SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 169
bolalarning tasviriy faoliyatlari;
bayramlar, ko'ngilochar tadbirlar;
ma’lum maqsadli va rejali ravishda amalga oshiriladigan ta ’lim;
ma’lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga
oshiriladigan ta’lim.
Bolalar bog'chasini o‘rab turgan go‘zallik muhiti bolalarning har
tomonlama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yordam
beradi.
Pedagogika sistemasiga xos bo‘lgan estetika va etikaning birligini
oilada, bolalar bog'chalarida kichkintoylarni tarbiyalashda bemalol qo‘llash
mumkin. Lekin haqiqiy turmush estetikasini yaratish uchun tarbiyachi va
ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi xulqli, xushmuomala, badiiy
didli bo'lishlari talab etiladi.
Bolalarni o‘rab turadigan chiroyli narsalarning o‘zi bolaga hech narsa
bermaydi, shuning uchun bolalarni ularni ko'rishga, qadrlashga, baholay
bilishga o‘rgatish kerak. Tarbiyachi bolalarning diqqatini polning tozaligiga,
chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi.
Har bir yangi narsa, yangi bezak bolalar bilan birga ko‘rib chiqiladi.
Eng muhimi, hamma narsalami bolalarda estetik zavq uyg‘otadigan qilib
ko‘rsatish kerak.
Bolalarda estetik zavq uyg'otish uchun ularga kuzatilayotgan
narsaning mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. Bolalarning
hislariga ta’sir etish uchun bu hali yetarli emas. Eng muhimi, bu yerda
kattalaming namunasidir. Tarbiyachining o‘zi zavqlansa, ortiqcha so‘zlarsiz
go'zallikka qiziqish uyg‘ota oladi va bolalarda estetik kechinmalar paydo
qila oladi.
Bolalar tarbiyachidan: «Nima uchun oltin kuz deyiladi?» deb
so‘rashadi, tarbiyachi istirohat bog'iga borib ko‘ramiz, deb javob beradi.
Bog'ga borishganda bolalarga taklif etadi: «Sayr qilib daraxtlarni,
yo‘lkalarni kuzatamiz». Bog‘ning eng xushmanzara joyiga kelganda bolalar
to ‘xtab, atrofga nazar tashlashadi-da: «Nima uchun oltin kuzligini
tushundik. Chunki barglar tillage o‘xshaydi. Ana qizil barglar», deyishadi
hayajon bilan. Shamol bo‘lishi bilan barglar yerga tushadi. Yo‘lkalar esa
to‘shalgan gilamga o‘xshaydi.
Ko‘chaga sayrga chiqishadi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: «Biz
hozir sizlar bilan bog‘cha ko‘chasidan yurib o‘tamiz. Sizlar diqqat bilan
kuzatib boringlar, kim qanday chiroyli narsa ko‘rsa, sayrdan keyin so‘zlab
beradi».
Shuni ta’kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalarni shu
ajoyibotni ko‘ra bilishga, undan hayratlana olishga o ‘rgatish lozim.
Tabiatning go‘zalligini va ajoyibligini inson hayot go‘zalligiga, san’at