladi, o„ziga oddiygina fartukcha tikib, olib ish qilsa, kiyimini
asraydi.
Yuqoridagilardan tashqari, qizlarni xalq o„yinlari va
o„yinchoqlar oilada bolalarni ma‟naviy–axloqiy tarbiyalashda
muhim rol o„ynaydi. Chunki o„yin zamirida, birinchidan, bolaning
jismoniy chiniqishi yotsa, ikkinchidan o„yin faoliyatida kelajakdagi
hayot yo„lini ham anglab olishi uchun yo„l ochib beradi. O„yinlar
bolani sog„lom, xarakatchan, topqir, chidamli, matonatli, aql bilan
ish tutishiga o„rgatishi bilan ahamiyatlidir. Masalan, qiz bolalarning
“qo„g„irchoq-qo„g„irchoq”, “xolla-xola” kabi o„yinlari qizlarning
kelajakdagi hayotlariga ishoradir. Zero, bu o„yinlar orqali qizlar
kelgusi balog„at yoshida ona bo„lishi, bolani boqish, tarbiyalash
kabi tushunchalarga ega bo„lsada, eng muhim ota-onalik hissi,
burchi, ma‟suliyati kabilarni ham anglashga odatlanib boradi. Bu
bilan ularda go„daklik chog„ida ota-onalik mehri, farzandni sevish,
avaylab-asrab o„stirish, unga mehr-muhabbat bilan munosabatda
bo„lish kabi malakalar tarkib topa boradi.
“Xolla-xola”, o„yini esa o„z navbatida qizlarga qarindosh
urug„lar bilan bordi-keldi qilish lozimligini, mehribonlik ko„rsatish
kerakligini, uyga kelgan qarindosh-urug„larni quchoq ochib kutib
olish, ulug„ kunlarda ularni yo„qlab turish, xabar olish lozimligi kabi
tushunchalarni o„rganishga yordam beradi. Natijada, bunday qizlar
kelajakda yaxshi ona ham bo„la oladilar.
Xalqning yashashi, mehnati va o„z-o„zini himoya qilish xalq
o„yinlarining mazmunida o„z aksini topgan. Shuni ham alohida
ta‟kidlash lozimki, o„zbek xalq o„yinlari o„zining serharakatliligi,
bola jismini o„stiruvchanligi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil
topganligi bilan ham boshqa xalqlar o„yinlaridan farq qiladi.
Shu o„rinda hozirgi kunda kelib qizlarni sportga jalb qilish
ishlari avj olmoqda. Sport qiz bolani birinchi navbatda sog„lom
voyaga etkazishga zamin yaratib beradi.
Prezidentimiz
Sh.Mirziyoevning
tashabbuslari
bilan
mamlakatimizda bolalar sporti rivojida, jumladan, qiz bolalarning
muntazam shug„ullanishiga katta e‟tibor berilmoqda. Qizlar
44
salomatligini, har tomonlama barkamol qilib voyaga etishi - bu
millat genofondini asrash, oilada, jamiatda sog„lom turmush
tamoillarini rivojlantirishning muhim shartidir.
Hozirgi kunda asosan qizlar engil atletika, badiiy gimnastika,
voleybol, bastkedbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, sport
gimnastikasi, akrobatika, chim ustida xokkey kabi turlari bilan
shug„ullanmoqda. O„zbek mintalitetimizga mos sport turlarini qizlar
orasida keng quloch yozdirish, millat onasining sog„lom bo„lishiga
yordam beradi. Bugun sportni rivojlantirish u orqali millatning ham
qizi, o„g„lini tarbiyalash, o„zbek oilasini mustahkamlash, jamiyatni
poklash, ma‟naviyatni barqarorlashtirish kabi ishlarni asoslari bilan
bog„lanmoqda. Biz strategik maqsadimiz va milliy genafondni
yaxshilash, va barkamol sog„lom avlod tarbiyasi borasida amalga
oshirayotgan ishlarimizni sifat pog„onasiga ko„taradi.
Olimlardan biri - F.Naytingil yozgan ekan “…hozir
hamshiralar bemorlarga qaramoqdalar, lekin shunday vaqtlar
keladiki, ularning qoramog„idagilar sog„lom bo„lib, hamshiraning
vazifasi faqat ularning betob bo„lib qolmasliklari uchun qayg„urish
bo„lib qoladi”. Bugun bolalar sportini rivojlantirishga qo„shayotgan
hissamiz, onalar va qizlarning jismonan baquvvat va sog„lom
bo„lishlariga qayg„urayotganimiz kelajakda bemor onalar kam
bo„lib sog„lom turmush tarzini shakllantira oladigan insonlarni
jamiyatga keltirishimizga imkon beradi.
Qizlarni uy bekasi yoki onalik faoliyatiga tayyorlashda
yuqoridagi milliy xususiyatlarini va tarbiyaning tarkibiy qismlarini
maqsadga muvofiq olib borish kerak. Qizlarni oilada onalik
faoliyatiga tayyorlashda uning axloq tarbiyasi asosiy va hal qiluvchi
ahamiyatga ega.
Qizlar tarbiyasida nikoh-oila muammolari bilan bog„liq
bo„lgan mutasaddi xodimlar, mahalla, hokimiyat vakillari, katta
yoshdagilar ham hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik
xususiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy nizolar psixologiyasi haqida
tegishli ma‟lumotlarga ega bo„lishlari maqsadga muvofiqdir.
Yoshlarimiz esa er-xotin nizolarini jiddiy, ayanchli oqibatlarga
olib keluvchi: ajratuvchi “men” xarakteridagi “chegaralanmagan”
turlaridan ogoh bo„lishi, o„z hayotlarida shu toifa nizolarning
45
yuzaga keltirmaslik, ularning oldini olish va bartaraf etish borasida
zarur bo„lgan bilim va ma‟lumotlarga ega bo„lishlari lozim.
Yangi oilaga tushgan kelinlarning(qizlarning) ko„pchiligi
yuzaga keladigan ba‟zi qiyinchiliklarni osonlik bilan engib, kelinlik
vazifalirini ko„ngildagidek eplab ketadilar, qaynonalarini ro„zg„or
tashvishlaridan xalos qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor
bo„ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni “qizim” deb bag„rilariga
oladilar, bilmaganini o„rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar,
hayotiy yo„l-yo„riq ko„rsatadilar.
Ularga uy-ro„zg„or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin
ko„makdoshga aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida
turli to„qnashuvlar ham sodir bo„lib turadi. Gap qaynona-kelin
o„rtasidagi borar ekan, shuni aytib o„tishimiz lozimki, bu masalada
azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli nomayondalaridan
diqqat e‟tiborida bo„lib kelgan muammolaridan biridir. Jumladan,
Ahmad Donish o„zining «Navodir ul-voqea» (Nodir voqealar) nomli
kitobda qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi:
«Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda ham bo„lgan,
hozir ham bor va bundan keyin ham bo„ladi. Ular doimo
urishaveradilar. Ular nima uchun urishadilar? Chunki ular nima
uchun urishishayotganliklarini o„zlari ham bilmaydilar. Shuning
uchun urishadilar». Demak bu o„rinda qaynona–kelin nizolari,
sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish alohida ahamiyatga molik
masala ekanligi ko„rinib turibdi.
Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan
ayrimlarini ko„rib chiqamiz.
1). Ba‟zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga,
qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan
bo„ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa
sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qurib, tasavvuridagi emas,
balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular
o„z tasavvuridagi qaynonaga xos bo„lgan kamchilik va illatlarni
hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar. Borini-ku topishlari
aniq, hatto yo„g„ini ham topishga harakat qiladilar. Chunki
tasavvurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar.
Hayotda kamchiliksiz odam bo„lgan emas, bo„lmaydi ham.
Ideal qaynona, ideal kelin ham bo„lishi mumkin emas.
46
Kelinlar (qizlar) o„zlari tushgan yangi oila a‟zolariga ilk
taassurot asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda,
pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Qizlarni oilada
qaynonaga hurmat ruxida tarbiyalash orqali bunga erishish mumkin.
Kelinlar og„ir-bosiq, sabr-toqatli bo„lishlari, iloji boricha o„zlari
tushgan xonadon a‟zolarining yaxshi tomonlarini ko„rishga
intilishlari, eri shu xonadon a‟zosi ekanligini unutmasligi lozim.
Ana shunda bu oila tinch-totuv bo„ladi. Zotan, kelin bu xonadonga
besh kunlik mehmon emas, balki bir umrlik a‟zo bo„lib kelganligini
unutmasligi kerak.
2). Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro„zg„or
tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo„ladi va keskinlashadi.
Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari o„rtasida
tafovut bo„lishi tabiiy holdir. Ammo aksariyat hollarda qaynona-
kelinlar ko„p jihatdan bir-birining aksi bo„ladilar. Ayrim hollarda
esa qaynona-kelin andishani yig„ishtirib qo„yib, har birlari o„z
gaplarini o„tkazishga harakat qiladilar. Bunday kelishmovchiliklar-
ning oldini olish uchun kattalar yoshlarni kiyinishi, soch
turmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini tinglashi va shu kabi
boshqa masalalarda ularni o„z holiga qo„yishlari lozim. YOshlar
ham o„z navbatida iloji boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari,
ularni g„ashiga tegadigan noo„rin qiliq va odatlardan qaynonaga
xush kelmaydigan salbiy «hoyu-havaslardan» o„zlarini tiyishlari
kerak.
3). Ba‟zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga
tayyor bo„lmaydilar.
Shunday kelinlar bo„ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir
yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar.
Shuning uchun nikohgacha onalar qizlariga osh-ovqat
pishirishni,
meva-sabzavotlardan
qishga
sharbat,
tuzlama,
murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saranmjon-sarishta tutishni, did
bilan mehmon kutishni, tejamkorlikni, oila buyudjetini iqtisod
qilishni, uy anjomlari, jihozlaridan asrab-avaylab foydalanishni va
shu kabi uy-ro„zg„or ishlarini o„rgatishga alohida e‟tibor berishlari
zarur. Chunki el orasida «qiz birovning xasmi, boshqa oilaga
tushishi bor» degan hikmat bor. SHunga qarab qizlarni puxta
tayyorlash kerak.
47
Qizlar yangi oilaga kelin bo„lib tushib borgandan so„ng,
qaynonalar ham kelinlardan hadeb kemchilik va qusur axtarmasdan,
uni o„z farzandiday ko„rib, bilmaganini sabr-toqat bilan o„rgatib
borishi lozim. Ba‟zi qaynonalar borki, kelinning har bir ishidan
kamchilik topib, bo„lar-bo„lmas so„zlar bilan, befarosat, befaxm deb
haqoratlab bu esa kelinning bu oilada o„rganishi qiyin kechadi. Bu
vaziyatda kelin xomilador bo„lsa, kelajakda tug„iladigan farzandiga
salbiy ta‟sir qilishi mumkin. Kelin o„ylanadi,eziladi, siqiladi chunki
kelin qizlik davrida ota-onasinikida bunday so„zlarni eshitmagan bu
esa ruhiyatiga ta‟sir qilib juda qiynaladi. Kamchiliklarni yuziga
solavermasdan, yaxshi tomonlarini gapirib turishlari kerak.
Qaynonalar kelinlarida hosil qilingan ko„nikma va malakalarning
o„z o„g„li uchun va kelajakda o„z nabiralari uchun xizmat qilishini
esda tutishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |