Samarqand davlat universiteti sh. Usanov, Sh. Axmedova qizlar tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix24.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#121337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


61 
O‘ZBEK QIZLARDA MILLIY KIYINISH ODOBINI 
SHAKLLANTIRISH 
 
Insonning millatiga mos tarzida kiyinishi uning komil 
tarbiyalanganligini ifodalaydigan mezonlardan biri hisoblanadi. 
Qizlar ham o„zlaridagi mavjud bo„lgan axloqiy bilim, bama‟ni xulq-
atvor ko„nikma odatlarini, jumladan, kiyinish odobini ota-onalari, 
keksalar va jamoatchilikning bevosita ta‟sirida o„zlashtiradi. 
Bugungi kunda kiyininsh ijtimoiy taraqqiyotning mezonlaridan 
bo„lib, u odamlarning did-farosati, ongi, go„zallikni sevish va unga 
intilishini amalda ko„rsatadigan vositadir. Kiyinish ahloq-odobning 
uzviy bo„lagi va amalda tadbiq qilingan xulq-atvorning asosi 
hamdir. 
O„zbek qizlarini komil qilib tarbiyalashda kiyinishning o„rni 
va roli beqiyosdir. Kiyinish chuqur ma‟noga ega. Unga befarqliq, 
bepisandlik bilan munosabatda bo„lish mumkin emas. Bu haqda 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 49-moddasida «Fuqarolar 
O„zbekiston xalqining tarixiy, ma‟naviy va madaniy merosini 
avaylab-asrashga majburdirlar»
1
, -deb huquqiy jihatdan asoslangan. 
Kiyinish insonning kimligini, qaysi millatga mansubligini, 
qanday tarbiyalanganligini, qolaversa axloqi, ma‟naviyati, umumiy 
madaniyat saviyasini ifodalaydigan, ko„rsatadigan vosita. 
Kiyinish huquqiy jihatdan o„z istak, xohishni ifodalayotgandek 
tuyuladi. Aslida u har bir insonga xususan qizlarga millat vakiliga 
millat manfaati bilan bog„liq ijtimoiy-ma‟naviy mas‟uliyat yuklaydi. 
Bu mas‟uliyat shundan iboratki, inson o„z shaxsiy manfaatini xalqi, 
millati manfaatidan ustun qo„ymaslikni talab qiladi. Chunki shaxsiy 
manfaatni umumillat manfaatidan ustun qo„yish, insonning tarbiya 
sohasidagi eng katta nuqsoni sanaladi. Demak, kiyinish faqat 
shaxsiy manfaatni ko„zlab olib boriladigan narsa emas, balki milliy, 
ma‟naviy, ijtimoiy manfaatdan kelib chiqib, ularning uzviy 
uyg„unligida amalga oshiriladigan ongli kiyinish an‟anasi, odati va 
qadriyati deb izohlash to„g„ri bo„ladi. 
Shunday ekan, qizlar kiyinishiga butun millat tomonidan 
ma‟naviy-axloqiy talablar qo„yadi. Bu talablar o„zbek millatining 
1
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2012. 18-бет. 


62 
umumiy manfaatidan kelib chiqib amalga oshirilishi maqsadga 
muvofiq. Bizningcha, har bir qizning ma‟naviy merosini, ya‟ni 
kiyinish tajribasini inkor etishga haqqi yo„q. Birinchi navbatda o„z 
millatdoshlari orasida tahqirlashga va millatning mavqeini jahon 
hamjamiyati orasida obro„sini pasaytirishi insofdan emas. 
Afsuski, mustaqillikni qo„lga kiritgandan keyin kiyinishda 
ajdolarimiz hayotida sinalgan, toblangan ma‟naviy tajribalardan, 
an‟analardan uzoqlashish unga bepisandlik bilan qarash, 
e‟tiborsizlik sodir bo„layotganligi juda ham achinarlidir.
Qizlarning 
ovro„pacha kiyinishiga mayli, xohishining 
ortayotganligining ob‟ektiv va sub‟ektiv sabablari bor. Bular: oynai 
jahon ko„rsatuvlaridagi kinofilmlarda yoki ba‟zi san‟atkorlar turli 
ko„rinishdagi chiqishlari, «katta opalarining» yoki «kursida o„tirgan 
opalarining» 
yo 
«o„zini 
madaniyatli 
ko„rsatayotgan yosh 
onalarning» teskari namunasi, ba‟zi o„qituvchilar kiyinish 
madaniyatining pastligi, qolaversa jamoatchilikning bu borada 
befarqligi, mas‟uliyatsizligi kabilardan iborat. 
Asli qizlarning kiyinish muammosini chuqurroq mushohada 
qilsak, ularning birgina ovro„pacha usulida behayolarcha taqlid qilib 
kiyinishlari: tanasini, ayniqsa ko„kragi, beli, oyoq qismlarini 
jamoatchilik orasida, o„quv muassasalarida erkaklar shimini kiyib 
o„zlarining hayosizliklarini ko„z-ko„z qilish, ota-onalari oldida 
ko„nikishlari tabiiy holat emas. Bunday holat o„zbek millati tarbiya 
tabiatiga zid narsa. Zidligining asosiy sababi, bu tarzda kiyinish 
o„zbek millatining umumiy manfaatiga mos emasligidadir. Chunki 
bunday kiyinish millat, xalq obro„sini, mavqeini, nufuzini 
pasaytiradi. Shuningdek, milliy g„oya, milliy o„zlikni anglash, 
milliy g„urur, millatdan faxrlanish kabi milliy tuyg„ularning, 
an‟analarning, urf-odatlarning, qadriyatlarning toptalishiga olib 
keladi. Eng asosiysi, o„zbek millatining kiyinish borasida qo„lga 
kiritgan ma‟naviy merosdan judo qiladi, oxir oqibat millatni tashqi 
ko„rinishdan yo„qolishiga olib keladi, desak mubolag„a bo„lmaydi. 
SHuning uchun ham bu narsaga befarq bo„lish to„g„ri emas. 
Kiyinish odobi, odati haqida mashhur Sharq allomasi Az-
Zamahshariy «Navobig„ ul-kalom» («Nozik iboralar») asarida: 
«Go„zal sifat va husni, xulq siyratlari bezamagan kishini hech 
qanday chiroyli kiyimlar ko„rkam qila olmas, gunoh va xatolardan, 


63 
gunoh va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan 
forig„ bo„lmas»
1
, -deb bildirgan fikri bag„oyat qimmatlidir. 
Yana kiyinish odob, madaniyati haqida mashhur pedagog 
Faxr-ul Banot Subg„atulloh qizi «Oila saboqlari» asarida: «Yaxshi 
bilingizki, xotunlarning go„zalligi kiyinuvda ziynatda emasdir. Bir 
ochiq yuz, bir kelishgan qiyofa toza va gavdaga mos tikilgan 
kiyimlar, toza-yu, pok ko„ngilli xotunlarni ma‟naviy, ham moddiy 
go„zal ko„rsatishga etarlidir. Aqlli xotunlar zebu-ziynatga berilib 
ketmaslar. Chunki odatdan tashqari ziynat, aql ozligidan dalolat 
etib, oila boshlig„i bo„lgan er uchun bir katta harakat, zo„r tanglikka 
tushuviga sabab bo„ladir»
2
, -deb bildirgan fikri to„g„ri va 
hayotiydir. 
Axloq odobga oid hadis namunalarida ham kiyinish haqida 
qimmatli fikrlar o„z ifodasini topgan. «Tangri ayollarning kiyimini
kiyadigan erkak va erkaklarning kiyimini kiyadigan ayolni 
la‟natlasin», «Kimki odamlardan hayo qilmasa, u Tangridan ham
uyalmaydi». 
Qizlarda, yosh onalarda kiyinish borasida ma‟lumot, farosat, 
hayo bo„lmasa, ular o„zlaricha qancha chiroyli, go„zal bo„lmasin 
boshqa tarbiyalanganlar nazarida sovuq, yoqimsiz ayol bo„lib 
qoladi. Ular birinchi o„rinda o„zlarini hurmat qilishni va boshqalar 
tomonidan hurmat-izzatga sazovor bo„lishlari shart.
Butun mamlakat ahli qizlarning milliy kiyinishini ta‟minlay 
olsalar, millatning, xalqning va nihoyat mamlakatning ma‟naviy 
yuksalishiga munosib hissa qo„shgan bo„lur edi. Faqat qizlar 
umuman ayollar kiyinishi mamlakatda quyidagi ijtimoiy, pedogogik 
muammolarni hal qilishga muvofiq bo„lgan bo„lur edi. Bular: 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin