26
Bu – uzoq, sog‗lom va ongli hayot kechirish
hamda yaxshi turmush darajasi,
qadr-qimmat, g‗urur va o‗zgalarni ham qadrlash darajisiga erishish uchun keng
ko‗lamda zarur bo‗ladigan imkoniyatlar va tanlash huquqidan maxrumlik demakdir.
Yer kurrasining,
pana-pastkamlarda, omonat boshpanalarda, noqonuniy kirib
olgan kulbalarda, eng kam ijara haqi to‗lanadigan uylarda,
salomatlik borasida bir
olam muammolari mavjud dunyo aholisining katta qismi o‗z hayot tarzini yaxshilash
imkoniga ega bo‗lmagan holda kambag‗allik iskanjasida yashamoqdalar.
Eng rivojlangan davlatlar va uchinchi dunyo davlatlari o‗rtasidagi rivojlanishda
va yashash sharoitida o‗sib borayotgan farq muammosi yechimini topmayapti.
Tinchlik va qurolsizlanish muammosi.
XX asrning eng asosiy hodisalaridan bo‗lmish ikki qutbli tizimni
yo‗qolganidan so‗ng ko‗pchilik endi dunyoda faqat tinchlik bo‗ladi, eng asosiy
qarama - qarshi kuchga barham berildi deb hisoblagan edi.
Urush va tinchlik muammosi XX asrning ikkinchi yarmining deyarli 40 yili
mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo‗lib kelgan.
Albatta bizning asosiy maqsadimiz
yerda tinchlikni saqlash, insoniyat uchun
qaytarib bo‗lmas kulfatlar keltiruvchi turli ziddiyatlarni oldini olish,
geosiyosiy
tenglik va barqarorlik muammolarini hal etishdir.
Insoniyatning shu vaqtgacha ortirgan harbiy potensiali yerdagi barcha tiriklikni
bir necha marta yo‗q qilish imkonini beradi, shu sababli bunday xolatlarga
javobgarlik va mas‘uliyat hukumat va davlat boshliqlariga tegishlidir.
BMTning ma‘lumotlariga
qaraganda, har bir daqiqada dunyoda 30 ga yaqin
bola to‗yib ovqat yemaslik, ochlik va bedavo kasallar tufayli hayotdan ko‗z yumadi.
Huddi shu muddat mobaynida harbiy maqsadlarga 1,7 mln. AQSH dollar xarajat
qilinadi. Ko‗plab mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun o‗zi
yetishmay turgan resurslarni harbiy xarajatlar yana ham qisqartirib yubormoqda.
Qurollanish poygasining iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlari
borasida quyidagi
ayrim raqamlarni keltirish mumkin:
bitta askarni o‗qitish xarajatlari 80 bolani o‗qitish xarajtlariga teng;
27
bitta bombani ishlab chiqishga ketgan xarajatlar chechak kasalligini 10
yil bartaraf etishga ketadigan xarajatga teng;
bortida yadro raketasi bo‗lgan bitta suvosti kemasini qurishga ketgan
mablag‗ga 450 ming uy qurish mumkin
15
.
Ma‘lumki, odatdagi va o‗qotar qurollar bilan birga XX asrda yadro, kimyoviy
va bakteriologik qurollar ham keng tarqala boshladi.
Yadro qurollari. 1945 yilning avgustidan, jahon yadro urushlari davriga kirishi
bilan dunyo butunlay o‗zgarib ketdi. Yadroviy qurollarni keng ko‗lamda taqiqlash
to‗g‗risidagi shartnoma yadroviy qurolsizlanish va yadro
qurollarini tarqatmaslik
uchun kurash tarixida muhim bosqich hisoblanadi.
Kimyoviy, bakteriologik qurollar ham yadro qurollari singari o‗lim sochishi va
vayronagarchiliklar keltirishi mumkin. Kimyoviy va biologik qurollar ham, yadro
quroli singari ommaviy qirg‗in qurollari deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: