1.4. Jahon iqtisodiyotning asosiy sub‟ektlari
Jahon iqtisodiyotini uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari –
sub‘ektlaridan iborat mexanizm ko‗rinishida ifodalash mumkin. Ushbu
sub‘ektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK),
transmilliy banklar (TMB), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub‘ekti sanaladi. Milliy
iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari
iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi
bosimning kuchayishiga qaramasdan, mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar
tashqaridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning
uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan
mamlakatlarda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim. Ba‘zi
integratsion birlashmalarda iqtisodiy suverenitet qarorlar qabul qilishning umumiy
9
Industri*al Development Report 2018: Demand for Manufacturing: Driving Inclusive and
Sustainable Industrial Development, UNIDO, 2017.
10
Global Value Chains and Development: Investment and Value Added Trade in the Global
Economy. UNCTAD, 2013.
11
Аъзам С.Э. Перспективы включения Узбекистана в глобальные производственные цепочки
и рынок услуг аутсорсинга // ―Рынок, деньги и кредит‖. – Ташкент, 2015. – № 6. – С. 12-17.
18
mexanizmi bilan uyg‗unlashib ketmoqda.
Oxirgi o‗n yilliklarda TMKlar darajasi ko‗tarildi va butun dunyo ularning
faoliyat (savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi.
Natijada TMKlar global iqtisodiyotining muhim mustaqil tarkibiy qismiga
aylanishdi va ular hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 1/5—1/4 qismi to‗g‗ri
kelmoqda. TMKlarning aksariyat qismi o‗z mamlakatlari ichki bozori uchun
ishlashiga qaramasdan, globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi
hisoblashadi. Globallashuv jahonni yagona bozorga aylantirish vositasi sifatida
TMKlar uchun manfaatli hisoblanadi, chunki ular ushbu bozorda eng kuchli xo‗jalik
sub‘ektlari sanaladi.
Shu bilan birga, TMKlarning manfaatlari doimo milliy iqtisodiyot manfaatlari
bilan mos kelavermaydi. Shunga qaramasdan, globallashuv jarayonining
chuqurlashuvi natijasida TMKlarning jahon iqtisodiyotidagi o‗rni va jahon
xo‗jaligining boshqa sub‘ektlariga ta‘siri ortib bormoqda.
Transmilliy banklar (TMB) hozirgi davrga kelib katta moliyaviy salohiyatga va
bank xizmatlari bozorida yetakchi universal tijorat banklariga aylanishdi va TMKlar
bilan birga jahon iqtisodiyotining asosiy sub‘ektlariga aylandi.
Ular jahon moliya bozorlarida yetakchi mavqeyiga va murakkab va samarali
boshqaruv tizimiga ega bo‗lib, dunyoning bir nechta mamlakatlarida faoliyat yuritadi.
A.Bulatovning fikriga ko‗ra, tashqi iqtisodiy faoliyat transmilliy banklarning muhim
yo‗nalishiga aylandi. Masalan, 1960 yilda faqat 8 ta AQSH banki xorijiy davlatlarda
o‗z filiallariga ega bo‗lgan bo‗lsa, XX asrning 90-yillarining oxiriga kelib, ularning
soni 100 tadan oshdi
12
.
AQSH,
Germaniya
va
Yaponiyaning
yirik
tijorat
banklari
turli
mamlakatlardagi ko‗p sonli korporativ mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‗rsatish
hajmini tobora oshirmoqdalar
13
.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab moliya bozorlarining globallashuv
jarayoni kuchaydi. Bu holat moliyaviy oqimlarning universallashuvida, moliyaviy
12
Булатов А. Мировая экономика.-М.:Юрист, 1999.-с.208
13
Жуков Е.. Банки и банковские операции.-М.:ЮНИТИ, 1997.- С.30
19
hamkorlikning yagona tamoyillarini ishlab chiqilishi va qabul qilinishida, moliya
mexanizmlari va instrumentlarining unifikatsiyalashuvida namoyon bo‗ldi.
Transmilliy banklar xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga xilma-xil moliyaviy
xizmatlar ko‗rsatadi. Lekin shu bilan birga, transmilliy banklar tomonidan
ko‗rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ichida quyidagi xizmatlar yuqori salmoqni
egallaydi:
– yevrovalyuta bozorlari va xorijiy bozorlardan depozitlar jalb qilish;
– xorijiy valyutalar bilan xalqaro diling operatsiyalarini amalga oshirish;
– boshqa banklarga kreditlar berish;
– nodir metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
– xalqaro savdoni moliyalashtirish bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatish;
– qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq bo‗lgan xalqaro investitsion bank
xizmatlarini ko‗rsatish;
– kompaniyalarga muddatli kreditlar berish;
– trast xizmatlarini ko‗rsatish.
TMBlarining kredit operatsiyalariga xos bo‗lgan quyidagi xususiyatlarni e‘tirof
etish mumkin: birinchidan, transmilliy korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi yirik
miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi, bu mablag‗larni esa, faqat TMB bera
oladi; ikkinchidan, TMB diversifikatsiyalashgan depozit bazasiga ega bo‗lganliklari
sababli uzoq muddatli kapital quyilmalarni amalga oshirish imkoniyatiga egadir.
TMB faoliyatining yo‗nalishlari, ularning mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida
tutgan o‗rni, xalqaro moliya operatsiyalarini rivojlantirishdagi roli ular aktivlarining
tarkibi va dinamikasida namoyon bo‗ladi.
Dunyoning ayrim yirik transmilliy banklari aktivlarining tarkibida kreditlar,
salmog‗iga ko‗ra birinchi o‗rinni egallaydi. Banklarning aktivlari tarkibida
salmog‗iga ko‗ra ikkinchi o‗rinni qimmatli qog‗ozlarga qilingan investitsiyalar
egallaydi.
Bu
esa,
ularning
fond
birjalaridagi
faoliyati
ko‗lamining
kengayayotganligidan dalolat beradi.
TMB faoliyatining rivojlanishi bevosita ularni yetarli darajada resurs bazasi
bilan ta‘minlanganligiga bog‗liq.
20
TMB va TMKlar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o‗zaro
birlashib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalarni tashkil etmoqda. Ushbu
birlashmalar jahon xo‗jaligining muhim mexanizmiga aylandi, ba‘zilari, jumladan
Yevropa Ittifoqi (YI) tashqi dunyoda o‗z a‘zolari nomidan faoliyat olib bormoqda.
Ammo ko‗pchilik mintaqaviy integratsion birlashmalar (YI va Shimoliy
Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o‗z a‘zolari milliy
iqtisodiyotiga kuchli ta‘sir ko‗rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtisodiy integratsiya
jahonning nisbatan rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa
hududlarda esa ushbu jarayon ularning rivojlanish darajasining ortishi bilan
chuqurlashib boradi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning
soni va ahamiyati tubdan oshdi. Ushbu tashkilotlarda jahon iqtisodiyotidagi ulushi
katta mamlakatlar hal qiluvchi rolga ega. Ayrim hollarda, boshqa mamlakatlar
tovarlar, xizmatlar, kapital va texnologiya jihatdan qayd etib o‗tilgan mamlakatlarga
bog‗liqligi sababli xalqaro tashkilotlarda ularning fikrini qabul qilishga majbur
bo‗lmoqda.
Shu bilan bir vaqtda, globallashuv jarayoni milliy iqtisodiyotlar o‗rtasidagi
o‗zaro bog‗liqlikning kuchayishiga olib kelmoqda. Shu sababli milliy
iqtisodiyotlarning xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo‗lishga intilishi kuchayib bormoqda
va ushbu tashkilotlarga a‘zolik ko‗plab iqtisodiy muammolarni ko‗ptomonlama
kelishuvlar asosida hal etish imkonini beradi. Natijada xalqaro tashkilotlar jahon
iqtisodiyotining (avvalo, rivojlanayotgan kichik va o‗rta mamlakatlarga nisbatan)
kuchli sub‘ektlariga aylanib bormoqda.
Xalqaro iqtisodiy
tashkilotlarning muhim
vazifalaridan
biri global
iqtisodiyotining rivojlanishi to‗g‗risida statistik tahlillar, hisobotlar tayyorlashdan
iborat. Amaliyotda Xalqaro valyuta jamg‗armasi (XVJ), Umumjahon banki guruhi,
YUNKTAD, Umumjahon savdo tashkiloti va boshqa tashkilotlarning nashrlaridan
keng foydalaniladi.
21
Tayanch so„zlar: global iqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti, jahon bozori, xalqaro
mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, kooperatsiya, transmilliy korporatsiyalar.
Dostları ilə paylaş: |