SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023
166
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ESTETIK TARBIYASI
Binoqulova Dilnora Sirojiddin qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til
yo’nalishi 543-22 guruh talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim jarayonida maktagacha
yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasi, bolalarning ijtimoiy hayotga bo’lgan
munosabati hamda ta’lim jarayoni haqida bayon etilgan.
Kalit so’zlar: estetika, ta’lim, diqqat, tarbiya, idrok, ong, rivojlanish, ilk
qadam, tovush, maqsad, imkoniyat.
Maktabgacha ta'lim muassasasi uzluksiz ta'limning
birinchi qadami
bo'libgina qolmay, balki faol, ijodkor va ma'naviy jihatdan boy shaxsni
shakllantiruvchi ilk pog'ona hamdir. O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi
farmoni hamda “O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi
faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Qarori bunga dalildir.
Maktabgacha
ta'lim muassasa (MTM)larida ta'lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada
tashkil etish tarbiyalanuvchilarga ta'limning keyingi bosqichlarida
qiynalmasdan
davom
ettirishga
imkoniyatlar
yaratadi.
Ta'lim
samaradorligini ta'minlovchi asosiy shartlardan biri –
bolalarning ingliz
tiliga ijobiy munosabatini rag'batlantirish va turli xildagi ta'lim
vositalaridan foydalanish hisoblanadi.
Estetik tarbiya keng ma’noli tushuncha bo‘lib, unga tabiat, mehnat,
ijtimoiy hayot, turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash
kiradi.
Estetik tarbiya o‘z navbatida bolalarga
har tomonlama tarbiya
berishning bir qismi hisoblanadi. U, ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan uzviy
bog‘liq. San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini,
hissini
tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va
fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarda go‘zallikni idrok etishni
tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish:
xursandchiliklariga sherik bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi
xususiyatlar tarkib toptiriladi.
«Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya»
tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya san’at
asarlari orqali
tarbiyalashdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki,