Samarqand davlat universiteti sh. Usanov, Sh. Axmedova qizlar tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix24.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#121337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Ризоуддин ибн Фахруддин. Оила. - Тошкент: «Меҳнат», 1991. 54-б. 


27 
HOZIRGI KUNDA QIZLAR VA AYOLLAR 
TARBIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
Tarbiya ko„p qirrali, uzoq davom etadigan jarayondir. Bolani 
o„rab olgan muhitning hammasi-odamlar, narsalar, voqea-hodisalar, 
uning onggida, xulq-atvorida ma‟lum iz qoldiradi, uni o„zgartiradi, 
va rivojlantiradi. Ota-onaning burchi mana shu rivojlanishni 
ziyraklik bilan boshqarib borishdir. Ota-onaning mehri, muruvvati, 
g„amxo„rligi bolalar uchun suv va havodek zarur. 
Oila tarbiyasi kabi katta ma‟suliyat birinchi navbatda ota va 
ona zimmasiga tushadi. Shu o„rinda bir narsani alohida aytish 
kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta‟sirchan kuch-qudrat bu-
Onadir. Ota ko„pchilik xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlarini 
qondirish va ta‟minlash qolaversa oilaning xo„jalik ishlari bilan 
band bo„ladi. Bu o„zbek oilalarining tarixidan ma‟lum bo„lgan 
haqiqat va ota-bobolarimizdan meros bo„lib qolgan an‟anadir. 
Shunga ko„ra bola bilan ko„proq ona birga bo„ladi. Axir xalqimiz: 
“Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi” deb bejiz aytmagan.
Hukumatimiz oilani jamiyat negizi sifatida g„amxo„rlik 
qilmoqda, 
uning 
moddiy-maishiy 
ravnaqi 
uchun 
butun 
imkoniyatlarni ishga solmoqda. Jumladan Birinchi Prezidentimiz 
I.Karimov oilaning jamiyatda tutgan o„rni va ahamiyatini to„g„risida 
shunday yozadi: “Bola tug„ilgan kundan boshlab oila muhitida 
yashaydi. Oilaga xos an‟analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola 
zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot, 
hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi his etadi”. Bu 
o„rinda ilgari surilayotgan pedagogik g„oyaning tub mohiyatini oila 
tarbiyasini to„g„ri yo„lga qo„yish, mustahkamlash, yanada 
chuqurlashtirish bilan bog„liqdir. 
O„zbek oilalarida bola tarbiyasi borasida salbiy holatlarni 
uchratish mumkin. Masalan: ayrim ota-onalar farzandlarini 
bemehrligidan nolishadi. Yomon yo„lga kirib ketgan farzandlari 
xususida ko„pchilik ota-onalarning fikrlari bir xil: “o„z bilganidan 
qolmaydi, hurmat qilishni bilmaydi”. Xo„sh o„sha bemehr bolaning 
otasi yoki onasini tarbiyali desa bo„larmikan? Ishdan so„ng, dam 
olish kunlari ota choyxonada, ona ham mehmondorchilikda bo„lsa. 
Ayniqsa ota ham ona ham “ishbilarmonlik”ga sho„ng„ib ketib, 


28 
go„yo bola haqida tinmay qayg„urib, boshini har eshikka urayotgan 
bir paytda, oilada bola tarbiyasi bilan kim shug„ullanadi? Tarbiyasi 
og„ir bolalarni ko„payib borayotgani sir emas. Buni kelib chiqishini 
ichki va tashqi sabablari mavjud. Ota-onasi, qarindosh urug„i bola 
turib, gohida bolalar “Mehribonlik uyi”ga topshirilmoqda. 
Qachondan beri bizning xalqimiz “Mehribonlik uyi” degan atamani 
qo„llay boshladi? “O„nta bo„lsa o„rni boshqa” deya bir etak 
farzandni tarbiyalab voyaga etkazgan ota-bobolarimizning siri 
nimada ekan?
Keyingi vaqtlarda jamiyatimiz hayotida ayrim salbiy holatlar 
ham ko„zga tashlanmoqda. Afsuski, bugungi bozor iqtisodiyotida 
o„tayotgan sharoitda ayollarimizning ma‟lum qismi, tog„ni o„rsa 
talqon qilgudek erlari uylarida turib, “ishbilarmonlik” bahonasi 
bilan shaharma shahar turli-tuman ashyolarni sotib yurishmoqda. 
Hatto sarson-sargardon bo„lsalar ham ayrim xorijiy mamlakatlarga 
ham “sayohat” qilib, borib kelayaptilar. Bu bilan o„zbek ayollari 
nomiga isnod keltirmoqdalar. 
Hozirgi kunda qizlar tarbiyasini tashkil etish, tarbiyalash, eng 
yaxshi fazilatlarni vujudga keltirish, odob, axloq kabi barcha 
xislatlarni qizlarda aks ettirish ota-onaning zimmasiga tushmoqda. 
Bu borada o„zini tuta bilish, izzatli bilish, uyat, sharm-hayo, ibo, 
shirin so„zlik, mexribonlik, serharakatlik, pazandalik, chevarlik, 
qizlarning eng go„zal betakror ta‟riflaridir. 
Afsuski hozirgi kunga kelib ayrim qizlar tarbiyasi buzulishi 
natijasida yuqoridagi hislatlarni yo„qolishi vujudga keltirmoqda. Bu 
masalada ota-ona, mahalla, oila, maktab, oromgohlari, o„qituvchilar, 
dugonalar katta va muhim ro„l o„ynaydi. Barcha qizlarga nafaqat 
qizlar balki o„g„il bolalarga ham yoshligidan yahshi tarbiya berib, 
yahshi fazilatlarni vujudga keltirib, yaxshilikka undashni o„rgatsa, 
har bir ishni,narsani to„g„ri bajarishni o„rgatsa albatta samara bera 
oladi.
Bugungi kunga kelib qizlar odob, ahloq hulqi borasida juda 
ham o„zgarishlarni ko„rmoqdamiz albatta buning zamirida yahshi 
tarbiya ko„rmaganlik hissi yotadi. Og„zidan xar hil so„zlar, gaplar, 
ma‟nosiz, be‟mani fikrlarni gapirayotganini ko„ramiz-u nafratimiz 
qo„ziydi, jahlimiz chiqadi, qani unda ibo, qani unda hayo degan 
fikrlar bilan bosh chayqaymiz, bunday qizlar faqatgina o„zini emas 


29 
balki bu gaplari bilan ota-ona, mahalla, o„qituvchilarini ham uyatga 
qo„yayotganini bilmaydi.
Bunday qizlarni jamiyatimizga foydadan ko„ra ko„proq zarari 
tegadi. U kelajakda qanday oilani vujudga keltira oladi, hali o„zini 
tarbiyasi yaxshi emas-u u bolalariga qanday tarbiya bera oladi degan 
savollar bizni qiynaydi. Kelajakning tarbiyasi yomonlashuviga ko„p 
ofatlarni yomon narsalarni kelib chiqishiga zamin yaratiladi. 
Dunyo hamjamiyati o„zbek ayollari o„zlarining zukkoligi, 
ahloq-odobi, muomalasi, xulq-atvori, halolligi, milliy kiyinishi, 
qolaversa sharmu-hayosi, or-nomusi, ibo-iffati, vafo-oriyat, mehr-
oqibat, andisha, iymon-e‟tiqod kabi sharqona ma‟naviy-axloqiy 
fazilatlari bilan yuksak qadr-qimmatga, nufuzga, obro„ga ega 
bo„lgan va qizlar tarbiyasida shaxsiy namuna ko„rsatgan hamda 
hozir ham shunday bo„lib qoladi deb umid qilamiz. 
Ming afsuski Turkistonning Chor Rossiyasi tomonidan ishg„ol 
qilinishi, sobiq sho„rolar tizimi davrida o„zbek ayollarining yuqorida 
ta‟kidlangan ma‟naviy-axloqiy fazilatlari, qadriyatlari kamsitildi. 
Oila hayotida buning ta‟siri hozirda ham tugatilgani yo„q. Hozirgi 
davrda ba‟zi oilalarda yosh onaning ota vazifasini mahalliy 
sharoitda yoki xorijda: bolalarni qarovsiz qoldirishi natijasida o„z 
oilasidan uzoq yashash, bolalar tarbiyasini ota(opa, xola va boshqa 
tanishlari zimmasiga) yuklashi, oilani boqish ilinjida onalik burchini 
va vazifasini bajarmaslik, moddiy boylikni ma‟naviy boylikdan 
ustun qo„yishi, o„z sha‟ni va or-nomusini isnodga qo„yishi orqali 
oilasidan ajralishi, sharqona axloq-odobdan, ma‟naviy merosdan 
uzoqlashish, ovro„pa usulida kiyinish, xulq-atvor va turmush tarziga 
taqlid qilishi, umuman bola tarbiyasiga loqaydlik bilan qarash kabi 
voqealarning hayotda sodir bo„layotganligi oila tarbiyasiga xususan 
qizlar tarbiyasiga ma‟naviy zarar etkazmoqda va milliy 
qadriyatlarning qadrsizlanishiga hamda qizlarning milliy ongi, 
o„zlikni anglashi, millatdan faxrlanish kabi milliy tuyg„ularning 
tarkib topmasligiga olib kelmoqda. Bu hol esa yosh onalar 
tarbiyasida jiddiy nuqsonlarga olib keladi. Milliy ongi ya‟ni fikri 
bo„lmagan ona o„z farzandlarini komil qilib tarbiyalay olmaydi. 
Buning oqibatida hozirgi paytda qizlar tarbiyasida muammolar 
ko„payib bormoqda. Bu muammolarga chek qo„yishning asosiy 
yo„li oilada onaning farzandlar tarbiyasida namuna bo„lishini tashkil 


30 
qilish orqali bartaraf qilish mumkin. Ba‟zi onalarning qizlar 
tarbiyasida loqaydligi va talabchan bo„la olmasligi oila tarbiyasida 
o„ta dolzarb pedagogik muammolarni keltirib chiqarmoqda. 
Yana qizlar tarbiyasida ongsiz taqlidning ommaviylashib 
borishi oila tarbiyasiga katta ma‟naviy zarar keltirmoqda. Shulardan 
kelib chiqib ona mehridan, qalb haroratidan uzoq bo„lgan aybsiz 
bolalarning tarbiyasiga va ularning kelajagiga kim javob beradi? 
Bunday bolalarning ma‟naviy barkamol bo„lib tarbiyalanishiga kim 
kafolat beradi? Yolg„iz ota, qavmu-qarindoshlar, mehribonlik uylari 
tarbiyachilari bolaga onalik mehrini, qalb-qurini bera oladimi? kabi 
savollarga oila pedagogikasi va ijtimoiy pedagogika fanlari hozirgi 
shart-sharoit va davr talabi asosida mukammal, asosli javob 
berishlari darkor. Mazkur savollarga har qanday mutaxassisning aql 
bilan javob qaytarishi muammoning naqadar dolzarbligini anglashga 
asos bo„ladi. Shuning uchun ham hozirgi ba‟zi oilalarda onalarning 
qizlar tarbiyasida shaxsiy namuna ko„rsatishi har qachongidan ham 
dolzarb muammo bo„lib qolmoqda. 
Bu pedagogik muammoni ilmiy va amaliy hal qilishning yo„li 
pedagog mutaxassis va ota-onalarning qizlar tarbiyasida onalar 
shaxsiy namunasi haqida pedagogik madaniyatlarini tashkil etish, 
oshirish va takomillashtirish orqali erishish mumkin. Ona shaxsiy 
namuna bo„layotgan oilada, ota topib kelgan moddiy ne‟matlarni 
saranjom sarishta qilib, tejab-tergab o„rnida sarflayotgan ona 
bag„rida va uning namunasida ulg„ayayotgan qiz kelgusida bir oilani 
ayol sifatida baxtli qilishga amaliy tayyorlanadi. Oilaviy hayotda 
o„z onasidan namuna oladi va oilada, ijtimoiy hayot uchun zarur 
bo„lgan aqliy, axloqiy, mehnat, nafosat, tejamkorlik ko„nikmalarini, 
milliy xulq-atvor va boshqa ijtimoiy tajribalarini mustaqil 
o„zlashtiradi, o„rganadi, oila hamda ijtimoiy hayotga amaliy 
tayyorlanadi. 
Qizlarni tug„ulganidan to kelinchaklik davrigacha yashab 
o„sgan joyi oila va mahallasi bo„ladi. Ilk tarbiyani shu erdan oladi 
va shu muhitga moslashadi. Kelin qidirib yurgan sovchilar birinchi 
mahalla ko„y, qo„shni, yon atrofdan surushtiradi, kuzatadi.
Sizni qanday tarbiya olganligingiz haqida yurish, turish, odob, 
xulq, atvor fazilatlaringiz borasida surushtirib bilib oldi. Yaxshi 
tarbiya ko„rgan bo„lsa yaxshi ziyodi bilan tariflanadi. Bularni 


31 
ikkinchi tarafi bo„lsa, aksincha nafaqat o„zi haqida yomon gaplar 
balki ota onasiga ham yomon so„zlarni eshittirishiga olib keladi.
Shuning uchun ham barcha qizlar o„zini, ota-onasini mahalla 
ko„y oldida yuzini erga qaratmasligi uchun qo„lidan kelganicha 
odobli bo„lmoqlari zarur deb hisoblanadi. Odobli qizlarga xos 
xususiyatlar xozirgi kunga kelib kamayib bormoqda. Albatta bu 
barcha qizlar uchun emas, ba‟zilari uchun tegishli xalos. 
Xozirgi paytda o„qish borasida kamchiliklar juda ham avjiga 
olgan. Misol tariqasida shuni aytishimiz mumkinki xar hil kosmetik, 
firmalar, xar hil kinolar shinavandasi ko„payib ketgan bularning bari 
qizlar tarbiyasini buzulishiga sabab bo„ladigan omillardandir.
Qaysi atir qaysi firmaniki, qaysi kino qanaqa ekanligi ko„proq 
darajada bilishadi. Bu bilan biz bularga e‟tibor bermasin demaymiz, 
qiziqsin me‟yorida, o„qisin, o„rgansin, so„rasin , izlansin o„ziga 
foyda, o„ziga kerak, ko„pchilikni ichida yuziga qarab qolmaydi. Bu 
o„rinda o„qituvchi tarbiyasi xam katta rol o„ynaydi. O„qishga 
qiziqtira bilishi, o„rgata olishi kerak bo„ladi. 
Oilada qizlar muammosi qiyin hisoblanadi, chunki qizlar nozik 
bo„ladi, chunki har xil gap so„zlar uning nomusi uchun xavflidir. 
Asosan qizlar bilan ayollar, onalar shug„ullanganligi ma‟qulliroqdir. 
Qizlar 
dardini 
ona 
tushuna 
oladi. 
Onaning, 
maktabda 
o„qituvchilarning, o„qishda ustozlarning, ish joylarda xodimlarning, 
mahallada, qo„ni-qo„shnilarning tarbiyasi qizlarning kelajakda 
barkamol tarbiyali, odob-axloqli, zukko qilib tarbiyalanishiga zamin 
yaratadi. 
Yuqoridagi mutaxassislarning tarbiyalari asosi zamirida 
kelajakda pand emaydigan, zukko, bilimli, tajribali, xush odobli 
inson yaratiladi. Bu albatta o„zi uchun, mahalla kuy uchun, ustozlar 
uchun, ota-ona uchun yorug„ yulduz, mukofotdir. Albatta, bunga har 
bir qizlar erisha oladi, harakat qilsa, intilsa, ishonsa erisha oladi. 
Sochiq, dasturxon, oyoq kiyimlar, oshxona narsalari, devorlari, 
shiplar, xullas, uyning har bir eri, xususan bolalar ila 
xizmatchiliklarning so„ngi darajada poku ozoda bo„lishlariga diqqat 
qilib qarash xotinlarning eng asosiy vazifalaridandir.
Oila va oilaviy tarbiya pedagogika fanining muhim 
muammolaridan hisoblanadi. Bugungi kun vazifalaridan biri ham 
ushbu muammoni har tomonlama va chuqur tadqiq etilishini talab 


32 
qiladi. Chunonchi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo„layotgan 
o„rganishlar, oilada bola tarbiyasiga bo„lgan munosabatga ham 
sezilarli darajada ta‟sir qilmoqda. 
Oilaviy tarbiya shunday pedagogik tushuncha bo„lib, u ota-
onalarning o„z hayoti faoliyatlari, turmush tarzlari, an‟analari 
yordamida bola shaxsiga siyosiy , huquqiy, axloqiy, estetik, diniy 
qarashlar, g„oyalar va tasavvurlarni shakllantirishni nazarda tutib, 
bir maqsadga qaratilgan holda muntazam olib boriladigan izchil 
ma‟naviy ta‟sir o„tkazish jarayonini ifodalaydi.
Oilaviy tarbiyaning mohiyatini to„g„ri tushunish uni pedagogik 
muammo sifatida tadqiq etish imkoniyatlarini ochib beradi. Hozirgi 
kunda oila va oilaviy tarbiya muammosi tadqiqotchilar-pedagoglar, 
sosiologlar, psixologlar, tibbiyotchilar, faylasuflar va keng 
jamoatchilikning diqqat e‟tiborini tortgan. Jumladan, E.G„oziev, 
B.K.Qodirov, 
M.Mirhosilov, 
N.Sog„inov, 
G„.B.Shoumarov, 
A.Munavvarov, 
M.Quronov, 
M.Inomova, 
O.Musurmonova, 
A.Usanov singari psixolog va pedagog olimlarimiz o„zbek 
oilalarining ijtimoiy-pedagogik, psixologik masalalariga qaratilgan 
bir necha tadqiqotlar yaratmoqdalar.
Bu tadqiqotlarda yangi oila quruvchi qizlarning, oila haqidagi 
tushunchalarini shakllantirishdagi ijtimoiy-psixologik omillarning 
roli katta ahamiyat berilganligini ta‟kidlash lozim, shuningdek, 
ularda oila muhitidagi milliy an‟analarning roli, ularning bola 
tarbiyasidagi ijtimoiy va salbiy tomonlari, oila ittifoqiga putur 
etkazuvchi, oila a‟zolaringiz munosabatlarning buzulishiga sabab 
bo„luvchi ijtimoiy omillar aniqlab beriladi. 
Qiz bola o„zining tabiiy chiroyi bilan ko„hlikdir. Uni bo„yash, 
suniiylashtirish bemanilikdir. Ba‟zi kaltabin qizlar 
sirtlariga
oro 
berishni 
yoqtiradilar. 
Sharmu-hayoni 
unitadilar. 
O„zlaricha: 
«Go„zalman, hammaning ko„zi menda» degan o„y bilan tovushnamo 
yurish qiladilar. Bema‟ni atrofdagilarning undan kulayotganligini, 
nafratlanayotganini faxmlamaydi. 
Upa-elik, qo„sha-qo„sha taqinchoqlar, qimmatbaho kiyimlar 
qiz bolaga chiroy bermaydi. Aksincha, uni odamlar nazarida 
«engiltak», «qo„g„irchoqsimon» qilib qo„yadi. 
Xo„sh qiz bola o„zini qanday tutishi kerak? 


33 
Yigit ketayotgan qizga gap otdi, deylik: odobli qiz bir 
chimirilib qaramaydida, yo„liga qarab ketaveradi. Bu bilan u: «Sen 
o„ylagan axmoq qiz men emasman» demoqchi bo„ladi. Engiltak 
qizning esa og„zining tanobi qochadi, noz-karashmalar qiladi, 
begona yigitlar bilan bir pastda apoq-chapoq bo„lib ketadi. Yana bir 
misol: yigit qizning qo„lini mahkam qisadi, qiz bo„lsa jilmayib, 
o„rinsiz harakat qiladi. Hayoli qiz esa bunday hollarda yigitning 
«shilqimligi»dan ranjiganini aytib, uni albatta, tartibga chaqirib 
qo„yadi. 
Nomusli qiz kim qaerga taklif etsa, o„sha erga boravermaydi. 
O„z qadamini o„ylab, o„lchab bosadi. 
Dugonasining uyida hadeb yotib qolaverish ham odobdan 
emas, chunki engiltak, kaltabin o„rtoq yo„ldan adashtirishi mumkin. 
Keyingi paytda nafaqat erkaklar, o„smirlar, balki ayollar, qizlar 
o„rtasida ham chekish, ichish umuman, kashandalik illati 
kuzatilmoqda. Chekish va ichish tufayli boshga tushadigan kulfatlar; 
salomatlikka etadigan zarar, psixikaning o„zgarib ketishi, ish 
qobiliyatining pasayishi, jinoyatlar sodir etilishi, ma‟naviy 
qiyofaning buzilishi, ongning zaiflashishi va hakozolar bo„lishi 
mumkin. 
Agar har bir inson chekishning, ichishning oqibatida, ijtimoiy 
va iqtisodiy yo„qotishlarning asl mohiyatini to„g„ri tushunib 
etganida, bunday og„uga mashg„ul bo„lmagan bo„lar edilar. 
Ayrim ayollarimiz “gap” o„ynashib, tongacha maishatga 
berilib ketayotganliklari, mehmonxonalar atrofidagi engil oyoq 
ayollarning qilmishlari jamiyatimizni ma‟naviy-axloqiy muhitini 
buzmoqda. Ana shunday engil-elpi hayot kechirish -“ishqi” bilan 
yashayotgan bunday ayollarning uylarida qolgan farzandlarining 
tarbiyasi nima bo„ladi? Murg„ak qalbi, jajji vujudiga nopoklik, 
xaromxo„rlik ilk bora ona suti bilan birga kirgan begunoh go„daklar 
kelajakda sog„lom fikrli, ma‟naviy-axloqiy inson bo„ladilar deb 
hech kim kafolat bera olmaydi. 
Ana shunday “yumushlar” bilan band bo„lgan ayollarimiz 
kasofati tufayli gulday oila buzilib ketishi, g„aribxona hamda 
etimxonalarning ko„payishi, ayollarning onalik huquqidan mahrum 
bo„lishi, mayib-majruh, aqlan va jismonan nocog„lom, nogiron 
bolalarning dunyoga kelishi kabi hollar bo„lmoqda.


34 
Ota-ona farzandlarini o„sib borishi va ma‟naviy boy bo„lishi 
bolaning fikrlari, tuyg„ulari, kechinmalari va faoliyati uning ruhiy 
hayotida qanchalik uyg„unlashib ketganligiga bog„liq ekanligiga 
e‟tibor berishlari maqsadga muvofiq. Bu uyg„unlashganlik axloq 
tarbiyasida fuqaroviylik hissini va ma‟sulyatini vujudga keltirish 
imkoniyatini beradi. 
Xalqimiz qadimdan qizlar tarbiyasiga o„ziga xos e‟tibor, talab, 
xususiyat va sifatlarni shakllantirishga alohida e‟tibor qaratgan. 
Ayniqsa ularda ayollarga xos bo„lgan ma‟suliyat, ibo, hayo, or-
nomus, shijoat, mehnatsevarlik, saranjom-sarishtalik, ro„zg„or 
tutish, bolalar tarbiyasi borasidagi ulkan ma‟suliyatlar yuklatilgan. 
Hozirgi paytda ham o„zbek qizlari tarbiyasida oila doirasida 
bajariladigan ishlarga ularni amaliy tayyorlash qizlar tarbiyasida 
etakchi o„rin egallaydi. Shuning uchun oilada onalar o„z qizlarini 
oilada bajariladigan ishlarga tayyorlashda avval o„sha ishlar 
bo„yicha ilmiy ma‟lumot berishda keyinchalik ularni bajarish 
jarayoniga ishtirok etib, qatnashib mustaqil bajarishga odatlanadi.
Bunday tayyorgarlik qizlarning kelajakda uy bekasi bo„lishiga 
tayyorlaydi hamda uning komil inson bo„lib shakllanishiga 
poydevor yaratadi. Bunday amaliy tajriba qizlarning ijtimoiy 
hayotda kasb egallashlarida bevosita ko„maklashadi. 
Ota-ona bolada dunyoni insonga xos (fuqarolarcha) ko„rishni 
tarbiyalab 
bormog„i 
lozim. 
Ular 
dunyoni 
fuqarolarcha, 
vatanparvarlarcha ko„rishni kishilar mehnati bilan, shuningdek 
ko„tarinki g„oyalar, bu o„rinda milliy istiqlol g„oyalari bilan qo„shila 
borishini o„ylab ko„rishi lozim.
Hadisi sharifda shunday bayon qilinadi: farzandning ota-
onadagi haqlari shundaki, Alloh taolo farzandni ularga o„z lutf-
marhamati ila bergan bo„lib, uni murg„aklik davridan boshlab 
tarbiya qilishlari vojibdir.
Farzandni oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy bilan ta‟minlash, 
qishda sovuqdan, yozda issiqdan saqlash ota-onaning vazifasidir. 
Agar bu vazifalirni ota-ona qastdan bajarmasalar, Alloh taolo 
huzurida ajr va savolga erishurlar. 
O„zbek oilalaridagi ota-onaning farzandlar taqdiri uchun 
ma‟sulyati, farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari, o„zaro 
hurmat, qadr-qimmatini o„rniga qo„yish, mehr-muhabbat, bir-biriga 


35 
nisbatan oqibatlilik, sabr-qanoatlilik va mustahkam iroda egasi 
bo„lishdek muhim sifatlarni har bir voyaga etmagan yoshlarga 
shakllantirish bugungi kunda barcha oilalarda, qolaversa, butun 
jamiat hayotida dolzarb vazifa ekanligi yaqqol namoyon bo„lmoqda. 
Har bir ota-ona oilada farzandlarining o„qimishli, ziyoli, 
bilimdon, 
tarbiyali 
bo„lishi 
uchun 
qayg„uradi. 
Avvalo, 
farzandlarining ilm va odob olishiga, maktabga borganlarida esa 
uning har bir qadamiga e‟tibor bilan qarashadi. Chunki bolalarda 
tabiiy iste‟dodning dastlabki qirralari shu maskanda ko„zga 
tashlanadi. “Insonlarda bo„lgan tabiiy iste‟dod yog„ochdagi yonish 
xususiyatiga o„xshaydi, yog„ochga o„t qo„yilmasa yonmaydi”, -deb 
bejiz aytilmagan “Kalila va Dimna”asarida. 
Ba‟zi ota-onalar bolani ta‟lim olishga, ya‟ni fanlarni 
o„zlashtirishiga e‟tibor beradigan, lekin, uning xulqi, odobi, yurish-
turishi, ko„cha-kuyda, mahallada o„zini tutishi, do„stlari o„rtasidagi 
mavqei, hurmati, oila yumushlariga qo„shayotgan hissasi bilan 
unchalik qiziqavermaydi. Ular bilan hayot haqida, uning 
qiyinchiliklari, 
past-baland 
qirralari 
davr 
talabi 
haqida 
suhbatlashishni, fikr almashishni o„zlariga ep ko„rmaydilar. 
O„zbek xalqida qiz bolani go„zal axloqli qilib tarbiyalash 
oilaning (muhim vazifasini) hamda ota-onaning muhim vazifasi 
hisoblangan va u an‟ana sifatida avloddan-avlodga o„tib kelgan. 
Bizga ma‟lumki, ota-ona va farzand munosabatlari sharqda 
alohida o„rin tutadi. Ayniqsa, o„zbek oilasidagi farzandlarga, ota-
onalarga bo„lgan o„zaro samimiy munosabatlar oilaning eng bebaho 
sifatidir. 
Ota-onaning 
farzand 
taqdiri 
uchun 
ma‟sulyati, 
farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari hech bir xalqda 
o„zbeklarga o„xshab teran va adolatli tartib kasb etmagan. Bosh 
Qomusimizda ham azaliy odatlar qat‟iy tartibda keltirilgan. “Ota-
onalar o„z farzandlarini voyaga etgunga qadar boqish va 
tarbiyalashga majburdirlar” (64-modda)
1

Inson kamolotining ko„rinishlaridan biri obro„-e‟tiborga ega 
bo„lishdir. Obro„ bir kun yoki bir yil mobaynida hosil bo„ladigan 
jarayon emas. Obro„ni inson hayot mazmunidagi faoliyati 
jarayonida asta-sekin shakllanib boradi. Ota-onaning oiladagi 
1
Ўзбекистон республикасининг Конститутцияси. Т.: «Адолат», 2012 йил, 28-б. 


36 
obro„si tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Obro„ oilaviy 
munosabatlar jarayonida shakllanadi. 
Ota-onalar o„z farzandlari o„rtasida obro„ga ega bo„lishlari 
uchun qator chora-tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Farzandlarni 
yoshiga mos holda qator tarbiyaviy ishlar olib borishlari darkor. 
Ota-onalar farzandlari davrasida obro„ orttirish uchun ularning ruhiy 
dunyosiga kirib borishlari ayni muddaodir. CHin obro„ga ega 
bo„lmoqchi bo„lgan har bir ota-ona qimmat vaqtlarini o„z 
norasidalaridan hech mahal ayamashliklari kerak. 
Oila davrasida ota-onalarning kuzatuvchanligi, ziyrakligi, 
sezgirligi, fahmliligi, hozirjavobliligi, samimiyligi muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Ota-onalarning o„z farzandlariga va oilaning boshqa a‟zolariga 
(buva, buvi, kelin va bashqalar)ga mehribonligi siyosiy, maishiy, 
madaniy, ta‟limiy va boshqa sohalardagi ahvolini tadqiq qiladi. 
Bugungi kunda O„zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy ishlab 
chiqarish, sog„liqni saqlash, maorif, madaniyat, savdo, maishiy 
xizmat ko„rsatish sohalaridagi salmog„i 80-90% ga etgan. Bu borada 
“Tadbirkor ayollar uyushmasi” ham katta faoliyat ko„rsatmoqda. 
Ota-onaning burchi bola tug„dirishdangina iborat emas. 
Tug„ilgan farzandni o„stirish, yaxshi tarbiyalash, dini va millati 
bilan uni tanishtirish kerak. 
Agar oila ma‟nosiz hayot kechirsa, faqat shaxsiy huzur 
halovati bilan mashg„ul bo„lsa, agar oilada rahmsizlak va xudbinlik 
hukm surayotgan bo„lsa, bularning hammasi bolaning ma‟naviy 
qiyofasiga salbiy ta‟sir etmasdan qolmaydi albatta. SHu sababli ota-
onalar uchun oila tarbiyasi va undagi qizlarga berayotgan tarbiyada 
avvalo, o„z-o„zini tarbiyalashdan iborat bo„lmog„i kerak. Ota-
onaning yuksak ijtimoiy ongi bolalarda ham shunga mos ong tarkib 
topishiga yordam beradi. 
Oilada kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash kabi qoidalar 
kundalik odatga aylanib borishi kerak. 
Ota-onalar oldidagi ma‟suliyatning naqadar muhimligi 
shundan iboratki, ular bolaning har bir qadamini, har bir xatti-
harakatini zimdan kuzatib boradilar. Bolalar har qanday janjalni, 
yomon so„zlarni uzoq eslab yuradilar. Ayniqsa, qiz bolaning ko„ngli 


37 
juda nozik bo„ladi. Shuning uchun ham ular noo„rin ishlatilayotgan 
yomon so„zlardan juda tez xafa bo„ladilar. 
Har bir ota-ona o„z farzandini sevadi. Hech kim ulardan 
yomon va baxtsiz insonlar etishib chiqishini istamaydi. Farzandning 
har bir yutug„i ota-onaning yuragini tog„dek ko„taradi, faxr va 
g„urur tuyg„ularini vujudga keltiradi. Ota-onaning jamiyatda tutgan 
o„rni, nufuzi, farzand tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Bu narsa 
mansab bilan belgilanmaydi, eng yaxshi obro„ va e‟tibor halol 
mehnatdir. Halol mehnat bilan jamiyatda orttirilgan obro„ oilada 
farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta‟sir qiladi. Farzand ham ota-
onalardek bo„lishga intiladi. Mehmondo„st oilada o„sgan farzandlar 
ham mehmondo„st bo„ladilar. 
Qiz bolani yoshligidan boshlab oilaviy odob-axloq qoidalariga 
odatlantirish, yaxshi xulq-atvorli bo„lishga o„rgatish ota-ona uchun 
ham farz, ham qarzdir. Ular bolalarda yoshligidan boshlab kishilirga 
mehr-muhabbatli, izzat-hurmatda bo„lish, insonning qadriga etish va 
hurmat qilish kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalab borishlari zarur. 
Oqil ota-onalar oilada farzand dunyoga kelishi bilan uni 
tarbiyasini buvisi, buvasi yoki jamoat tarbiya muassasalariga 
topshirmay, 
bu 
ma‟suliyatli vazifa bilan o„zlari jiddiy 
shug„ullanadilar. O„z farzandlarini o„zi yashab turgan jamiyatning 
munosib kishilari qilib tarbiyalashga intiladilar. 
O„zbek oilalarida bolalarni jamiyatning munosib farzandlari 
qilib tarbiyalash bo„yicha ijobiy tajribalar to„plangan. Lekin 
kichkintoylar tarbiyasida jiddiy xatolarga yo„l qo„yadigan oilalar 
ham uchraydi. Bu esa bolalarning kelgusidagi kamolotiga salbiy 
ta‟sir etadi va ularni qayta tarbiyalashdek murakkab muammoni 
keltirib chiqadi. Bunday xatolarning asosiy sababi ota-onalar 
pedagogik madaniyatning etarli darajada bo„lmasligi. O„z bolasini 
yaxshi kishi, etuk inson qilib tarbiyalash istagini o„zi etarli emas. 
Buni uddalay bilish kerak. 
Oilada qiz bola tarbiyasining o„ziga xosligini hisobga olishni 
tarbiyaviy jarayon talab etadi. Qizlar onasiga o„xshashga, ulardagi 
yaxshi xislatlarni o„ziga singdirishga intiladilar. Ota ko„proq 
bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun qayg„ursa, ona esa 
uning yurish-turushi, yon-atrofdagilarga bo„lgan muomalasi haqida 
ko„p 
o„ylaydi. 
Tarbiyaning 
falsafiy 
masalalari 
bilan 


38 
shug„ullanadigan olimlarimizning fikricha qiz bola tarbiyasining 
o„ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan bunday chegaralash 
nisbiy bo„lib, ota ham, ona ham bolaning aqliy, axloqiy, estetik va 
jismoniy kamoloti bilan bab-baravar shug„ullanishlari lozim. Lekin 
shunga e‟tibor berish kerakki, oilada bolani ma‟naviy-axloqiy 
tarbiyalashda otaning o„rni, ta‟siri va nufuzi ancha sezilarli bo„lib, 
bu holatni hisobga olish oilaviy tarbiya samaradorligini oshiradi. 
Chunki, oila muhitini sog„lomligi ko„p o„rinda otaga bog„liq. 
Shunga ko„ra, ota obro„sini saqlash esa onaning burchi.
Hadisi Sharifda ta‟kidlaganidek, “Otaga itoat qilmoq Allohga 
itoat qilmoqdir. Otaga gumrohlik qilmoq Allohga gumrohlik 
qilmoqdir”. Shuningdek, o„z navbatida ota ham bolalarini o„z 
onalariga nisbatan mehribon bo„lishga va hurmat qilishga o„rgatish 
muqaddas vazifasi ekanligini unutmasligi lozim. Shu boisdan ota-
ona bir-birini yomonlamasligi, o„zaro obro„larini tushurmasligi, 
oilaviy nizolarni bolalar yo„q vaqtda bartaraf etishlari lozim. Ota-
ona bolaning xatti-harakati, yurish-turushi, axloq-odobiga nisbatan 
bir-biriga teskari munosabatda bo„lmasliklari kerak. Bola biror 
nojo„ya ish qilsa, uni ona qoralab, ota maqtasa yoxud aksincha 
bo„lsa, xunuk oqibatlarga olib keladi. Bolaning xatti-harakati 
to„g„risida ota-onada 2 xil fikr bo„lganda ham ular o„zaro kelishib 
olib, shundan so„nggina bolaga o„z munosabatlarini bildirmoqlari 
lozim. Oilada ona ham, ota ham bolalariga ularning o„zlariga xos 
bo„lgan bolalarcha fe‟l-atvori va yosh chegarasini hisobga olib bir 
xil 
munosabatda 
bo„lmoqlari 
zarur. 
Hadisi 
Sharifda 
ko„rsatilganidek, “Kimning yosh bolasi bo„lsa, unga yosh bola kabi 
muomala qilsin”. Bu jumlada oilaviy tarbiyaning muhim xususiyati 
ochib beriladi. Ma‟lumki, oilaviy tarbiya o„z xarakteriga ko„ra 
anchayin imosional bo„lib, u ota-onalarning farzandlariga nisbatan 
cheksiz muhabbatiga va bolalarning ota-onalariga bo„lgan beqiyos 
ishonchiga suyanadi. Ota-onaning bunday o„zaro mehri muhabbati 
bolalar uchun namuna, o„rnak bo„lish bilan birga, nasliy mazmunga 
ham ega bo„lib, u avloddan-avlodga o„tadi, qonning pokizaligiga 
sabab bo„ladi. 
Bizda tarixiy manbalardan ma‟lumki, sharqda ayolga, egachi-
singil, jufti-halol, hayot timsoli sifatida qaralgan. Ayollarning or-
nomusi, sha‟ni uchun kurashishni Vatanni himoya qilish bilan 


39 
barobar sanashgan. Ajab emaski, «Xalq ayoldan boshlanadi» degan 
naql shu ma‟noda kelib chiqqan. 
Ayol olamni go„zal, mehrli adolatli qilish uchun yaratilgan. 
Ayolning mehr to„la ko„zlariga, zehn solganmisiz? Munis 
ko„zlaridagi ilohiy nurni ilg„aganmisiz? Ana shu yog„du hayotni 
g„olib va maftunkor etguvchi qudratli go„zallikdir. Ana shu ziyo 
farzand zuvalasida jasorat, muhabbat, ona tuproqqa sadoqat, 
halollik, Vatan taqdiriga ma‟sullik hissi bo„lib qaror topadi. 
Ana shu mehr nurida Ayol o„z xalqi, millati umrini boqiy 
etuvchi daxo farzandlarini kamolga etkazadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin