Dostonining ixcham nasriy bayoni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#121446
  1   2
xrpt 86rzv4t4ktxunn2sex0725yzv98big5fbl6yfnpp8dblr35xo5sfzf5je3kn9euaroyx5dd3hed



ALISHER NAVOIY
S A B ’ A I
S A Y Y O R
(DOSTONINING IXCHAM NASRIY BAYONI)
To sh kent
«Yangi asr avlodi»
2009


Alisher Navoiy “Xamsa”sining to‘rtinchi dostoni bo‘lmish “Sab’ai sayyor”
asarining qisqacha nasriy bayoni ifoda etilgan mazkur kitobchada shoh Bahrom
va uning Dilorom bilan munosabati tahliligina emas, shuning barobarida shoh
va uning kanizi o‘rtasidagi yuksak, pokiza va samimiy muhabbat tarixi ham
batafsil yoritib berilgan.
Doston matnini qisqartirib bayon etunchi:
Anvar HOJIAHMEDOV,
filologiya fanlari doktori, professor
Mas’ul muharrir:
Vahob RAHMONOV,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Taqrizchi:
Omonillo MADAYEV,
O‘zMU dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
ISBN 978-9943-08-398-1
© Alisher Navoiy. «Sab’ai sayyor». «Yangi asr avlodi», 2009-yil
Kitobxon.Com


MUQADDIMA
Alisher Navoiy o‘z “Xamsa”sining to‘rtinchi dostoni
bo‘lmish “Sab’ai sayyor” asarini yozishga kirishar ekan,
Nizomiy va Xisrav Dehlaviylarning an’analarini davom ettirib,
Eron shohlaridan bo‘lgan Bahrom binni Yazdijurdning hayoti
va faoliyatiga murojaat etishni lozim topdi. Ajam mamlakati
tarixiga bag‘ishlangan barcha asarlarda bu hukmdorning taxtga
chiqishi bilan bog‘liq ajoyib hodisalar, uning adolatli siyosati,
qiziqarli hayot tarzi, “Havarnaq” deb atalgan muhtasham
qasr qurdirishi, ov qilishga bo‘lgan ishtiyoqi, Diloromi changi
nomli sozanda va xonanda qiz bilan munosabatlari,
shuningdek, halokati tafsilotlari atroflicha bayon qilinadi.
Alisher Navoiyning “Tarixi mulki ajam” asarida ham shoh
Bahrom faoliyati ancha keng aks ettirilgan.
Shoir jahon tarixidan munosib joy egallagan ushbu
hukmdor haqida qalam surishga kirishar ekan, o‘z salaflariga
qaraganda boshqacharoq g‘oyaviy-badiiy niyatni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ydi, ya’ni dostonda shoh Bahromning taxt
egallashi bilan bog‘liq voqealardan boshlab o‘limiga qadar
yuz bergan barcha hodisalarni to‘la tasvirlash yo‘lini tanlamay,
uning Dilorom bilan munosabatinigina bayon qilish va u
voqe’likni shoh va uning kanizi o‘rtasidagi yuksak, pokiza va
samimiy muhabbat tarixiga aylantirishni, asardan o‘rin
oladigan yetti hikoyani esa bevosita asosiy mavzu bilan uzviy
bog‘liq holda bayon etishni ma’qul deb bildi. Chunki bir
shoir tasvirlagan tarixni yana takrorlash nomaqbulligi, ya’ni:
Bir deganni iki demak xush emas,
So‘z chu takror topti, dilkash emas,
3
Kitobxon.Com


4
ekanligini ta’kidlab, shu usulni tanlagan edi. O‘zidan oldin
bitilgan “Xamsa” lardagi Bahrom ta’rifi ham shoirga yoqmagan
edi, xususan, asarda bir qator kamchiliklar ko‘zga tashlanib
turardi.
Biri bukim, yo‘q, anda moyayi dard,
Qildilar ishq so‘zidin ani fard.
Kim birov mehridan bari bo‘lg‘ay,
Boqma, gar mehri xovariy bo‘lg‘ay!
Bo‘lsa tarix alarga gar matlub,
Anda so‘z bog‘lamoq emasdur xo‘b.
Yetti qasrga olib kelingan malikalarga murojaat qilib:
Hukm qilg‘ayki, siz fasona dengiz,
Demangiz uzru, bebahona dengiz!
Bo‘lung uyg‘oqlik ichra farsuda,
Men bo‘lay uyqu ichra osuda
deb buyruq berishini nodonlik deb baholagan shoir,
qizlarning afsona aytishini ham haqiqatdan uzoq hodisa,
deb hisoblaydi va:
Bo‘lsa ham aql man’ qilmasmu?
Qissa aytur kishi topilmasmu?
deb ta’kidlar ekan, Bahromni butun doston bo‘yicha maqtashni
nojoiz deb biladi.
Bo‘ldi, farzan, bu nav’ bul’ajab ish,
Bul’ajabroq yana bu ish bo‘lmish.
Ki munungdek iki vahidi zamon,
Har bir o‘z vaqtida faridi zamon.
Buyla nodon uchun yozib avsof,
Anga qilg‘aylar o‘zlarin vassof.
Madhini behisob yozg‘aylar.
Kitobxon.Com


5
Har birmi nazmida ko‘rub ko‘p ranj,
Qilg‘ay o‘z “Panj ganji” din bir ganj.
Olloh-olloh! Ne ganj bo‘lg‘ay bu!
Sarbasar elga ranj bo‘lg‘ay bu!
deb taassuf izhor qilgan edi.
O‘z salaflari ijodida Bahrom qiyofasining bu xildagi tasviri,
shoir ta’kidicha, ular yashagan zamonlar, XII-XIII asrlardagi
adabiy-ijodiy tamoyillar, badiiy an’analar bilan ham
izohlanadi. Chunki mazkur bosqichda tarixiy qahramonlarni
tasvirlashda ular shaxsi bilan bog‘langan voqea-hodisalarni
aynan ifodalash usuli hukmronlik qilardi. Alisher Navoiy esa
faqat Sharq adabiyoti emas, ayni chog‘da G‘arb adabiyotiga
ham xos bo‘lgan bu xil an’analarga zid ravishda tarixiy
shaxslarning an’anaviy qiyofalarini ijodkor belgilagan g‘oyaviy-
badiiy niyat asosida keskin o‘zgartirish usulini qo‘llash mutlaqo
yangicha va betakror timsollarni yaratishga qo‘l kelishini
dastlab “Farhod va Shirin” dostonida isbotlab bergan edi.
Shoir o‘zining “Sab’ai sayyor” dostonida ham shu usulga
murojaat qilib, Bahrom qiyofasida chinakam oshiq shoh
qiyofasini chizib berdi.
Navoiyning ta’kidlashicha, Nizomiy va Xisrav Dehlaviylar
shoh Bahrom tarixi bilan bog‘liq voqea-hodisalarni madh
etish bilangina cheklanib qolganlar. Faqat tarixnigina
takrorlash esa ulug‘ ijodkorlarga munosib emasdir, deb yozar
ekan, shoir faqat bo‘lib o‘tgan voqealarnigina tasvirlash uchun
adabiy asar emas, tarixiy asar yozish kerak edi, degan fikrni
bildiradi. Har ikki dostonda o‘zini qoniqtirmagan jihatlar ustida
so‘z borar ekan, Navoiy:
Biri bukim, yo‘q anda moyai dard,
Qildilar ishq so‘zidin ani fard.
Kim birov mehrdin bari bo‘lg‘ay,
Boqma, gar mehri xovariy bo‘lg‘ay.
...Yana bir buki, anda ba’zi ish,
Zohiran nomunosabat tushmish


6
deb davom etar, Bahromning yetti qasr qurdirib, ularga yetti
mamlakat shohlari qizlarini olib kelib, uyqusi kelmagan chog‘larda
ularni afsona aytishga majbur qilishini tanqid qilar ekan:
Tongdin oqshomg‘a tegru pay-darpay,
Ulki ichgay qadah to‘la-to‘la may.
Anga xud g‘aflat o‘ldi da’bu sifat,
Uyqusig‘a fasona ne hojat?
Bo‘lsa ham aql man’ qilmasmu,
Qissa aytur kishi topilmasmu?
deb yozgan.
Al isher N avoiy dostonining kiris h qisml ari Sha rq
adabiyotidagi an’anaga muvofiq Olloh hamdi va Unga munojot,
Muhammad rasululloh sallollohu alayhi va sallam na’tlari va
me’rojnoma (I-IV boblar), so‘z ta’rifi (V bob), Nizomiy,
Xisrav Dehlaviy, Jomiylar madhi (VI-VII boblar), asarning
yaratilish tarixi (VIII bob), Sulton Husayn va malika madhlari
(IX-X boblar), shoh Bahrom ta’rifiga bag‘ishlangan boblardan
iborat bo‘lib, asar voqealari esa XII bobdan boshlanadi.
Asarning yaratilish tarixi, nomi, hajmi doston oxiridagi
37-bobda quyidagicha ko‘rsatilgan:
Lutf bu nazm aro bag‘oyatdur,
G‘araz ammo yeti hikoyatdur.
Chunki qoyil yeti musofir edi,
Ki alar sayr ishiga mohir edi.
Bo‘ldi chun bu raqam ishi tayyor,
Qo‘ydum otini “Sab’ai sayyor”.
Tortqanda bu turfa savtu madin,
Bayti besh mingta tortti adadin.
Manga ayyomi garchi yod ermas,
Leku to‘rt oydin ziyod ermas.
Bo‘lsam o‘zga umurdin emin,
Bor edi to‘rt hafta ham mumkin.
...Garchi tarixi erdi sekkiz yuz,
Sakson o‘tmish edi yana to‘qqiz.


7
Demak, asardan maqsad yetti hikoyat bo‘lgani va ularni
yettita musofir-sayyoh aytib berishgani uchun shoir uni “Sab’ai
sayyor” (“Etti sayyoh”) deb nomlagan. Doston 5000 ga yaqin
baytdan iborat, uni yozish uchun Navoiy to‘rt oy vaqt
sarflagan. Agar bu vaqtda davlat va jamoatchilik ishlari bilan
ham band bo‘lmaganida uni to‘rt haftada yozib tugatishim
ham mumkin edi, deb ta’kidlaydi shoir. Shu bob oxirrog‘ida
dostonning 889 (melodiy 1484) yili tugallangani ko‘rsatib
o‘tilgan.
Dostonning asosiy qismlari 24 bobdan iborat bo‘lib, keyingi
uch bobda shoir o‘limning muqarrarligi (36-bob), shoh
Bahromni tushida ko‘rganligi (37-bob), “Sab’ai sayyor” asari
haqidagi fikrlari (38-bob)ni ifoda etib, uni:
Xalqqa zebi torak ayla ani!
Uqug‘ang‘a muborak ayla ani!
Yetti aflokni anga yor et!
Yetti iqlim elin xaridor et!
degan baytlar bilan tamomlaydi.


8

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin