SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 168
Bolalar ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o'yindan ajrata
boshlaydilar. Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy
asarlarni diqqat bilan tinglaydilar. Ularda ijobiy qahramonlardan quvonib,
salbiy qahramonlaming harakatlaridan xafa bo‘lish holatlari yuz beradi.
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadidan kelib
chiqib, bolaning yosh imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilanadi:
1.
Bolalarni hayotdagi go'zallikni tushunishga, sevishga, tabiatda,
turmushda, yaratuvchanlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, kishilaming xatti-
harakatlarida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zalliklami ko‘ra bilishga
o‘rgatish. Ularda estetik his, estetik did, estetik munosabatni tarbiyalash.
Kuchlari yetganicha hayotda go‘zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini
tarbiyalash.
2.
Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, musiqa,
qo‘shiq, raqs, rasm) yaratilgan san’at asarlarini ko'rish, tushunish va
sevishga o'rgatish orqali ularda estetik ong qirralarini shakllantirish;
chiroylini xunukdan, g‘amginlikni xursandchilikdan farqlay olish;
ranglarni, shakl, tovushlarni bir-biridan farqlay olish kabi sensor etalonlar
bilan tanishtirish.
3.
Bolalarni san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, o‘qish, qayta
hikoya qilish, ijodiy faoliyatlarda yanada faolroq harakat qilish, o'zini
ko‘rsata olishga o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni,
xayolni o‘stirish, fazoviy va rang munosabatlarini, ko‘rish xotirasi, qo‘llarni
chaqqon harakatga keltira olish malakalarini rivojlantirish.
Estetik tarbiya vositalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bolalarni o‘rab
turgan muhit, turmush estetikasi;
tevarak-atrofdan olingan taassurotlar;
tabiat, san’at asarlari;