9-mavzu. Milliy masalaga oid sovet nazariyasi va amaliyoti.
Reja:
1. Milliy masalaga oid sovet nazariyasi va amaliyoti. Millatlar ishlari xalq
komissarligining tuzilishi va uning vazifalari
2. O‘zbekiston SSSRning milliy davlat chegaralanishi. 20-30 yillarda aholi
milliy tarkibi.
Millatlararo munosabatlarda keskinlikni yuzaga kelishi sababli, sovet
hukumatinign milliy masalaga bo‘lgan yondoshuvi o‘zgardi. 1918 yilda Turkiston
Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TASSR) tashkil topishi bilan birgalikda,
Millatlar Ishlari Xalq Komissarligi tashkil qilinadi. Uning vazifasi milliy
munosabatlar sohasidagi muammolarni hal qilishdan iborat edi. Millatlar ishlari
Xalq Komissarligi faoliyatining tarixi shu paytgacha etarli yoritilmaganligini ham
alohida ta’kidlash lozim. 1919 yilda unda 10 ta bo‘lim: O‘zbek, Qirg‘iz, Turkman,
Ukrain va h.z bo‘limlar faoliyat olib borgan. O‘lkada turkiy tillar rus tili bilan
birgalikda davlat tili sifatida e’tirof qilinadi. SHu bilan birgalikda, milliy ozchilik
ishlariga ham e’tibor berila boshlandi. 1919 yilda Turkiston Xalq Maorifi
Qo‘mitasi qoshida Milliy Ozchilikning Maorif Ishlari bo‘yicha bo‘limi tashkil
qilindi.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligidan sovet mustamlakachiligining farqi
shundan iborat ediki, u xalqlar do‘stligi, tenglik va qardoshlik, insonparvarlik va
ijtimoiy adolat shiorlarini e’lon qiluvchi yangi mafkura asosiga qurilgan edi. O‘z
navbatda bu shiorlar, bag‘rikenglik va mehmondo‘st tub joy aholisining ruhi va
mentalitetiga mutlaq mos tushar edi. SHu bois Sovet hokimiyatining dastlabki
yillaridanoq turli xalqlarni O‘zbekistonga deyarli bemalol ko‘chirish siyosati
boshlangan edi.
1918-1922 yillardagi fuqarolar urushi munosabati bilan demografik vaziyat
jiddiy ravishda o‘zgardi. Migrasiya jarayonlari kuchaydi, tub joy bo‘lmagan
aholining o‘lkadan ko‘chib ketishi o‘sdi. Biroq, baribir kelgan aholi ma’lum foizni
tashkil qilgan, uning eng ko‘p qismini hamon sharqiy slavyanlar tashkil qilar edi.
1921 yil bahoridan kelgindi aholining ko‘chib ketishi o‘rnini Rossiyaning
ocharchilik avj olgan viloyatlaridan aholining ko‘chib kelishi egalladi. Ular
Turkiston erlariga tezlik bilan o‘rnashib ola boshladilar. Sovet hokimiyati
tomonidan mazkur aholini avvalo “Sirdaryo va Samarqand viloyatlarining dehqon
aholisi orasiga” joylashtirish tavsiya etildi.
Ularning soni jihatidan Samarqand viloyati birinchi, Sirdaryo viloyati
ikkinchi o‘rinda turar edi. Mazkur hududlar milliy tarkibi quyidagicha edi.
Sirdaryo viloyatida jami aholining 8,0% ruslar, 4,7% ukrainlar, 0,2% beloruslar;
Farg‘ona viloyatida 3,2% ruslar, 2,2% ukrainlar; Samarqand viloyatida 0,5%
ruslar, 0,1%ni ukrainlar tashkil etgan.
20-yillarning boshlarida hozirgi O‘zbekiston hududi Turkiston Avtonom
Sovet Sotsialistik Respublikasi (TASSR), Buxoro Xalq Sovet Sotsialistik
Respublikasi (BXSSR) va Xorazm Xalq Sovet Sotsialistik Respublikasi (XXSSR)
o‘rtasida taqsimlangan edi. Jami o‘zbeklarning 66,5% TASSRda, 22.2%i
BXSSRda, 11.3% XXSSR da yashar edi. O‘zbeklar TASSR aholisining 51,4%ini,
BXSSR aholisining 50,1%ini va XXSSR aholisining 61,0%ini tashkil qilar edi.
1922 yil 30 dekabrda Sovet ittifoqi tashkil topgach, 1924 yilda milliy-xududiy
chegaralanish masalasi ko‘tariladi. O‘rta Osiyodagi 1924 yilgi milliy davlat
chegaralanishidan keyin, mintaqa hududida Turkmaniston SSR, O‘zbekiston SSR,
O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR, Rossiya Federasiyasi tarkibida
Qoraqirg‘iziston avtonom viloyati, Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston
avtonom viloyati tashkil etildi.
O‘sha paytda sobiq Rossiya imperiyasi hududida yashab turgan barcha
o‘zbeklarning 82% O‘zbekiston tarkibiga, barcha tojiklarning 75,2% Tojikiston
tarkibiga kiritildi. CHegaralarni o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan xatolar sababli yangi
tuzilgan respublikalar hududida etnik guruhlar ko‘payganligini ta’kidlab o‘tmoq
kerak.
1926 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxatining ko‘rsatishicha, o‘sha davrda hozirgi
O‘zbekiston hududida 4 million 447 ming 555 kishi yashgan. Ana shu ro‘yxat
O‘zbekistonda etno-demografik manzara juda har xil ekanligini ham ko‘rsatadi.
Aynan shu davrda 65 dan ortiq turli millat, elat va xalq vakillari istiqomat
qilganlar.
1926 yilda O‘zbekiston chegaralarida respublikaning asosiy millati –
o‘zbeklarning soni salkam 3,5 million kishiga etdi. Salkam 1 million kishidan
iborat bo‘lgan tojiklar butun O‘zbekiston aholisining 18,4%ini tashkil etib ikkinchi
o‘rinda edilar (quyidagi jadvalga qarang). Mamlakatdagi tojiklarning salmog‘i bu
qadar ko‘pligining sababi shuki, 1926 yilgi aholi ro‘yxati vaqtida asosan tojiklar
yashaydigan Xo‘jand okrugi O‘zbekiston tarkibiga kirib, keyinchalik bu okrug
Tojikiston tarkibiga kiritildi.
1929 yilda Xo‘jand okrugini Tojikiston ASSRga o‘tkazish to‘g‘risidagi
masala ko‘rib chiqildi. Natijada Tojikiston ASSR aholisining soni 1.156015
kishiga etdi, shundan 78%i tojiklar edi. O‘sha yilning oktyabrida Tojikiston
ittifoqdosh respublikaga aylantirildi va O‘zbekiston tarkibidan chiqdi.
Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati esa 1930 yildan bevosita Rossiya
Federasiyasi tarkibiga kirar, 1932 yilda u avtonom respublikaga aylantirib, 1936
yildan O‘zbekiston SSR tarkibiga kirdi.
20-yillarda
sovet
davlatida
milliy
jarayonlarni
boshqarish
tizimi
barqarorlashtirildi . Sovet hukumati SSSRda yashovchi milliy ozchilik va etnik
guruhlarning erkin rivojlanishini e’lon qildi. Olima Z. Arifxonovaning
ta’kidlashicha, O‘zbekistonda milliy ozchilik va etnik guruhlarni davlat ishlariga,
ijtimoiy-siyosiy hayotga ishtiroki yuzasidan ishlar qilindi.
20-yillarning oxiriga kelib, milliy ozchilikning siyosiy tuzumi va suvereniteti
shakli sifatida ma’muriy tumanlashtirish olib borilib, milliy rayonlar va milliy
selsovet (qishloq kengashi)lari shakllandi. 30-yillarning boshlarida O‘zbekistonda
milliy ozchilikning 10 ta rayoni va 4 ta milliy-aralashgan tuman, 333 ta milliy
qishloq kengashlari bo‘lib, ularda ish yuritish o‘zlarining tilida olib borilgan.
SSSR Markaziy ijroqo‘mi Millatlar kengashi prezidiumining ittifoqdosh
respublikalarga 1925 yil 21 noyabrda yuborgan farmoyishida saylab qo‘yiladigan
barcha sovet organlariga kam sonli millatlarning vakillarini kiritish kabi choralar
asosida milliy ozchiliklarning huquqlarini to‘la-to‘kis ta’minlash zarurligi tan
olingan edi. Jumladan, mayda millatlarning soni ko‘proq bo‘lgan taqdirda alohida
sovetlar tuzish va mazkur kam sonli millatlarning tillarini muomalaga joriy etish,
ularning ona tilida maktablar va sudlar tashkil etish kerakligi ta’kidlangan edi.
20-yillarda milliy hayot faol tarzda olib borilgan, aytish joizki
mahalliylashtirish siyosati olib borildi, milliy tillarda adabiyotlarning nashri yo‘lga
qo‘yilishi va h.z. ishlar olib borildi. 1924 yil 9 aprelda Millatlar ishlari Xalq
komissarligi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Ijroiya hokimiyat organi bo‘lmish Millatlar
ishlari Xalq komissarligi davlatning milliy siyosatini amalga oshirishda etakchi rol
o‘ynadi, uning zimmasiga yuklatilgan tarixiy vazifani etarli darajada amalga
oshirdi.
Lekin 30-yilarga kelib bu ishlar barchasi chappasiga aylanib ketdi. 30-yillarda
millatlarni birlashtirish g‘oyasi bu yo‘lda olib borilgan milliy siyosatda ayniqsa til
siyosatida ko‘zga tashlanadi. Agar dastlabki yillarda milliy tillar rus tili bilan
baravar olib borilgan bo‘lsa, endilikda rus tilini o‘rganish targ‘iboti boshlandi.
1938 yilda milliy respublikalarda rus tilini o‘rganish majburiyati e’lon qilindi.
O‘zbek tilining rivojlanishi uchun ikkita alfavitning almashtirilishi bo‘ldi.
30-40 yillarga kelib, milliy ozchilik muxtoriyatining barcha shakllari tugatildi,
hukmron kommunistik g‘oyasining singdirilishi kuchaytirildi, etnik xususiyatlarni
zo‘rlik bilan yo‘qotishga o‘tildi hamda assimilyasiya siyosati kuchaytirildi. Buning
asorati sifatida hujjatlarda qayd qilingan millatlar, xalqlar, etnik guruhlar soni
kamayib ketadi.
Masalan, sovet davlatining dastlabki ruyxatga olish ma’lumotlarida,
qipchoqlar ham, turklar ham va b.lar qayd qilingan bo‘lsa, keyingi ro‘yxatga olish
ishlarida o‘zbeklar bilan birgalikda faqat qozoqlar, turkmanlar, qaraqalpoqlar
e’tiroq qilingan. Qarluqlar, chig‘atoy kabilar mutlaqo eslatilmagan.
Respublika aholisining milliy tarkibi shu davrda sobiq Sovet Ittifoqidagi
murakkab ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatda shakllandi. Sobiq SSSRning
ko‘pgina respublikalarida fuqarolar urushi tugab, ommaviy qatag‘onlar boshlangan
edi. Qishloq aholisining nisbatan boyroq qatlamlari – “quloqlar”, shuningdek
ziyolilar, ruhoniylar, butun-butun xalqlar qatag‘onga duchor bo‘ldi. Iqtisodiy
sohada esa bu davrda yuzaga kelgan bir qator iqtisodiy muammolar keyinchalik
sobiq Ittifoqning ko‘pgina mintaqalariga falokat keltirdi.
Sovet jamiyatida qayd etib o‘tilgan va boshqa bir qancha keskin o‘zgarishlar
aholining sobiq Sovet Ittifoqi ko‘pgina respublikalaridan O‘zbekistonga va
Markaziy Osiyoning boshqa respublikalariga ixtiyoriy yoki majburiy ko‘chishiga
ham sabab bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligini zo‘rlab kollektivlashtirish munosabati bilan “quloqlar”ni
surgun qilish tadbiri majburiy ko‘chirishning katta to‘lqinini yuzaga keltirdi. Uning
ikki manbai bor edi: 1) butun mintaqaning tub joy aholisi va shimoliy Kavkazning
milliy tumanlaridan surgun qilinganlar. 2) 30-yillarning o‘rtalarida Sibir va
Qozog‘istonga surgun qilingan, ammo iqlimga o‘rgana olmaganlarning ma’lum bir
qismi.
Rossiyada, asosan uning musulmon aholili respublikalari (Tatariston,
Boshqirdiston, CHuvashiston)da quloq qilinish va siyosiy quvg‘inga uchrash xavfi
ostida qolgan aholi ham bu erlarga ko‘chib kelishga majbur bo‘lgan edi. 30-
yillardagi ocharchilik ham, asosan, Volgabo‘yidan va Rossiyaning boshqa
tumanlaridan, shuningdek Ukrainadan aholining O‘zbekistonga va Markaziy
Osiyoning boshqa respublikalariga ko‘plab oqib kelishiga sabab bo‘ldi.
Sobiq SSSRdagi migrasiya jarayonlarini tartib soluvchi tegishli sovet
ma’murlarining ta’siri kuchli edi. Aholi siljishini ro‘yxatga olish (propiska)
tartiboti va uy-joy taqsimoti tizimi ular tomonidan qat’iy tarzda cheklab turilar edi.
Kolxozchilar bu tizimga ko‘proq qaram bo‘lib, o‘sha paytlarda ularning hatto
pasportlari mavjud emas edi.
Mamlakatni industrlash siyosati jarayonida sobiq SSSR markazidan slavyan
respublikalaridan malakali mutaxassislar va ishchilar tashkiliy ravishda, reja
asosida yuborila boshlandi. O‘zbekistonga asosan, rus ishchilari doimiy yashash
uchun ko‘chib kela boshladilar. Masalan, 1930 yilda mamlakatning to‘qimachilik
markazlaridan O‘zbekistonga 300 nafar malakali to‘quvchi va ip yigiruvchi
yuborildi, ular respublika yangi to‘qimachilik korxonalari ishchilarining asosiy
o‘zagini tashkil etdi. 1931 yilda Rossiyadan hammasi bo‘lib, 15 ming turli
kasblarning malakali ishchilari etib keldi.
Birinchi besh yillik davrida O‘zbekistonning yirik sanoatiga 57 ming nafar
ishchi kelib qo‘shildi. Zero, o‘sha davrda mahalliy millat ishchilari 4 ming
kishidan oshmas edi. Sanoat korxonalari qurilishida ishlash uchun Rossiyadan
O‘zbekistonga 1933 yilda 3062, 1934 yilda 3500, 1935 yilda 3000 nafar ishchi
yuborildi. 1933-1938 yillarda O‘zbekistonga hammasi bo‘lib 650 ming kishi, shu
jumladan Rossiyadan 94,3 ming kishi ishlash maqsadida ko‘chib keldi.
Respublika ishchilar sinfi ko‘p jihatdan chetdan keltirilgan ishchi kuchi
hisobiga shakllantirilganligi, markazning mustamlakachilik siyosati oqibati edi.
CHunonchi, sobiq SSSR Gosplani (Davlat Rejalashtirish Komiteti)ning sanoatda
birinchi besh yillik rejani ishlab chiqishga bag‘ishlangan majlisida (1927 yil fevral)
aniq qilib shunday deyilgan edi: “O‘rta Osiyo kabi mamlakatlarda chetdan
keltirilgan ishchi kuchi asosida darhol yirik sanoatni barpo etish afzalroqdir”.
Garchi ishchilar sinfining milliy kadrlarini shakllantirish yo‘lida qadamlar
qo‘yilgan va ularning soni ko‘paygan bo‘lsa ham, ammo foiz jihatdan ularning
soni juda ozchilikni tashkil qilar edi. Masalan, 1926 yilda ishchilar orasida
o‘zbeklar 50,4%ni, 1936 yilda esa 36,5% ni tashkil etdi xolos.
Sobiq SSSRda 20-30-yillarda xorijiy mamlakatlardan keluvchi muhojirlar,
ishchilar sinfi saflarini to‘ldirish yo‘llaridan biri edi. 5-10 yil muddatga vaqtincha
kelgan bunday muxojirlarning bir qismi doimiy yashash uchun sovetlar
mamlakatida qolar edi.
Mintaqa xalq xo‘jaligida 70 mingga yaqin eroniy, Xitoyning shimoliy-
g‘arbidan kelgan ko‘pgina muhojirlar bor edi. Ular konchilik sanoati, neft konlari,
temir yo‘l qurilishi, turli zavodlarda ishlar edilar. Toshkent yaqinidagi paxta
tozalash zavodi qurilishining o‘zida 640 nafar ajnabiy ishchi bor edi.
1939 yilgi Butunittifoq aholi ro‘yxati dasturida birinchi marotaba milliy tarkib
to‘g‘risidagi katak ko‘zda tutilgan bo‘lib, undagi ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda
yashovchi ruslar soni 727,3 ming kishiga etdi va 1926 yilga nisbatan 480,8 ming
kishiga yoki qariyb uch baravarga ko‘paydi. Bu – O‘zbekistondagi ruslar soni eng
ko‘p miqdorda o‘sgan davr bo‘ldi. SHu davr (1926-1939 yillar) mobaynida
ularning respublika aholisi tarkibidagi salmog‘i 6,8%ga ko‘payib, 11,5%ga etdi.
SHu vaqt ichida O‘zbekiston aholisining umumiy sonida tatarlar, qozoqlar,
ukrainlar, boshqirdlar va tojiklar soni ham birmuncha ko‘paydi.
Ana shularning natijasida respublika asosiy aholisining ulushi qisqara
boshladi. 1926-1939 yillarda O‘zbekiston jami aholisi tarkibida o‘zbeklarning
ulushi 2,5%ga kamayib, 65%ni tashkil etdi. Ammo, shu vaqt ichida
respublikadagi o‘zbeklarning soni 524,7 ming kishiga ko‘payib, 1939 yilda 4,1
mln. kishiga ham etgan edi.
Tabiiyki ko‘pmillatlilik sharoitidagi O‘zbekiston, avvalo, millatlararo tinchlik
va totuvlikni ta’minlanishi asosidagina to‘g‘ri rivojlanishi mumkin edi. Kam sonli
millatlar g‘uj bo‘lib yashaydigan joylarda milliy tumanlar va milliy qishloq
kengashlarini tuzish, ularni tillaridan bemalol foydalanishni yo‘lga qo‘yish esa
aynan shu maqsadga xizmat qilar edi. O‘zbekiston SSRning milliy-davlat
chegaralanishi davomida, Revolyusion qo‘mita huzurida tuzilgan milliy ozchiliklar
qo‘mitasining vazifasi, boshqa ishlar bilan bir qatorda u yoki bu xalq aholisi ko‘p
va bir xil tarkibda bo‘lgan tumanlarni alohida mintaqalarga ajratish va mazkur
mintaqaning ko‘pchilik aholisi ona tilida ish yuritishi to‘g‘risida O‘zbekiston SSR
Markaziy ijroqo‘miga mulohazalar topshirishdan iborat edi. Respublika
Sovetlarining 1925 yil fevralidagi Ta’sis qurultoyidan keyin bu qo‘mitaning nomi
o‘zgartirilib, O‘zbekiston SSR Sovetlari MIQ huzuridagi milliy ozchiliklar ishlari
bo‘yicha Markaziy komissiya deb atala boshlandi. 30-yillarning boshlarigacha
Dostları ilə paylaş: |