Maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasi


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON



Yüklə 462,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix02.06.2023
ölçüsü462,47 Kb.
#123626
1   2   3   4   5   6   7   8
Binoqulova Dilnora Sirojiddin qizi

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 
168 
Bolalar ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o'yindan ajrata 
boshlaydilar. Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy 
asarlarni diqqat bilan tinglaydilar. Ularda ijobiy qahramonlardan quvonib, 
salbiy qahramonlaming harakatlaridan xafa bo‘lish holatlari yuz beradi. 
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadidan kelib 
chiqib, bolaning yosh imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilanadi: 
1. 
Bolalarni hayotdagi go'zallikni tushunishga, sevishga, tabiatda
turmushda, yaratuvchanlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, kishilaming xatti-
harakatlarida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zalliklami ko‘ra bilishga 
o‘rgatish. Ularda estetik his, estetik did, estetik munosabatni tarbiyalash. 
Kuchlari yetganicha hayotda go‘zallik yaratishda faol ishtirok etish istagini 
tarbiyalash. 
2. 
Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, musiqa, 
qo‘shiq, raqs, rasm) yaratilgan san’at asarlarini ko'rish, tushunish va 
sevishga o'rgatish orqali ularda estetik ong qirralarini shakllantirish; 
chiroylini xunukdan, g‘amginlikni xursandchilikdan farqlay olish
ranglarni, shakl, tovushlarni bir-biridan farqlay olish kabi sensor etalonlar 
bilan tanishtirish. 
3. 
Bolalarni san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, o‘qish, qayta 
hikoya qilish, ijodiy faoliyatlarda yanada faolroq harakat qilish, o'zini 
ko‘rsata olishga o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, 
xayolni o‘stirish, fazoviy va rang munosabatlarini, ko‘rish xotirasi, qo‘llarni 
chaqqon harakatga keltira olish malakalarini rivojlantirish. 
Estetik tarbiya vositalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bolalarni o‘rab 
turgan muhit, turmush estetikasi; 
 
tevarak-atrofdan olingan taassurotlar
 
tabiat, san’at asarlari; 



Yüklə 462,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin