Samarqand davlat universiteti sh. Usanov, Sh. Axmedova qizlar tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix24.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#121337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


12 
SHARQ MUTAFAKKIRLARI VA MASHHUR 
PEDAGOGLAR QIZLAR VA AYOLLAR TARBIYASI 
HAQIDA 
 
Oila jamiyatning asosini tashkil etadi. Oila qanchalik 
mustahkam bo„lsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam bo„ladi. Bu 
esa ijtimoiy-iqtisodiy omillargagina emas, balki ma‟naviy omillarga 
ham chambarchas bog„liqdir. Binobarin, oila ma‟naviyatining 
tarixiy asoslari, oila va jamiyat, an‟analar, qadriyatlar, farzand 
tarbiyasi muammolarini bugungi kun nuqtai nazaridan qarab chiqish 
va baholash g„oyat muhimdir. 
Birinchi Prezidentimiz ta‟biri bilan aytganda: «Bu yorug„ 
dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb 
atalmish bebaho ne‟mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha 
ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi»
1

Ma‟naviyatimizning ko„hna sarchashmalaridan biri bo„lgan 
“Avesto”da ham insoniyat va uning taraqqiyoti bilan bog„liq 
tasavvurlar, ma‟naviy-ruhiy va axloqiy mezonlar, olamni, tabiatni 
bilishga bo„lgan ehtiyoj va intilish insondagi eng olijanob, pok 
fazilatlar ifodalanishi bilan bir qatorda, oila asoslari, tuzilishi, 
tarkibi, oila ma‟naviyati, ota-onalarning oiladagi mavqeilari, 
oiladagi ayol erki, burchi va huquqlari yuksak ma‟naviy va axloqiy 
mezonlar asosida tavsiflangan. 
“Avesto”da nikohga va oila qurishga tayyorgarlik jarayonida 
qiz bola tarbiyasiga alohida e‟tibor berilgan. Qiz balog„atga 
etguncha, o„z davrining barcha hunarlarini bilishi, chorva mollariga 
qarashi, parvarishlashi, uy ro„zg„or yumushlarini mukammal tarzda 
ado etishi, pokiza, ozoda yurishi shart bo„lgan. Oilada qizlarga 
hunar o„rganish, o„qitib bilim berish qat‟iy yo„lga qo„yilgan. Zeroki, 
o„qimishli, hunarmand qiz o„z kasbi, bilimi bilan dastlab ota-ona 
xonadonini obod, saranjom qilib yursa, jufti halolinikiga borganda, 
oilani boshqarish bilan birga kelajak avlod ta‟lim-tarbiyasi bilan 
jiddiy shug„ullanashiga to„g„ri kelgan. 
Shu tariqa qiz bolalarga yungdan ip yigirish, urchuq va 
charxda ishlash, matolar to„qish, namat va kigiz bosish, liboslar 
1
Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч. –Т.: «Маънавият» 2008. -56-бет. 


13 
tikishdan tashqari, o„g„il bolalar kabi kurash tushish, otda chopish, 
qilichbozlik va o„z raqibidan o„zini qalqonda himoya qila bilish, ot 
bilan har xil to„siqlardan, balandliklardan o„tish, suvda suzish, 
uzoqqa yugurish, nayza irg„itish, kamondan o„q otish va boshqa 
jismoniy-harbiy malakani egallash ham majburiy bo„lgan.
“Avesto”da zurriyotning pokizaligi, naslning sog„lomligining 
xususida qayg„urib, bunga erishish yo„li sifatida atrof-muhitni 
muhofaza qilish, jamoat, oila, shaxsiy ozodalik, gigienaga rioya 
qilish, shuningdek, oila qurish jarayonida har jihatdan benuqson, 
sog„lom qizni kelinlikka tanlash uqtiriladi.
Islomiy tarbiyada ham qizlar tarbiyasining o„ziga xos 
xususiyatlari 7 yoshdan so„ng shakllanishi qayd qilinadi, xuddi shu 
yoshdan, ya‟ni 7 yoshdan boshlab, qizlar ayollarga xos tarbiyalanib 
boriladi. 
Islomda bolaning kichik yoshidan boshlab ota-onaning hurmat 
qilishi uqtiriladi. O„g„il bolaning onasiga bo„lgan muhabbati uning 
kelajakda butun ayol zotiga, xususan, umr yo„ldoshiga bo„lgan 
muhabbatini tarkib topishiga yordam beradi. Qiz bolaning otasiga 
bo„lgan mehribonchiligi esa butun erkak zotiga, jumladan, bo„lajak 
eriga bo„lgan hurmat tuyg„ularini shakllanishiga turtki bo„ladi. 
Ma‟lumki, Islom dinining muqaddas manbalaridan bo„lmish 
Qur‟oni Karim va hadislarda ham odob-axloq, ayollarning 
turmushdagi o„rni va vazifalari, er va xotin o„rtasidagi 
munosabatlar, bola tarbiyasi va oila yuritish hamda muhabbat 
masalalariga keng o„rin berilgan. 
Quyidagi hadislar to„plamidan bir necha misollar keltiramiz. 
“Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini 
ham yaxshilangiz”(38-hadis); “Qachonki er o„z xotiniga va xotin 
o„z eriga qarashsa, Tangri ham ularga rahmat nazari bilan qaraydi, 
bordi-yu kaftini kaftiga qo„ysa, barmoqlari orasidan gunohlar duv-
duv to„kiladi”(44-hadis); “Hech bir ota o„z farzandiga hulqu 
odobdan buyukroq meros berolmaydi”(136-hadis). 
Bola Alloh taoloning ota-onaga topshirilgan bir omonati 
bo„lgandan uni tarbiya qilmoq ota-onaga tegishli bo„lgan bir 
burchdir. Dunyoga kelgan bir bolaning ko„ngli Imom Fazoliy 
aytganicha, “har turli naqshlardan bo„sh bo„lgan bir nafis 


14 
javhardirki, u naqsh qilinsa bo„ladir va qaysi yoqqa tortsang, o„sha 
yoqqa tortiladir”. 
Bir ona bolasini dunyoga keltirar, tirikligining quvvati bo„lgan 
bir qism suti bilan uni to„ydirar, quchog„ida o„stirar, suyukli yurak 
mevasining rohati uchun shirin uyqularidan, butun tinchligidan 
kechar. Uning tarbiyasi, baxtli bo„luvi uchun jonu yuragidan 
tirishadir. Uning uchun chekmagan jafosi, qilmagan fidokorligi 
qolmas. Tirikligining so„nggi nafasiga qadar uni sevadi. Bolasining 
bir oz boshi og„risa, uning salomatligini qaytarish uchun bor molu 
jonini beradi. Unga har zamon jonim deb murojaat qiladilar. Uning 
bu so„zi juda to„g„ridir. Chunki bolalar ona tanu-jonining bir 
bo„lagidir. “Jannat onalarning oyoq ostidadir” deyilgan hadis 
sharifda. Onalarning naqadar ortiq hurmatu muhabbatga loyiq 
ekanini ko„rsatish uchun etarlidir. 
Shunday ekan ota-onalar bolalarini yaxshi tarbiya qilishga dinu 
insoniyat jihatidan majbur bo„lib, ularning berajak tarbiyalaridan 
bolalar baxtli bo„lganidek o„zlari ham mukofati savobga erishadilar. 
Bolalarda yaxshi xulqlarni o„rgatsak, ularni yomon yo„ldoshlardan 
saqlamoq, noziklikka, ortiqcha ziynatlarga va rohat qilib tik etishga 
ko„ngil qo„ydirmaslik, o„qigan vaqtda umrini bo„sh o„tkazmaslikka 
tirishish, har turli holga qarshi turadigan suratda o„stirmak, dindor, 
to„g„ri, rost so„zli, kishiga ezgulik tilovchi, tirishqoq va kuchli 
qilsak, bolani butun ma‟nosi bilan inson etsak, avval boshda ota-
onaga lozim bo„lgan eng kerakli burchlaridir. 
Keltirilgan namunalardan ko„rinadiki, demak diniy manbalarda 
ham oilaning muqaddas ekanligi, ota-onaning bola va o„z navbatida 
farzandning o„z ota-onasi oldidagi vazifalari, erning xotinga xurmat 
va e‟zozi muqaddas qadriyatlar sifatida qaralgan ekan. 
Sharq xalqlarida tarbiya borasida ulkan ma‟naviy meros 
yaratilgan. Bu meros asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga o„tib 
sayqallanib xalq barkamolligini ta‟minlash uchun xizmat qilmoqda. 
Ana shunday an‟analarimizdan biri ayollar, onalar, qizlar 
tarbiyasidagi boy pedagogik tajribadir. 
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning 
ilmiy merosida ham muhim o„rin egallaydi. Shu o„rinda Ibn 
Sinoning ham qarashlarini keltirishimiz mumkin. U bola tarbiyasida 
oila boshlig„i–otaning roliga alohida e‟tibor beradi. “Agar oilada, -


15 
deydi u, -oila boshlig„i tajribasizlik, no„noqlik qilsa, u oila a‟zolarini 
yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib 
chiqishi mumkin”. Bola tarbiyasi yaxshi yo„lga qo„yilsa, oila baxtli 
bo„ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. 
Ota-ona kim bo„lishidan qat‟iy nazar bu vazifani ma‟suliyat bilan 
ado etishi lozim. 
Abu Ali ibn Sinoning oilada er bilan xotin o„rtasidagi 
munosabatlar borasida aytgan fikrlari bag„oyat qimmatlidir. «Tadbir 
al-manozil» asarining «Afsofiy bextarin zanho» bo„limida oilada 
xotinlarning yaxshi xulqli bo„lishi orqali o„z qizlariga namuna 
bo„lishlari haqidagi fikrlarini quyidagicha asoslaydi: 
1.Xotin kishi bilimli bo„lsin. 
2.U dinga ishonmog„i kerak. 
3.Uyatchan, sharm hayoli. 
4.Tabiatan jasur. 
5.O„z erini qattaq sevishi. 
6.Tug„ishi va bola tarbiyasi haqida o„ylashi. 
7.Ezma bo„lmasligi. 
8.O„z eriga bo„ysunishi. 
9.To„g„ri bo„lishi. 
10.U hech vaqt o„z sha‟niga dog„ tushirmasin. 
12.O„z vazifasi va burchini yaxshi bajarishi. 
13 Xotin oila xo„jaligida narsalardan to„g„ri, tejab foydalana 
bilsin. 
14.U o„zining xarakteri va yaxshi tomonlari bilan eridagi 
kamchiliklarni yo„qota olsin –deb izohlaydi. 
Abu Ali ibn Sino er va xotinning yaxshi sifatlarini sanab 
o„tadi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o„rnak bo„lib uning 
kelajak taqdirini belgilashida muhimligini alohida uqtiradi. 
Sharq mutaffakkiri Yusuf Xos Hojib o„zining “Qutadg„u bilig” 
asarida bola tarbiyasi haqida to„xtalib, “Farzand qanchalik bilimli, 
aqlli-xushli bo„lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug„ bo„ladi”. U 
bola tarbiyasida otaning ma‟suliyatiga alohida e‟tibor beradi. 
“Kimning o„g„il-qizi erka bo„lsa, deb yozadi u unga shu kishining 
o„zi mungli bo„lib yig„laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib 
qo„ysa bolada gunoh yo„q, barcha jafo bolaning otasida. O„g„il-


16 
qizning xulq-atvori yaramas bo„lsa, bu yaramas ishni ota qilgan 
bo„ladi. 
Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlarni o„rgatsa, ular 
ulg„aygach, o„g„il-qizim bor deb sevinadi. O„g„il-qizga hunar va 
bilim o„rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe‟l-atvorlari 
go„zal bo„lsin”. Yusuf Xos Hojib o„z asarida shunday fikrlarni 
o„rtaga tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiyadek 
yangraydi.
Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon 
deb tushunadi. U beldan madorni, tanadan quvvatni, ko„zdan nurni, 
dildan oromni talab qiladi. Uning ta‟kidlashicha, agar insonning 
o„zida go„zal fazilatlar bo„lsa, ularni boshqalarga o„rgatishi lozim. 
Lekin odob-axloq, rasm-rusum, odat va ahloqni hosil qilish uchun 
zo„r kuch va harakat kerak bo„ladi. 
Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur 
asarlardan biri Shamsul Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma”sidir. 
Bu asar Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida muhim o„rinni egallaydi 
va qanchadan-qancha avlodlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda o„z 
hissasini qo„shib kelmoqda. “Qobusnoma” falsafiy didaktik asar 
bo„lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o„z ichiga oladi. 
Uning “Farzand parvarishi qilmoq zikrida” degan bobida bevosita 
oiladagi bola tarbiyasiga bag„ishlanadi. 
Kaykavusning “Qobusnoma” asarida ota-onalarning qator 
vazifalari sanab o„tiladi. Bular quyidagilardan iborat. 1) Bolaga 
yaxshi ot qo„ymoq; 2) Oqil va mehribon enagaga topshirish; 3) To„y 
tomosha qilib berish; 4) O„qish-yozishni o„rgatib kasb hunar va 
ilmli qilish; 5) Harbiylar ahlidan bo„lsa, sipohiylikni o„rgatish
1

E‟tiborli joyi ana shundaki, Kaykovus bolaga hunar 
o„rgatganda, uning uchun boshqalar qilishi mumkin bo„lmaydigan 
hunarlar o„rgatishi lozim deydi. Ana shunday hunarlar yordamida u 
mushkul vaziyatlardan chiqa olsin. Shunda bola ham otadan rozi 
bo„ladi.
«Agar qizing bo„lsa, uni mastura doyalarga topshirg„il, toki 
yaxshi parvarish qilg„aylar va kattaroq bo„lg„ondin so„ng muallimga 
topshirg„il… balaog„atga etg„ondin so„ng harakat qilib erga berg„il, 
1
Кайковус. Қобуснома. Т.: «Истиқлол», 1994 йил, 85-86-б. 


17 
unga shafqat va marhamat ko„rguzg„il, nedimkim qiz otaning asiri 
bo„lur. O„g„il otasiz bo„lsa ham bir ish talabiga bora olur o„zin 
maishatlig„ tutar. Qiz esa ojiz va bechora bo„lur. Har na boring 
bo„lsa, avvalo burun qizga berg„il va uning asbobin tuzatg„il. 
Tezroq uni bir kishining bo„ynig„a band etg„il, toki uning g„amidan 
qutilg„aysan. Agar qizing erga tegmag„on bo„lsa, uylanmag„on 
yigitga topshirg„il, toki unga ko„ngil bog„lasin va ul bunga ko„ngil 
bog„lasin»
1
va yana «Lekin agar o„g„lingni uylantirmoq va qizingni 
erga bermoq tilasang, zinhor o„z qarindoshlaring bila berishib-
olishmag„il»
2
-deb ota onalarga nasihat qiladi. 
Abu 
Rayxon 
Beruniy 
“O„tmish avlodlaridan qolgan 
yodgorliklar”, “Hindiston”, “E‟tiqodlar va dinlar haqida”, kabi 
ko„pgina asarlarida bolalarni axloqiy tarbiyasida oid qimmatli 
fikrlarni yozadi. Hatto, “Mineralogiya” nomli asarida ma‟danlar 
haqida to„xtalgan bo„lsada, insoniy fazilatlarning ahamiyatini 
yoddan ko„tarmaydi va inson qalbi javohirlardek toza va pok 
bo„lmoqligini uqtirib qo„yadi. Inson fazilatlari qimmatbaho toshdek 
katta boylik ekanligiga e‟tiborni qaratadi. 
Oila tutishda ma‟naviyatning sharoit taqozo etgan tamoillari 
borki, bu haqida allomalarimiz eslatib o„tishgan. Beruniy oila 
qurayotgan qizlarga ota-onaning pand nasihatlarini keltirib, oiladagi 
tinch totuvlik ko„proq ayollar zimmasiga tushishni ta‟kidlab 
shunday yozadi: “Ey qizim! Sen o„rgangan uyingdan ketib, notanish 
xonadonga tushmoqdasan, sen bo„lajak kuyovingning hamma 
xislatlarini bilmaysan. Sen er bo„l, u esa osmon bo„ladi. Demak sen 
u bilan shunday yo„l tutki, uning oldida er kabi kamtar bo„lsang, u 
osmon kabi olijanob bo„ladi. Osmon shifobaxsh yomg„iri bilan erni 
ko„kartirgani kabi ham o„z mehri shavqati ila seni xushnud etadi.
Ering sendan faqat yumshoq va shirin so„zlar eshitsin, 
yaramaydigan va eski libosda yoki sochlaring tartibga solinmagan 
holda uning oldida o„tirma. Qizim, kiyovingdan kuchi etmagan va 
sotib olishga qudrati etmagan narsalarni talab qilma. Bunday qilsang 
orada totuvlik yo„qoladi, turli xil janjallar paydo bo„ladi. Qizim 
rashk qilishdan saqlangin, chunki u ajralib ketish (talaq)ning 
1
Кайковус. Қобуснома. Т.: «Истиқлол», 1994 йил, 89-б. 
2
Ўша манба 88-б. 


18 
kalitidir. Eringga hadeb gina (tanbeh) qilishni men senga man 
etaman(ta‟qiqlayman). Yaxshisi, sen u bilan xushmuomalada shirin 
so„zli bo„lgin, bu ishing har qanday sehru jodudan yaxshidir. 
O„zingga xushbo„y narsalar bilan aro bergil, pokizalik hamisha 
yo„ldoshing bo„lsin” -deb nasihat qilgan. 
Beruniy «Mineralogiya» asarida ota-onalarga nasihat qilib, 
«Bolalarning chiroyliligi, yuz ko„rinishi ona qornida shakllanib rivoj 
topadi, bundan keyin uni o„zgartiradigan kuch yo„q» -deb 
ta‟kidlaydi. 
Abu Rayxon Beruniy insonning ahloqiy fazilatlarini, umuman 
ahloqiy tushunchalarni insonning tabiati bilan bog„laydi. Inson 
tabiati esa, avvalo, oilada shakllanadi. Shunga ko„ra, bola 
tarbiyasida ota-ona ta‟siri va namunasi benihoya kattadir. Masalan, 
u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Jo„far tilidan shunday deb 
yozadi: “Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Eringga tez-tez 
tanbeh qilishni senga taqiqlayman. Chunki tanbeh nafrat uyg„otadi. 
O„zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana 
xushbo„y atirlardan foydalangin. Ularning ichida eng yaxshisi 
suvdir.
Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasida 
taalluqlidir. Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o„rtaga 
tashlaydi. Oilada tozalik, pokizalik va tartiblik mavjud ekan, u erda 
ma‟naviy poklik ham bo„ladi. Bu fikrini tanni toza tutish bilan 
cheklab bo„lmaydi, balki ko„p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat 
mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri 
insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to„g„risidagi g„oya 
bilan bog„liqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy sog„lomlik bilan 
ma‟naviy boylik o„rtasidagi o„zaro muvofiqlik, mutanosiblik 
haqidagi bugungi kunning talabi bilan hamohangdir. 
Beruniyning yozishicha, kishilar hayotda turli holatda 
bo„ladilar va turlicha harakat qiladilar, ularning ayrimlari bilan 
maqtaladilar, boshqalari bilan qoralanadilar. Bularning hammasi 
bolalar ko„z o„ngida yuz beradi. Buni to„la his qilgan ota-ona 
ehtiyot bo„lmoqlari zarur. U ota-onalar bolalar bilan birga harakat 
qilishlari, turli o„yinlar uyushtirishlari, ular bilan o„zaro suhbatlar 
o„tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. 


19 
Xalq eposi va diniy risolalar odamlarda og„izdan-og„izga, 
avloddan-avlodga ko„chib saqlanib kelgan bo„lsa, xalqning eng 
donishmandlari va olimlari o„z qimmatli fikrlarini xalq an‟analariga 
tayangan holda o„z asarlarida yoritib, ularni kelgusi avlodlar uchun 
qoldirganlar, shunday faylasuf-olimlardan biri Abu Nasr Farobiydir. 
Uning inson kamoloti, baxti, ta‟lim va tarbiyasi, umuman axloqi, 
dinga munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va 
tushuntirishlardan iborat o„git bo„lib, axloq nazariyasini boyitadi. 
Uning ta‟limotlarida keltirilishicha haqiqiy baxt bir odamning 
boshqasiga nisbatan g„ayirligi, zulmi yo„qolgandagina bo„ladi, oila 
a‟zolarining bir-birlariga samimiy munosabatlari, mehr-u oqibatlari 
esa ana shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi. Bundan 
tashqari, har bir ota-onaning o„z farzandlari uchun birlamchi ustoz, 
yo„l ko„rsatuvchi ekanligi va aynan ular bolada ta‟lim-tarbiyaga 
kerakli tayyorgarlik holatini shakllantirish ta‟siriga ega ekanligi 
to„g„risidagi xulosalar mutafakkir qarashlarining hozirgi kunlar 
uchun ham aloqador ahamiyatli ekanligini ko„rsatadi. 
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher 
Navoiy merosida ham munosib o„rinni egallaydi. Uning fikricha, 
jamiyatning etukligi, uning taqdiri va kelajak yoshlar kamoloti bilan 
bog„liqdir, shunga ko„ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan 
oliyjanob vazifadir deydi.
Alisher Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug„laydi. 
Bunday sifatlarning bolalarda mujassam bo„lishi farzand tarbiyasida 
muhim rol‟ o„ynashini ta‟kidlab ko„rsatgan. «Yaxshi xotin deydi 
Navoiy -oilaning davlati va baxti -Uyning oroyishi undan, uy 
egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. Husnli bo„lsa-ko„ngil 
ozig„i, xushmuomala bo„lsa, jon ozig„idir. Oqila bo„lsa, ro„zg„orda 
tartib-intizom bo„ladi. U beandisha, shallaqi bo„lsa, ko„ngil undan 
ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo„lsa, undan ruh azoblanadi. 
Agar mayxo„r bo„lsa, uy obodligi yo„qoladi, aqlsiz bo„lsa, oila 
rasvo bo„ladi»
1
, deb o„rinli ta‟kidlagan. 
Alisher 
Navoiy 
oiladagi 
ayrim 
illatlarni 
va 
o„zaro 
kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta‟siri va uning 
1
Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. Тошкент, «Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти»,1983 
йил, 25-бет. 


20 
buzilishiga olib keladi, sabab bo„luvchi asosiy omillar haqida ham 
yozadi. Yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqishi 
sabablarini ko„rsatib beradi. Bolada paydo bo„ladigan yomon 
xulqlarni oldi olinmasa, bora-bora illatga aylanadi – deb uqtiradi. 
Onalarni qizlarni onalik faoliyatiga tayyorlash xususida 
mashhur tatar pedagogi Rizouddin ibn Faxriddin “Oila” nomli 
risolasida: “ Xotunlari tarbiyali bo„lgan xalq-tarbiyali-uy, xotunlari 
tarbiyasiz bo„lgan xalq tarbiyasiz, xotunlari tirishqoq, tadbirkor, 
irodali bo„lgan xalq-boy, xotunlari yalqov yoki isrofgar xalq faqir 
bo„lishi aniqdir”, deb o„rinli ta‟kidlagan. 
Haqiqatdan ham xotunlari tarbiyali xalq tarbiyali, xotunlari 
tirishqoq, tadbirkor, irodali bo„lgan xalq-boy, xotunlari yalqov yoki 
isrofgar xalq faqir bo„lishi aniq. Millatni tarbiyali qilish uchun 
o„zbek qizlariga ana shu fazilatlarni singdirish, ularni oilaga, onalik 
vazifasiga tayyorlash amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun 
qizlarda ana shu sifatlarning mohiyatini, mazmunini singdirish
ularni oila, ijtimoiy hayotda qo„llash ko„nikmalarini tarkib toptirish 
kerak. Chunki qizlarning faqat bilimli bo„lishlarining o„zi etarli 
emas. Ularni oilada bolalarni tarbiyalashga, oila hayotini yurita 
oladigan uquvli etib tarbiyalash darkor.
Yana Rizouddin ibn Faxriddin farzandlarni oila hayotiga 
tayyorlashda onalarning o„rni va roli haqida: “ Insonlarning 
saodatlari tarbiyaga bog„liq bo„lib, tarbiya ham xotunlar qo„lidadir. 
Shuning uchun umuman xalqni tarbiya qilish uchun xotunlari 
tarbiyalamoq hamda shu tarbiyani bolalarga ham bera oladigan 
darajada olib borish lozim”, deb juda to„g„ri maslahat bergan.
Chindan ham insonlarning qaysi jinsga mansubligi va hayotda 
baxt-saodatli bo„lishi xotinlar tarbiyasiga bevosita bog„liq hamda 
ularning zimmasiga topshirilgan ma‟sulyatli ish hisoblanadi. Xalqni 
tarbiya qilish uchun xotinlarni tarbiya qilmoq shart. Chunki xotinlar 
ana shu o„zlaridagi aqliy tarbiyalari bilan yosh qizlarni, o„g„illarni 
oila, ijtimoiy hayotga tayyorlashadi.
O„zbek onalarini tarbiyalashda va oilaviy hayotga tayyorlash 
xususida mashhur turk olimasi Aliy Nazimonning: “Endi xonim 
qizlarga aytamiz: tirishingiz, vaqtni o„tkazmay, aqlu zehningizni 
o„tkir qilingiz , qaysiki ikki shart birladur. Birinchisi: o„quv va 
bilimingiz butun ustingizda bo„lgan ishlarning birinchi darajalisi 


21 
qizlik, xotunlik, yosh onalik kabi ishlaringizga hech bir kamchilik 
keltirmasin. Ikkinchisi shuldirki, bilgan narsalaringiz uchun hech bir 
vaqt mag„rur bo„lmangiz va uni hamon o„rganishga tirishingiz. Bu 
ikki shartni o„rniga qo„ya olsangiz ilmu komil egalari bo„lursiz va 
buning uchun hech kim sizni ayb etmas, deb bildirgan fikri qizlar 
tarbiyasida diqqatga sazovordir.
Darhaqiqat, qizlarni qizlik, xotinlik va onalik faoliyatiga 
tayyorlash muammolaridan biridir. O„zbek oilalarida qizlarni komil 
etib tarbiyalashda Aliy Nazimonning fikridan o„rinli foydalanish 
juda ham katta ma‟naviy foyda keltiradi. Buning uchun oilada 
qizlarga qizlar tarbiyasi haqida bo„lim, maxsus ma‟lumot berish 
amaliy ahamiyatga ega.
Uyning ichi xotunlarga topshirilgandir. Unda ijro qilish lozim 
bo„lgan narsalarni o„rgatmasalar xotunlar oila hayotida pand 
oladilar. Oilani tuta bilish xotunning qadrini, obro„sini va mavqeini 
oshiradi . Oilani yurita olishga kerak bo„ladigan narsalar oilanng 
ta‟lim – tarbiyasiga oid bo„lgan ishlar hisoblanadi.
Xotin osh qanday tarzda tayyorlanishini, dasturxon qanday 
tuzalishini, oilaga kerakli narsalarni qanday hozirlanishini, oila 
a‟zolariga qancha miqdorda ovqat etarli bo„lishini, sotib oladigan 
ne‟matlarini uyda o„zi tayyorlay olishini bilishi kerak. Xotin hech 
bir kunda ovqat tayyorlovdan, kiyim tikuvdan, kir yuvishdan, uy 
ichini supurib, changlarni artish kabi ishlardan bo„shamasligi 
ma‟lum. Ana shu ishlarning barchasini o„z vaqtida tartib bilan 
bajarishga o„rganish shart. Aksincha uy saranjomligi buziladi, 
bundan oila a‟zolari jabirlanishadi. 
Olimlarning biri yozgan kitobida shunday degan: «Yosh 
qizlarning zehnini o„zlariga tegishli bo„lgan narsalar ila o„stiringiz. 
Ularni kichkina vaqtlaridanoq yurt tutishga (uy tutishga), hisob-
kitobga, mayda-chuyda narsalar sotib olishga har bir narsaning 
ko„proq foydali bo„lishi uchun nima qilish kerakligini bildiruvchi 
tirishingiz». 
Ikkinchi bir olim ham bular haqida ko„p narsalar yozgan: 
”Yosh qizlarga kichkina vaqtlarida uyga taalluqli bo„lgan har bir 
ishni ko„rsatish lozimdir, ish ko„ra-ko„ra o„rganiladur”. Misol uchun 
kirlarni qanday yuvishni, yig„ib taxlashni o„rgatish uchun qizlarni 
vaqti-vaqti bilan kir yuvadigan, uyda dazmol qiladigan joyga borib 


22 
turmoq kerak. Oshpaz xotun yoki yurt egasi ya‟ni onasi osh pishirib 
turgan uyda xonim qizni hozir qilib, osh qanday pishirilishini 
ko„rsatish kerak. Ularga bir uy uchun har vaqt kerak bo„ladigan 
narsalarni, ularni saqlash qoidalari, ularning qanday ishlanuvlarini, 
tutila turgan idish-tovoq, qapchiqlarni va ularning qanday 
saqlanuvlarini bildirish kerak. Har bir narsaning vaqtini, qish kuni 
meva saqlovchi, rizqlarning, kerakli yaroqlilarining hozirdan 
pishgan vaqtini o„rgatish kerak. Xonim qizlar bir yurt jamoasi 
ichidagi ishlarni berib, keragicha yuritish, har kimni bir aqlli tadbir 
ila idora qilish va har narsani o„rnida tutishni bilsalar, ulardan 
qimmatli, qadrli, sevimli hech kim bo„lmas. Ana shu tarzda bir qiz 
bola ota-onasini shod etib, ularning xayru duosini topar, bunday 
xonimning eri ham har vaqt unga muhabbatli bo„lur.
Bunday ona bolalarning cheksiz hurmati ulug„lashlariga 
sazovor bo„lur. Bunday yurt boshi xotun xizmat egalari haqida 
ma‟qbuli e‟tiborli bo„lur.
«Har narsani o„rnida qo„yib, tartib ila ishlashning o„z foydasi 
bordir: zehnni ochar, vaqtni bo„sh o„tkazmas, narsalarni yaxshi 
saqlar. O„rni ila ishlash uchun uch yordamchi kerakdir: havas ila 
ishlamak, yaxshi qilib ishlashga tirishish, mohirlik, ko„rkam xulqli 
bo„lgan bir kishi har kim ila yaxshi munosabatda bo„ladir: har 
kimga rahmli, ezgulik tilovchi bo„lur. Hech bir narsaga 
achchiqlanmas. Har narsaning yaxshi tarafini tutar va har vaqt 
boshqalarga xush ko„rinishga tirishar. Har vaqt ochiq chehrada 
bo„lur. Yumshoqlik, ochiq tabiatlilik, shodiyona chehrada bo„lish 
bir pok ko„ngilning alomatidir. Har bir xotunga eng kerakli sifat 
ko„rkam xulqqa bog„langan yumshoqlikdir. Aqlli bir ona o„g„lini 
uylantirishni istagan paytida kelinlikka saylagan qizning boy, 
go„zal, ziyrak bo„luvini so„ramasa, har narsadan avval ko„rkam 
xulqli bo„lib-bo„lmaganini bo„lishga tirishadir. Ko„rkam xulqli 
bo„lgan bir yosh qizni har kim sevar, agar bu qiz tug„ishganlari yoki 
er tug„ishganlari orasida bir totuvsizlik sezsa, tezda yaraga malham 
surtadir, dil xiralikni bitirishga tirishadir. Ezgulik hamma 
odamlarning har nafas va har zamon bir-birini sevishga tahsin 
qiluviga sabab bo„lgan bir fazilatdir. Ezgu niyatli bo„lingiz,baxtli 
bo„lursiz! 


23 
O„zbek qizlarining ko„rkam xulqli bo„lishi eng asosiy 
fazilatlardan birini tashkil qiladi. Xulq qizning faqat axloq-odob, 
go„zallik, mehnat va boshqa tarbiyasining faqat nazariy asosini 
emas, balki ana shu tarbiyalar majmuining o„z shaxsiy hayotida 
qo„llashi deb izohlash to„g„ri bo„ladi. 
Yurtning xarob bo„luvi sababini oila onasidan so„rangiz. Bu 
to„g„rida sizga javob bea oluvchi yolg„iz, uginadir. Yurtning xarob 
bo„luviga uning bashang kiyinuviga odatdan tashqari mubtalo 
bo„luvidan boshqa hech bir sabab yo„qdir. 
Birovning ustida yangi uslubda bir kiyim ko„rdimi, undan 
o„ziga tiktirmay hech tura olmas. Shuning uchun erining topgan 
aqchasi xotinning buzuq orzulariga xizmat etmoqdan boshqa bir 
narsaga foydasi tegmas. Chetdagilarga ko„rkam ko„rinish uchun 
moda va kiyinuv balosiga griftor bo„lishini o„zlariga lozim deb 
o„ylagan xotunlar fikrlari yo„qligi uchun g„oyat bir yomon dalil 
ko„rsatgan bo„lurlar. 
Sizga zarar keltirishdan va sizni xalqning yomon hayollariga 
tushiruvidan boshqa hech bir foydasi ko„rinmagan, holingiz, 
o„zingiz va kuchingiz etganidan ortiq takallufli kiyinishga hech 
qiziqmangiz, har kimning yaxshi fikrini qo„zg„atib, qozonib, 
o„zingizning qadringizni saqlagan bo„lursiz. 
Oqshom vaqtida rasm bo„lgan kiyimlar kiyishni va kunduzlari 
sochlari yoyilgan, ko„ylaklari yirtiq so„kilgan bo„lib, ko„pincha 
tungi kiyimlar ila yuruvni odat qilgan xotunlarning oz bo„lmagani 
eshitilmakdir. Bu ham juda zo„r bir aybdir. 
Mashhur tatar olimi Faxr-ul Banot Subg„atulloh qizi «Oila 
saboqlari» oila negizini tashkil etgan xotunlar toifasiga yurtga 
(oilada) va xotunlikda bo„lgan vazifalari haqida asosli va negizli 
ma‟lumot bermak maqsadi ila yozilishdir. Oila saboqlari 
xonimlarga, qizlar maktabi shogirdlarga oila vazifalari to„g„risida 
foydali ma‟lumot bergani kabi o„quvga tamom engillik va bir 
tarafdan, asosli bir axloq sabog„i hamdir. Faxr-ul Banot 
Subg„atulloh qizi “Oila saboqlari”
1
nomli asarida qizlar, onalar 
tarbiyasining nozik milliy asoslarini mohirona ko„rsatgan. Biz ana 
shu pedagogik qarashlarning onalar tarbiyasiga doir ba‟zi qirralarini 
1
Ризоуддин ибн Фахруддин. Оила. - Тошкент: «Меҳнат», 1991. 41-б. 


24 
o„rganishga harakat qildik. Bundan keyin uning shu asarlaridagi 
gaplarni qo„shtirnoq ichiga olib sahifalarini ko„rsatib beramiz. 
Ularning mohiyati, mazmunini pedagogik nuqtai nazardan o„zbek 
oila tarbiyasida aniqroq qilib aytgan onalar faoliyatida tutgan o„rni 
va rolini ko„rsatishga intilamiz. 
Subg„atulloh qizi onalarning o„z vazifalarini bajarishda ilmli 
bo„lishlari haqida “Xotinlarning ilm o„rganuvlari” bobida: 
“Xotunlar ham erlar kabi odamdirlar, hamda hurmatlariga tegishli 
bo„lg„on odamlardir va oilaning negiz toshlaridirlar. SHunday 
bo„lgach, ularning ilmu hunar ne‟matidan o„zlarida kerak qadrli 
ulush oluvi shartdir. Bir bola dunyoga keluvi birla, uning eng 
avvalgi tarbiya maktabi onasining quchog„idir. Avvalgi tarbiya 
naqadar tubli bo„lsa, shunga qarab boshqalarning ham komil 
darajada o„rganiluvi aniq bo„lgandan bolalarning tarbiyasi komil 
inson uchun qizlarimizning, xotunlarimizning go„zal tarbiya ko„rgan 
bo„luvlari, xususan tarbiyali, fikrli bo„luvlari lozimdir”. Bolalar 
tarbiyasi xotinlarga maxsus bir vazifa bo„lg„on uchun bu tarbiyaning 
darajasi tarbiya qiluvchilarning bilaklari darajasida bo„luvi lozim”, -
deb bildirgan fikri diqqatga sazovordir. Mazkur fikrning hayotligi 
shundaki bolalarni tarbiya etuvchi ona avvali shu tarbiya haqida 
bilimga ega bo„lmog„i shart. Agar ona bilimsiz haqida bilimga 
bo„lsa, tug„ilgan chaqoloqni inson sifatida tarbiyalay olmaydi. 
Qizlarni ona bo„lishga amaliy tarbiyalashda yuqoridagi g„oya, fikr 
dastur amal bo„la oladi.
Xotunlarning o„zlariga maxsus bo„lgan eng qadrli ziynatlari 
iffatdir. Iffatsiz xotun nursiz, iflos bir jirkanch bir gavdalardir. 
Iffatlarini saqlarg„a tirishmagan xotunlar hech bir vaqtda muhabbat 
va iltifotga loyiq bo„la olmaslar. Xotinlik bunday xotunlardan 
yiroqdir. Xotunlar go„zalligu suluvliklarga, boyligu mollarga emas, 
iffatlari ila quvonishlari kerak”. Chindan ham xotunlar bolalarga 
tarbiya berishi uchun birinchi galda iffatli bo„lishlari, o„z iffatlarini 
saqlashga intilishlari shart. Bu fazilatlarsiz bolani tarbiyalash 
mumkin emas. Xotunlar o„zlarining husni jamoliga boyligiga emas, 
balki iffatlari bilan faxrlanishlari darkor. Oilada qizlar ana shu 
fazilatlarni o„zlariga shakllantirishlari darkor. O„zbek qizlari oila 
hayotiga ya‟ni onalikka tayyorlanishda sabr-toqatli bo„lishlari 


25 
haqida Faxriddin shunday fikrni aytgan: “Dunyo bu! Ba‟zan erining 
pullari oz bo„lur-da, xonimlarning so„ragan narsalari olinmas.
Yaxshi bilingizki, xotunlarning go„zalligi kiyinuvda, ziynatda 
emasdir. Bir ochiq yuz, bir kelishgan qiyofa, toza va gavdaga mos 
tikilgan kiyimlar, toza-uy, pok ko„ngilli xotunlarni ma‟naviy ham 
moddiy go„zal ko„rsatishga etarlidir. Aqlli xotunlar zebu ziynatga 
berilib ketmaslar. Chunki odatdan tashqari ziynat, aql ozligiga 
dalolat etib, oila boshi bo„lgan er uchun bir katta harajat, zo„r 
tanglikka tushuviga sabab bo„ladir” 
“Bola uylanuvining yodgori, er ila xotin orasidagi 
muhabbatning bir jonli dalilidir. Bolaning tarbiyasi oilaning 
saodatiga insonlardan yig„ilgan madaniy jamiyatning baxtliligiga 
ham sabab bo„lajagidan bolalarga naqadar ko„p ahamiyat bermak 
lozim. Bolalarni keragicha tarbiya qilganlar vazifalarini tamom ado 
qilgan bo„ladilar. Bolalar oilaning ziynati, ota-onalarning zo„r 
ko„ngil yupunchidir. Shuning uchun bolalar juda qimmatli 
mevadirlar. Lekin ularga ziynat bermak uchun go„zal tarbiya 
qilinuvlari shartdir”
1

Haqiqatdan ham bola er bilan xotinning muhabbatining jonli 
dalili. Shuning uchun onaning eng asosiy vazifasi bolani oilaga, 
jamiyatga mos tarzda barcha ziynatlar asosida to„g„ri tarbiyalashdir. 
Bola er-xotinning hayotini davom ettiruvchi jonli aqlli zot 
hisoblanadi. Hayotdagi nuqsonlarni bartaraf qilishning asosiy 
tayanchi bo„lmog„i kerak. Bu oilani, millatni qolaversa davlatni 
rivojlantirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Shuning uchun bolani 
komil inson etib tarbiyalash eng to„g„ri yo„ldir. 
Qizlarni yoshligidanoq har xil hunarlarga o„rgatish kelajakda 
baxtli bo„lib, oila qurishlariga, boshqalarga tobe bo„lmay o„z 
vazifalarini bajarishga olib keladi. “Bir xonim o„qib yozishni, din 
hikmatlarini, qo„l ishlarini, osh pishiruvni va shuning kabi butun 
kerak ishlarini o„rgangandan so„ng mumkin bo„lsa, muzika 
o„rganishga ham tirishmog„i kerak. Ish bo„lmagan zamonlarda 
qizlarning nomusli va odobli muzika birla turgan xonimdan birorta 
muzika asboblarini o„rganuvi maslahatdir.Yoki bo„lmasa, o„zi 
kuylab yursa, butun uy xalqiga bir shodlik va xursandchilik berurga 
1
Ризоуддин ибн Фахруддин. Оила. - Тошкент: «Меҳнат», 1991. 73-75 б. 


26 
yordami bordir. Lekin, to„ylarda yoki odamlar yig„ilgan erlarda 
o„yin o„ynashi, kuylamakni hunar etib tutmak eng katta ayb, sharafi 
haysiyat (qadr, e‟tibor)ga hilofdir
1

Bizning oilalarda tarbiyalanayotgan o„zbek qizlari ham ana 
shunday musiqaga oid bilimlarni, hayotiy ko„nikma, odatlarni 
o„zlarida tarkib topdirsa maqsadga muvofiq bo„ladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin