25
birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb atash
mumkin.
Global muammolar, o‗z navbatida, aholi iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyoti va atrof
muhit o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar natijasidir.
Global muammolar:
birinchidan jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar
manfaatlari va taqdirlariga ta‘sir ko‗rsatuvchi;
ikkinchidan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga
sabab bo‗luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudliligiga
ham xavf soluvchi;
uchinchidan yechimini topishga umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni
barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi
muammolardir.
Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko‗rsatib o‗tish mumkin:
rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi;
tinchlik va qurolsizlanish muammosi;
ekologik muammolar;
energetik muammolar;
xom - ashyo muammosi;
gumanitar muammolar;
oziq - ovqat muammosi kabi muammolar alohida ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: