Samarqand davlat universiteti sh. Usanov, Sh. Axmedova qizlar tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix24.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#121337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


48 
OILADA QIZLAR TARBIYASINI TASHKIL ETISHDA 
ONANING SHAXSIY NAMUNASI 
 
Hech narsa bolalarga namuna kuchidek ta‟sir ko„rsata olmaydi. 
Namuna taqlid uchun asosiy manba hisoblanadi. Farzandlar 
tarbiyasida onaning shaxsiy namuna ko„rsatishi asosiy hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. 
Bu haqda Abu Rayxon Beruniy «Tarbyachi bolalarga faqat 
nasixatgo„ylik qilmay balki o„z hatti-haraktlari bilan namuna bo„lib 
ta‟sir ko„satishlari zarur» -deb o„rinli ta‟kidlagan. 
Namunada ona so„zi, fikri, xatti-harakati, bajaradigan ishi, 
axloq-odobi, muomalasi va xulq-atvori orqali bola qalbini beixtiyor 
ishg„ol qilib kuchli ta‟sir ko„rsatadi. Onaning qizlar tarbiyasida 
shaxsiy namunasi qanchalik haqqoniy va tabiiy bo„lsa ona obro„si 
shuncha ortadi. Natijada onaning qizlarga tarbiyaviy ta‟siri 
shunchalik kuchli bo„ladi. Shuning uchun ham oila tarbiyasida 
namunaning o„rnini bosadigan boshqa kuch yo„q. Oila tarbiyasida 
onaning shaxsiy namunasi farzandlarning kelajakdagi istiqbolini, 
kamolotini belgilashga zamin, poydevor, asos bo„la oladi.
Ona to„laqonli tarbiyalangan bo„lsa, qizi ham tarbiyali bo„ladi. 
Bu haqiqitni hozirgi oila hayoti isbotlab turibdi. Onasi namuna 
bo„lgan oilada tarbiyalangan qizlar o„z baxtlarini tezda topadi va 
ishonchli, barqaror, mustahkam oilaning tarkib topishiga asos, 
zamin yaratadi. Bu esa o„zbek millatining, davlatining ma‟naviy 
rivojlanishiga olib keladi. Onalar qizlar tarbiyasida eng bo„lmasa, 
o„zi yashayotgan mahallada butun hayoti bilan ibrat ko„rsatayotgan 
onadagi fazilatlarga asoslanishi, boshqa onalarga nisbatan qizlar 
tarbiyasini 
to„g„ri 
tashkil 
qilishga, 
yaxshilashga 
va 
takomillashtirishga olib keladi. Bunday holning o„zi onaning qizlar 
tarbiyasida tarbiyaviy ta‟sirini ta‟minlashga sharoit yaratadi. 
Shuning uchun ham oilada onaning qizlar tarbiyasida namunasini 
pedagogik asoslash oila tarbiyasida dolzarb muammo bo„lib 
qolmoqda. 
Abdurauf Fitrat aytganidek: «Uylanishning birinchi maqsadi 
farzanddir. Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki 
biz yaxshi axloq egasi bo„lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina 
bo„ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo„ladi. Kimki, badaxloq 


49 
bolalarni tarbiya qilsa, xizmat emas, balki dushmanlik qilgan 
bo„ladi. Jamiyat ularning farzandlaridan bezor bo„ladi. Xush yoki 
yaxshi axloqqa ega bo„lgan farzand xushahloq iymon sohibi bo„lgan 
ota-onalardan bo„ladi. Binobarin, kuyov va kelin xushaxloq 
bo„lishlari eng yaxshi fazilatdir»
1
, -deb bildirgan fikri bag„oyat 
hayotiydir. 
Taniqli pedagog Rizouddin ibn Faxruddin «Oila» asarida: 
«Bolalarni go„zal tarbiya etish uchun tarbiya etuvchi ota-onalarning 
yoki valiylarning o„zlari tarbiyali bo„lmoqlari shartdir. Agar ular 
beradigan tarbiyalari bilan o„zlari adabli bo„lmasalar, umrbod 
tarbiya etsalar ham foydasi ko„rilmas»
2

«Bolalarga tarbiya bera bilmagan va husni axloq o„rgata 
olmagan xotundan foyda o„rniga ulug„ zararlar ko„rilur. Zero 
bunday xotunlar xalq orasida vabo mikroblaridan zararli bo„lgan 
insonlar etishtirurlar»
3
va yana «…Bir mamlakatni idora qilmoq 
uchun naqadar ko„p usullar qo„llashga zarurat bo„lsa, oilani idora 
etish mushkulligi bundan engil ish emas. Shuning uchun 
xotunlarning ilmli bo„lishlari zarur. Shunga ko„ra xotunlar uchun 
ona-yu, xotun bo„lish uchun shu ilmlarni o„rganish lozim bo„ladi»
4
-
deb bildirgan fikrlari farzandlar va ayniqsa qizlar tarbiyasida 
diqqatga sazovordir. 
Yuqoridagi pedagogik manbalarda qayd etilgan fikrlar oilada 
qizlar tarbiyasida hal qiluvchi o„rin egallaydi hamda hayotiydir. 
Asosiysi bo„lg„uvchi onalarning ya‟ni hozirgi qizlarda tarbiyachilik 
madaniyatini tarkib topdirishga, oshirishga, takomillashtirishga va 
onalik faoliyatiga amaliy tayyorlashga bevosita yordam beradi va 
hozir tarbiyalanayotgan qizlarning axloqiy sifatlarini tarkib 
topdirishga ham o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Muhimi qizlarda sharqona 
milliy xulq-atvorni shakllantirishga o„rgatadi, odatlantiradi. Shuning 
uchun onalar qizlar tarbiyasida o„ziga xos bo„lgan nozik qirralarni 
ilmiy-nazariy jihatdan bilishlari va oilaning shart-sharoitini hisobga 
olib qizlar tarbiyasini maqsadli tashkil qilishlari bag„oyat ijtimoiy 
ahamiyatga ega. 
1
Абдурауф Фитрат. Оила ва оила бошқариш тартиблари. Тошкент, «Маънавият», 1999йил,25-бет. 
2
Ризоуддин ибн Фахруддин «Оила», Тошкент, «Меҳнат», 1991йил, 43-бет. 
3
Ризоуддин ибн Фахруддин «Оила», Тошкент, «Меҳнат», 1991йил,11-бет. 
4
Ризоуддин ибн Фахруддин. Оила. Тошкент, «Меҳнат», 1991йил, 21-бет. 


50 
Chindan ham qizlar tarbiyasida onalarning yuqoridagi barcha 
fazilatlari asosiy omillaridandir. Shuning uchun ham xalqda 
«Onasini ko„rda, qizini ol», «Har kim ekkanini o„rar» degan hikmati 
bejiz emas. Ularning zamirida ham onaning qizlar tarbiyasida 
shaxsiy namunasi nazarda tutilgan.
Dunyo hamjamiyati o„zbek ayollari o„zlarining zukkoligi, 
ahloq-odobi, muomalasi,xulq-atvori, halolligi, milliy kiyinishi, 
qolaversa sharmu-hayosi, or-nomusi, ibo-iffati, vafo-oriyat, mehr-
oqibat, andisha, iymon-e‟tiqod kabi sharqona ma‟naviy-axloqiy 
fazilatlari bilan yuksak qadr-qimmatga, nufuzga, obro„ga ega 
bo„lgan va qizlar tarbiyasida shaxsiy namuna ko„rsatgan hamda 
hozir ham shunday bo„lib qoladi deb umid qilamiz. 
Hozirgi davrda ba‟zi oilalarda yosh onaning ota vazifasini 
mahalliy sharoitda yoki xorijda: bolalarni qarovsiz qoldirishi 
natijasida o„z oilasidan uzoq yashash, bolalar tarbiyasini ota(opa, 
xola va boshqa tanishlari zimmasiga) yuklashi, oilani boqish ilinjida 
onalik burchini va vazifasini bajarmaslik, moddiy boylikni ma‟naviy 
boylikdan ustun qo„yishi, o„z sha‟ni va or-nomusini isnodga 
qo„yishi orqali oilasidan ajralishi, sharqona axloq-odobdan, 
ma‟naviy merosdan uzoqlashish, ovro„pa usulida kiyinish, xulq-
atvor va turmush tarziga taqlid qilishi, umuman bola tarbiyasiga 
loqaydlik 
bilan 
qarash 
kabi 
voqealarning 
hayotda 
sodir 
bo„layotganligi oila tarbiyasiga xususan qizlar tarbiyasiga ma‟naviy 
zarar etkazmoqda va milliy qadriyatlarning qadrsizlanishiga hamda 
qizlarning milliy ongi, o„zlikni anglashi, millatdan faxrlanish kabi 
milliy tuyg„ularning tarkib topmasligiga olib kelmoqda. Bu hol esa 
yosh onalar tarbiyasida jiddiy nuqsonlarga olib keladi. 
Milliy ongi ya‟ni fikri bo„lmagan ona o„z farzandlarini komil 
qilib tarbiyalay olmaydi. Buning oqibatida hozirgi paytda qizlar 
tarbiyasida muammolar ko„payib bormoqda. Bu muammolarga chek 
qo„yishning asosiy yo„li oilada onaning farzandlar tarbiyasida 
namuna bo„lishini tashkil qilish orqali bartaraf qilish mumkin. Ba‟zi 
onalarning qizlar tarbiyasida loqaydligi va talabchan bo„la olmasligi 
oila tarbiyasida o„ta dolzarb pedagogik muammolarni keltirib 
chiqarmoqda. 
Yana qizlar tarbiyasida ongsiz taqlidning ommaviylashib borishi 
oila tarbiyasiga katta ma‟naviy zarar keltirmoqda. Shulardan kelib 


51 
chiqib ona mehridan, qalb haroratidan uzoq bo„lgan aybsiz 
bolalarning tarbiyasiga va ularning kelajagiga kim javob beradi? 
Bunday bolalarning ma‟naviy barkamol bo„lib tarbiyalanishiga kim 
kafolat beradi? Yolg„iz ota, qavmu-qarindoshlar, mehribonlik uylari 
tarbiyachilari bolaga onalik mehrini, qalb-qurini bera oladimi? kabi 
savollarga oila pedagogikasi va ijtimoiy pedagogika fanlari hozirgi 
shart-sharoit va davr talabi asosida mukammal, asosli javob berishlari 
darkor. Mazkur savollarga har qanday mutaxassisning aql bilan javob 
qaytarishi muammoning naqadar dolzarbligini anglashga asos bo„ladi. 
Shuning uchun ham hozirgi ba‟zi oilalarda onalarning qizlar 
tarbiyasida shaxsiy namuna ko„rsata olmasligi har qachongidan ham 
dolzarb muammo bo„lib qolmoqda. 
Bu pedagogik muammoni ilmiy va amaliy hal qilishning yo„li 
pedagog mutaxassis va ota-onalarning qizlar tarbiyasida onalar 
shaxsiy namunasi haqida pedagogik ma‟lumoti, madaniyatlarini 
tashkil etish, oshirish va takomillashtirish orqali erishish mumkin. Ona 
shaxsiy namuna bo„layotgan oilada, ota topib kelgan moddiy 
ne‟matlarni saranjom sarishta qilib, tejab-tergab o„rnida sarflayotgan 
ona bag„rida va uning namunasida ulg„ayayotgan qiz kelgusida bir 
oilani ayol sifatida baxtli qilishga amaliy tayyorlanadi. Oilaviy 
hayotda o„z onasidan namuna oladi va oilada, ijtimoiy hayot uchun 
zarur bo„lgan aqliy, axloqiy, mehnat, nafosat, tejamkorlik 
ko„nikmalarini, milliy xulq-atvor va boshqa ijtimoiy tajribalarini 
mustaqil o„zlashtiradi, o„rganadi, oila hamda ijtimoiy hayotga amaliy 
tayyorlanadi. 
Bizning ko„p yillik pedagogik kuzatishlarimiz, onalar bilan olib 
borgan suhbatlarimizga tayanib onaning qizlar tarbiyasida shaxsiy 
namunasini quyidagi yo„nalish va mazmunda tashkil qilish maqsadga 
muvofiq deb o„ylaymiz. Onaning mehnatsevarligi, axloq-odobi, o„zi, 
turmush o„rtog„i, farzandlari turmush tarzini tashkil qilishi
mehnatkashligi, muomala va kiyinish madaniyati, xulq-atvori, so„z va 
ish birligi, oilaga va oila a‟zolariga sadoqati, mehri, g„amxo„rligi, 
orastaligi, oilada, mahallada, mehnat jamoasida hamda ijtimoiy 
hayotdagi orttirgan obro„si kabi ko„p qirrali turmush tarzi qizlar uchun 
namunadir. 
Oilada bola tarbiyasida onaning o„rni va roli otanikidan kam 
emas, aksincha farzandlarning bolalik, o„smirlik, o„spirinlik davrlarida 
hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bu davrda onalar 


52 
qizlar tarbiyasida: aqliy, axloqiy, mehnat, nafosat, jismoniy, iqtisodiy, 
huquqiy, ekologik tarbiya tarkiblari haqida ma‟lumoti yuqori hamda 
ularni amalda bajarish bilan bog„liq ko„nikma, malaka va odatlari 
bilan namuna bo„lishlari darkor. Yana onaning yuqorida ta‟kidlangan 
tarbiya tarkiblari bo„yicha faol harakati, talabchanligi, qo„lga kiritgan 
natijalari, fidoyiligi, mustaqilligi, tashkilotchiligi qizlarni va oilani 
boshqarish borasidagi tarbiyachilik faoliyati qizlar tarbiyasida asosiy 
o„rin egallaydi. 
Misol uchun onaning oilada mehnatkashliligi, uquvliligi, ovqat 
pishirishdagi, kir yuvishdagi, oila a‟zolari hayotini tashkil qilishdagi 
amaliy tarbiyachilik faoliyatini ko„rsatish mumkin. Agar yuqoridagi 
yo„nalishlar bo„yicha bilimga, amaliy ko„nikmani mustaqil o„zi bajara 
olmasa, qiziga teskari tomonlama ta‟sir ko„rsatadi. Bunday holat 
oilada qizlar tarbiyasida ko„plab muammolarni keltirib chiqarishi 
mumkin. Shuning uchun ham onalar qizlar tarbiyasida o„ta ziyrak va 
tadbirli bo„lishlari shart. Ayniqsa qizlar tarbiyasining o„ziga xos nozik 
jihatlarini inobatga olishlari juda muhim. 
Yana onalar oilada har bir qizning fe‟l-atvori, individual 
tipologik xususiyatlarini, tarbiyalanganligi, tarkib topgan amaliy 
ko„nikma, malakasi, umumiy tajribasi, aqliy, ruhiy, jismoniy 
rivojlanishi 
kabi 
qirralarini 
hisobga 
olishi 
qizlar 
tarbiyasi 
samaradorligini ta‟minlashga olib keladi. 
Bizningcha onalar o„z qizlari nazarida asosan iloji boricha 
hayotning barcha yo„nalishlarida uch bosqichda shaxsan namuna 
bo„lishlari maqsadga muvofiq. Birinchi bosqichda, onalar qizlar 
tarbiyasida to„g„ridan-to„g„ri qizlar onggiga ya‟ni fikriga ta‟sir 
ko„rsatadigan bilimlar bo„yicha ilmiy-nazariy ma‟lumotga ega 
bo„lmog„i; ikkinchi bosqichda, ta‟sir ko„rsatadigan sohalar yuzasidan 
bilimlar bo„yicha puxta va mustahkam ko„nikma, malaka, odat va 
tajribani o„zida tarkib topdirmog„i; uchinchi bosqichda, olingan 
ma‟lumotlar asosida hosil qilingan ko„nikma, odatlarni xulq-atvorda, 
kundalik oila turmushida va ijtimoiy hayotda qo„llamog„i darkor. 
Shunday tarbiyachilik sifatlarni, tarkibiy elementlarni o„zida 
shakllantirgan onalargina qizlar tarbiyasida shaxsiy namuna bo„la 
oladi va o„z qizlariga kuchli tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatadi. To‘rtinchi 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin