1.2.
“Jahon iqtisodiyoti globallashuvi” tushunchasi va uning tasnifi
A.Vahobov ta‘kidlashicha, jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma‘nolarda ta‘rif
berish mumkin
1
. Keng ma‘noda jahon iqtisodiyoti - bu milliy iqtisodiyotlar yig‗indisi
sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma‘noda - bu milliy iqtisodiyotlarning tashqi dunyoga
tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarini qamrab oluvchi
tizimdir.
Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma‘nodagi ta‘rif iqtisodiy nazariyadagi
sotiladigan mahsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Ma‘lumki, sotiladigan
mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‗jalik aloqalari yuzlab milliy xo‗jaliklarni
―jahon iqtisodiyoti‖ deb ataladigan bir tizimga birlashtirishini e‘tiborga olish lozim.
Ilmiy va o‗quv adabiyotlarda ―Jahon iqtisodiyoti‖ yoki ―Jahon xo‗jaligi‖
tushunchalari mustahkam kirib bo‗ldi, biroq uning mazmuni turlicha talqin qilinadi.
Ayrim mutaxassislar jahon iqtisodiyotini barcha mamlakatlarning o‗zaro
bog‗langan milliy xo‗jaliklari majmui sifatida ifodalaydi, boshqa mutaxassislar esa
1
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: darslik. / A.V. Vaxabov, D.A. Tadjibaeva,
Sh.X. Xajibakiyev. – Toshkent.: «Baktriy press», 2015. – 15 b.
8
―bu o‗ziga xos funksiyalariga, maxsus institutlariga ega organizmdir va biz jahon
xo‗jaligi haqida ayrim mamlakatlar xo‗jaliklari yig‗indisidan farq qiladigan xo‗jalik
deb so‗z yuritishga to‗la haqlimiz‖, deb aytadi
2
. Bu ta‘rif shakllanayotgan global
iqtisodiyot mohiyatini aniqroq aks ettiradi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyasi, xalqaro mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotlarning o‗zaro aloqasi va o‗zaro bog‗liqligi
kuchayadi.
Bu hodisa iqtisodiyotning baynalminallashuvi deb ataladi. Iqtisodiyotning
baynalminallashuvi – bu ayrim mamlakatlar iqtisodiyotlarining o‗zaro aloqasi va
o‗zaro bog‗liqligi kuchayishidir.
Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo‗lishadi. Bir tarafdan,
xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat
resurslari ko‗chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan
samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar
yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin.
Boshqa tarafdan, global bozorlarda raqobatning kuchayishi, xo‗jalik
faoliyatining keng erkinlashuvi mamlakatlar uchun xavf-xatarlar tug‗dirishi
muqarrardir.
Rivojlangan mamlakatlar uchun buning foydali jihatlari aniq ko‗rinib turibdi,
biroq rivojlanayotgan mamlakatlar haqida, ayrim hollarda, bunday deb bo‗lmaydi.
Ularning ko‗pchiligi baynalminallashuvda xomashyo va mehnat resurslari yetkazib
beruvchilar sifatida ishtirok etib, rivojlangan va qudratliroq davlatlarga qaram bo‗lib
qolishini e‘tirof etish mumkin.
Sobiq AQSH Prezidenti B.Klinton huzurida iqtisodiy maslahatchilar guruhiga
rahbarlik qilgan J.Stiglits iqtisodiy siyosat xususiyatlarini ta‘riflayotib, davlat va
bozor munosabatlar o‗zaro hamkorlikka qaratilgan bo‗lishi kerakligini hamda davlat
bozordagi muvaffaqiyatsizliklarni yumshatishda va ijtimoiy adolatni ta‘minlashda
2
Кучински Ю. Очерки по истории мирового хозяйства. – М., 1954. – С. 8.
9
muhim rol o‗ynashi kerakligini qayd etgan. U ochliq, hayot standartlari pasayishi,
ishsizlikni globallashuvning salbiy oqibatlari qatoriga kiritgan
3
.
―Jahon iqtisodiyoti globallashuvi‖ tushunchasi bilan birga ―global iqtisodiyot‖
tushunchasi keng qo‗llanib kelinmoqda. Hozirda, yagona yaxlit bir ―global
iqtisodiyot‖ tushunchasi shakllanmagan bo‗lib, murakkab tizim sifatida e‘tirof etilib
kelinmoqda va ayniqsa, so‗nggi yillarda bu tizimda katta o‗zgarishlar yuz bermoqda.
Bu o‗zgarishlar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ishlab chiqarish
kuchlarining
baynalminallashuvi
va
globallashuvi;
xalqaro
iqtisodiy
munosabatlarning global tus olishi va jahon moliya bozorining tez sur‘atlarda
rivojlanishi; jahon va mintaqaviy inqirozlarning kelib chiqishi; turli mamlakatlar
iqtisodiy
rivojlanishida
farqlarning
chuqurlashuvi,
shuningdek,
ahborot-
kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi va ―raqamli‖, ―yangi‖ iqtisodiyot
tushunchalari kirib kelishi.
―Global iqtisodiy tizim real voqeaga aylangan va uning qonunlari hamda
rivojlanish shakllari jiddiy o‗zgarishni talab qiladi‖
4
va ―Global iqtisodiyot
taraqqiyotimizning ko‗p jihatlariga ta‘sir ko‗rsatadigan hozirgi zamonning eng
muhim fenomenini ifodalashini isbotlaydigan qo‗shimcha dalillar kerak emas‖, deb
qayd etadi O. Bogomolov
5
.
Globallashuv jarayonlarning hozirga kelib bir qator xususiyatlarini e‘tirof
etish mumkin.
Birinchidan, globallashuvning muqobilligi – globallashuvning ichki qarama-
qarshiligini aks ettiruvchi globallashuv jarayonlarining turli variantlaridir
6
.
Globallashuv muqobilligi globallashuv jarayonlarining o‗rnini bosadigan biror narsa
taklif qilmay, ularning ichki variabelligini ifodalaydi. Bu, eng avvalo, globallashuv
3
Stigliz J. Globalization and Its Discontents. New York, W.W. Norton. 2002. P. 248.
4
Богомолов О.Т. Мировая экономика в век глобализации: Учебник /О.Т. Богомолов. – М.:
ЗАО «Издательство «Экономика», 2007. – С.7.
5
Ўша манба. – 11-б.
6
Глобалистика: Международный междисциплинарный энциклопедический словарь./Гл.ред. И.И.
Мазур, А.Н. Чумаков, – СПб. – Й.: ИЦ ―ЕЛИМА‖, ИД ―Питер‖, 2006. – С. 26.
10
ro‗yobga chiqariladigan quyidagi modellarga taalluqli: liberal model (ba‘zida
―neoliberal‖ terminidan foydalaniladi) yoki ijtimoiy mo‗ljal olgan model.
Ikkinchidan, globallashuv muqobillari mintaqalarga bo‗linishda namoyon
bo‗ladi, unga muayyan izchillik beradigan va uning eng salbiy oqibatlarini
kamaytiradigan o‗ziga xos shakli sifatida qaraladi. Globallashuvning muqobilligining
borligi jahon globallashib borayotgan bir paytda globallashuvning o‗zi uchun salbiy
oqibatlarini kamaytirib va bu jarayonlardan imkon qadar ko‗p foyda olib, inson uchun
globallashuv jarayonlariga ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatini yaratadi.
Globallashuv jarayonlari to‗lqinsimon rivojlanish xususiyatlariga ega bo‗lib,
uning rivojlanishida bir qator to‗lqinlarni keltirish mumkin.
XIX va XX asrlarda
globallashuvning birinchi to‗lqini nazariyachilari (R.
Kobden va J. Brayt) erkin savdo shubhasiz iqtisodiy o‗sishga olib kelishi va misli
ko‗rilmagan taraqqiyot tufayli xalqlar o‗zaro adovatni unutishi haqidagi qoidani
ishonch bilan asoslab berishdi. Britaniya o‗zining dengizdagi, sanoatdagi va
moliyaviy quvvati bilan globallashuvning birinchi to‗lqiniga kafil bo‗ldi.
Globallashuvning jahondagi nizoli muhitga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi haqidagi
g‗oya N. Eynjelning ―Buyuk illyuziya‖ nomli kitobida (1909) ishonchli ta‘riflab berildi.
Asarda muallif jahon mamlakatlarining bir-biriga iqtisodiy bog‗liqligi natijasida global
nizolar paydo bo‗lishi mumkin emasligini isbotlab berdi: 1914 yil arafasida Britaniya
va Germaniya (asosiy tashqi siyosiy antagonistlar) bir-biri uchun ahamiyati bo‗yicha
ikkinchi o‗rinda turadigan savdo hamkorlari edi. Britaniya va Germaniya yalpi milliy
mahsulotining tegishli ravishda 52 foizi va 38 foizi tashqi savdoga to‗g‗ri kelardi. Biroq
1914 yil avgustda millatlarning global yaqinlashuvi muqarrarligi haqidagi taxmin
asossizligini ko‗rsatdi. Birinchi jahon urushi millatlarning iqtisodiy-axborot-aloqaviy
yaqinlashuviga qattiq zarba berdi.
Jarayonni jonlashtirish uchun ko‗p vaqt talab etildi. XX asrning oxirgi o‗n
yilligidagina (ikkita jahon urushi, Buyuk turg‗unlik va ko‗p sonli ijtimoiy sinovlardan
keyin) XX asrda yaratilgan liberal iqtisodiy tartib jahon amaliyotiga qaytadan joriy
etila boshlandi. Rejali iqtisodiyot bilan raqobatlashishda G‗arbning bozor iqtisodiyoti
tizimi jahonni yagona bozor iqtisodiyotiga aylantirib, g‗olib bo‗lib chiqdi.
11
Globallashuvning ikkinchi bosqichi (tiklanish) 1970-yillarning oxirida
ahborot va telekommunikatsiyalarda yuz bergan inqilob asosida boshlandi va
globallashuv jarayonlarining yangi xususiyati yaqqol namoyon bo‗ldi. Transmilliy
korporatsiyalar va nohukumat tashkilotlar milliy chegaralarni osonlik bilan yorib
o‗tib, barcha mamlakatlarda faoliyat yurita boshladi.
Hozirga kelib, ko‗pchilik mualliflar globallashuv tushunchasini ―global‖
so‗zi etimologiyasiga yaqin ma‘noda, ya‘ni yaxlit, umumiy, umumjahon ma‘nosida
talqin etadi va qo‗llaydi. Jahon hamjamiyati uchun umumiy ahamiyatga ega
bo‗lgan, umuminsoniy hisoblangan, barcha xalqlar va fuqarolar, mamlakatlar
hamda madaniyatlar manfaatlariga daxl qiladigan va ehtiyojini ifodalaydigan
omillar, tendensiyalar va jarayonlar global hisoblanadi hamda shunday qabul
qilinadi va baholanadi
7
.
Dostları ilə paylaş: |