Maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasi



Yüklə 462,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix02.06.2023
ölçüsü462,47 Kb.
#123626
  1   2   3   4   5   6   7   8
Binoqulova Dilnora Sirojiddin qizi



SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 
166 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ESTETIK TARBIYASI 
 
Binoqulova Dilnora Sirojiddin qizi 
Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til 
yo’nalishi 543-22 guruh talabasi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim jarayonida maktagacha 
yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasi, bolalarning ijtimoiy hayotga bo’lgan 
munosabati hamda ta’lim jarayoni haqida bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: estetika, ta’lim, diqqat, tarbiya, idrok, ong, rivojlanish, ilk 
qadam, tovush, maqsad, imkoniyat. 
 
Maktabgacha ta'lim muassasasi uzluksiz ta'limning birinchi qadami 
bo'libgina qolmay, balki faol, ijodkor va ma'naviy jihatdan boy shaxsni 
shakllantiruvchi ilk pog'ona hamdir. O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi 
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 
farmoni hamda “O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi 
faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Qarori bunga dalildir. Maktabgacha 
ta'lim muassasa (MTM)larida ta'lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada 
tashkil etish tarbiyalanuvchilarga ta'limning keyingi bosqichlarida
qiynalmasdan 
davom 
ettirishga 
imkoniyatlar 
yaratadi. 
Ta'lim
samaradorligini ta'minlovchi asosiy shartlardan biri – bolalarning ingliz 
tiliga ijobiy munosabatini rag'batlantirish va turli xildagi ta'lim 
vositalaridan foydalanish hisoblanadi. 
Estetik tarbiya keng ma’noli tushuncha bo‘lib, unga tabiat, mehnat, 
ijtimoiy hayot, turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash 
kiradi. 
Estetik tarbiya o‘z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya 
berishning bir qismi hisoblanadi. U, ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan uzviy 
bog‘liq. San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, 
hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va 
fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarda go‘zallikni idrok etishni 
tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish: 
xursandchiliklariga sherik bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi 
xususiyatlar tarkib toptiriladi. 
«Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» 
tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali 
tarbiyalashdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, 



Yüklə 462,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin