O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/68
tarix02.06.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#123931
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Birinchidan, 
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
natijasida qayta 
ishlovchi sanoatning tez rivojlanishi va buning natijasida xalqaro savdoning 
tarmoqlararo tusga ega bo‗lishiga olib keladi. 
Ikkinchidan, fan-texnika taraqqiyoti asosida avia, suv va temir yo‗l 
transportining yangi avlodi rivojlanishi natijasida xalqaro transport infratuzilmasi 
sezilarli yaxshilandi. Yuklar va passajirlarni tashish jadallashdi va arzonlashdi. 
Natijada mamlakatlar o‗rtasida ―iqtisodiy‖ masofa qisqardi. 
Uchinchidan, so‗nggi o‗n yilliklarda elektronika, kibernetika va fazoviy aloqa 
sun‘iy yo‗ldoshlarining axborot inqilobi negizidagi taraqqiyoti telekommunikatsiya 
sohasida juda katta burilish yasadi. Agar 1995 yil mobaynida Internet tarmog‗idan 
foydalanganlar 20 mln.kishini tashkil etgan bo‗lsa, 2003 yilga kelib, 300mln. kishiga 
etgan.
Zamonaviy 
telekommunikatsiya 
sistemalari, 
aynan, 
elektronikaning 
rivojlanishi va uning jamiyat hayotidagi barcha sohalarga chuqur kirib borishini 
zamonamizning navbatdagi inqilobi sifatida ta‘riflash mumkin.
To„rtinchidan, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi hamda transport va 
telekommunikatsiya sohasidagi inqilobiy o‗zgarishlar asosida oxirgi o‗n yilliklarda 
transmilliy korporatsiyalarning (TMK) soni tez sur‘atlar bilan o‗sdi.


48 
Hozirda 80 ming TMK va ularning xorijiy mamlakatlarda joylashgan 800 ming 
sho‗ba korxonalari jahon yalpi ichki maxsulotining 10 %, jahon eksportining esa 
uchdan bir qismini ta‘minlab beradi.
Transmilliy kapitalning faoliyati milliy xo‗jaliklar tizimi rivojlanishiga jiddiy 
ta‘sir ko‗rsata boshladi. Jahon xo‗jalik tizimi asosini tashkil etuvchi 500 ga yaqin 
yirik TMK jahon sanoat ishlab chiqarishining deyarli yarmini, tashqi savdo 
aylanmasining 60%ni, yangi texnika uchun bozorlarda muomalada bo‗lgan litsenziya 
va patentlarning deyarli 4/5 qismini nazorat qilib turadi.
Jahon iqtisodiyotning ―yadro‖sini tashkil etgan transmilliy kapital, asosan, 
rivojlangan mamlakatlarda to‗plangan. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar 
TMKlari qatoriga bir qator rivojlanayotgan, yangi industrial mamlakatlar 
korporatsiyalari qo‗shilgan. Buning natijasida tovarlar va xizmatlarning xalqaro 
oqimi faqatgina jadallashib qolmay, balki endi korporatsiyalar ichida harakat qila 
boshladi.
Beshinchidan, bevosita (to‗g‗ridan-to‗g‗ri) xorijiy investitsiyalarning o‗sib 
borishi. 2006 yilga kelib ularning umumiy xajmi 1,306 AQSH trln. dollarni tashkil 
etdi.
Bu siljishlar, ya‘ni ishlab chiqarish, kommunikatsiya, savdo, xorijiy 
investitsiyalar va moliya sohasidagi jarayonlar jahon iqtisodiyotini bir butun umumiy 
vujudga aylantirdi.
Bularning hammasi jahon hamjamiyati tomonidan Ming yillik Rivojlanish 
Maqsadlari (MRM)ning ishlab chiqilishiga sabab bo‗ldi. MRM 2015 yilgacha amalga 
oshirilishi zarur bo‗lgan 8 maqsad, 18 vazifa va 48 ko‗rsatkichni o‗z ichiga oladi. 
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hukumatlarining hamda xalqaro 
tashkilotlarning maqsadga yo‗naltirilgan va o‗zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari 
Ming yillik Deklaratsiyasida ko‗rsatib o‗tilgan maqsadlarga erishishning asosiy 
mexanizmi sanaladi. 
O‗zbekistonning MRMga erishish yo‗lida olib borayotgan harakatlari tahsinga 
loyiq. Zero, mamlakatda buning uchun zarur bo‗lgan barcha shart-sharoitlar mavjud. 
Ijtimoiy yo‗naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yetarli 


49 
tajribaga ega bo‗lgan hukumat siyosiy institutlari va mexanizmlari, shuningdek, ko‗p 
sonli xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi yo‗lga qo‗yilgan hamkorlik aloqalari shular 
jumlasidandir. 
Davlatlar o‗rtasidagi munosabatlarning ijobiy tomonga o‗zgarishiga qaramay, 
zamonaviy dunyo yuzma-yuz kelayotgan tahdidlar yo‗qolmay, kompleksli ahamiyat 
kasb etmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi 2015 yildan keyingi davrda BMT tomonidan 2030 
yilgacha mo‘ljallangan 17 ta maqsad va 169 ta vazifalardan iborat barqaror 
rivojlanish dasturini qo‗llab-quvvatlab, barqaror rivojlanishning uchta sohasi 
(iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy) bo‗yicha kompleks ishlarni olib borishini ma‘lum 
qildi. 
Yangi Global maqsadlar va yanada keng ko‗lamli taraqqiyot dasturi – 2000-
yildagidan farqli o‗laroq – yanada chuqurroq islohotlarni amalga oshirishni ko‗zda 
tutadi, qashshoqlikning tub sabablarini bartaraf etib, hamma va har bir inson uchun 
umumiy taraqqiyot jarayonini ta‘minlashga qaratilgandir. 
BMTning 2030 yil Barqaror rivojlanish dasturida belgilangan 17 maqsad: 
1. 
Kambag‗allikni va uning barcha turdagi ko‗rinishlarini tugatish. 
2. 
Ochlik muammosini bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish 
hamda barqaror qishloq xo‗jaligini shakllantirish. 
3. 
Barcha yosh davrlarida sog‗lom hayot tarzini kafolatlash. 
4. 
Barcha uchun sifatli ta‘limni kafolatlash va uzoq muddatli ta‘lim olishga 
yo‗naltirish. 
5. 
Jins bo‗yicha tenglikni ta‘minlash, ayollar va qizlar faolligini oshirish. 
6. 
Barcha uchun barqaror suv boshqaruvi hamda sanitariya sharoitlarini 
yaratish. 
7. Ishonchli, zamonaviy va arzon energiya manbalarini rivojlantirish 
8. Barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash, ish bilan bandlikni oshirish va ish 
yukini kamaytirish. 
9. Infratuzilmani shakllantirish, sanoatlashtirish va innovatsion rivojlanishni 
ta‘minlash. 


50 
10. Mamlakatlar o‗rtasidagi tafovutni qisqartirish. 
11. Shaharlardagi xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlash. 
12. Barqaror iste‘mol va ishlab chiqarish. 
13. Iqlim o‗zgarishi va uning ta‘sirlari. 
14. Okean, dengiz va suv havzalari resurslaridan oqilona foydalanish 
15. Ekotizimni himoya qilish, o‗rmon boshqaruvini, yer yemirilishi va 
bioxilma-xillikni saqlash. 
16. Barqaror rivojlanish jarayonida tinchlikni saqlash, samarali keng qamrovli 
institutlar faoliyatini rivojlantirish. 
17. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015- yilning 
sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‗yicha o‗tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-
son rezolyusiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030 -yilgacha bo‗lgan davrda BMT 
Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish 
bo‗yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida ―2030- yilgacha bo‗lgan davrda 
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 
20- oktyabrdagi, 841-son qaroriga binoan 2030- yilgacha bo‗lgan davrda barqaror 
rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar va ―Yo‗l xaritasi‖ tasdiqlandi. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin