Maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasi


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON



Yüklə 462,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix02.06.2023
ölçüsü462,47 Kb.
#123626
1   2   3   4   5   6   7   8
Binoqulova Dilnora Sirojiddin qizi

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 
172 
Bolalar bog‘chasida o‘tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta’sir 
etadi. Bayramning tarbiyaviy kuchi va o‘ziga xosligi uning g‘oyaviy va 
estetik mazmuni san’atning turli ko‘rinishlari bilan bog‘liq bo‘lishidadir. 
Har qaysi bayram o‘z g‘oyasiga ega bo‘lib, u bolalarga yorqin obrazlar orqali 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Estetik tarbiya vositalaridan biri qo‘g‘irchoq teatridir. Uning nihoyatda 
kuchli ta’sir etishining sababi soddaligi, odatdan tashqari jo‘shqinligi va 
qo‘g‘irchoqligi (o‘yinchoqligi), shuningdek, badiiy so‘z, musiqa, ashula, raqs, 
tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi kishi 
ko‘zi o‘ngida yaqqol namoyon bo‘lishidadir. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar faqat 
tomosha qilibgina qolmay, balki unda o‘zlari ham qatnashadilar. Bu 
bolaning dramatik qobiliyati, tashabbusi, nutqini o‘stiradi, hayotiga 
quvonch bag'ishlaydi. 
Qo‘g‘irchoq teatri, soya teatri ko‘rsatish ham bolalarni estetik 
tomondan tarbiyalashda alohida o‘rin egallaydi. Bu o‘yinchoq, 
qo‘g‘irchoqlar bolalarga tanish bo‘lsa-da, ularni tarbiyachi qo‘li yordamida 
harakatga keltirib, badiiy so‘zlar bilan qo‘shib olib borishi natijasida ular 
bolaning ko‘z o‘ngida jonlanadi, boshqacha tus oladi va bolalar ertak 
mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar. Badiiy didning shakllanishida 
kitoblar muhim rol o‘ynaydi. 
Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni 
bilanginaemas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan 
ham ajralib turishi juda muhimdir. 
Kichkintoylar, ayniqsa, 2—3 yoshli 
bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so‘zlardan ko‘ra, rasmlarning ta’siri 
katta bo‘ladi. Bola kitobchadagi rasmlarni qayta-qayta o‘z o‘rtoqlariga, 
kattalarga, qo‘g‘irchog‘iga «o‘qib» berish bilan uning mazmunini o‘z 
xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalarning 
badiiy didini tarbiyalaydi. 
Kattalar mehnati, qahramonlik, shuningdek, ona Vatanga bo‘lgan 
muhabbat, do‘stlik, birodarlik, bolalarning ota-onalariga nisbatan 
mehribon bo‘lishlari kabi mavzularda yozilgan hikoyalar bolalarga 
tushunarlidir. Bolalarning sevimli yozuvchi va shoirlari Qudrat Hikmat, 
Mirmuhsin, Shukur Sa’dulla, Quddus Muhammadiyning bolalar uchun 
yozgan she’rlari ularda ijobiy his-tuyg‘ulami tarbiyalaydi, ularni yashashga 
o‘rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona tilining boyligini, so'zlarning 
ta’sirchanligini his qilishga yordam beradi. 
Kichkintoylar hammadan ham ertaklarni sevadilar. Eitakning yaxshi 
tomoni shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi. Ertak qahramonlari bolaga 
yaqin va tanish. Ertak tili hayotiy hamda jonli bo‘ladi. Eng muhimi, 
tarbiyachining o‘zi badiiy adabiyotni sevishi va tushunishi, nasriy asar va 
she’rlarni ifodali o‘qiy bilishi kerak. Bolalar bog‘chasida kattalar 



Yüklə 462,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin