indikatorlari
BMTning Barkaror rivojlanish konsepsiyasi uning universal tipdagi yagona
xalqaro tashkilot bo‗lganligi uchun ham asosan shaxs - jamiyat - davlat -
hamjamiyatning global miqyosdagi boshqaruviga tegishli masalalarni ko‗tarib
chiqadi va ushbu rivojlanish potensiali umumlashtirilgan tarzda muayyan iqtisodiy,
ijtimoiy, ekologik, institutsional ko‗rsatkichlari asosida baholanadi. Baholash
ko‗rsatkichlarini fanda «indikator»lar deb yuritiladi. «Indikator» atamasi lotin tilida
«indico», ya‘ni ko‘rsatkich degan ma‘noni anglatadi. U xolat, vaziyat, sharoit va
jarayonlarni idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi qurilmalar orqali baholash
uchun aniqlanadigan ko‗rsatkichdir. Indikatorlar vizual (kurish), akustik (eshitish),
taktil (sezish, iskash) kabi xillardan iborat. Kishi axborotlarning 90 foizini ko‗rib
idrok qilgani uchun ham indekslarning vizual xili amalda ko‗p ishlatiladi.
Ko‗rsatkichlar bo‗yicha baholash bizlarga nafaqat ma‘lumotlarni olish, balki
uni boshqarish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun barqaror rivojlanishning
indikatorlarini aniqlash orqali global, perional va lokal miqyosda jamiyatini
boshqarish imkoniyati yaratiladi. Xalqaro miqyosda indikatorlar quyidagi
maqsadlarda tasniflandi:
63
• harakat kuchiga qarab, ya‘ni atrof-muhitga jamiyati faoliyatini salbiy ta‘sir
kuchini aniqlash;
• bosim kuchiga qarab, ya‘ni atrof-muhitga antropogen ta‘sirni aniqlash;
• holatiga qarab, ya‘ni atrof-muhitning avvalgi holatiga nisbatan o‗zgarishini
aniqlash;
• ta‘sir kuchiga karab, ya‘ni organizmlarga atrof-muhit holati o‗zgarishini
aniqlash;
• reaksiyasiga qarab, ya‘ni atrof-muhit masalasiga jamoatchilikning fikrini
aniqlash.
Indikatorlar nima uchun kerak:
1. Indikatorlar ko‗p yillik katta hajmdagi iqtisodiy ma‘lumotlarni umulashtirish
va baholash orqali qabul qilingan qarorlarni asoslashda foydalaniladi.
2. Indikatorlar iqtisodiy o‗zgarishlarni tahlil qilishga yordam beradi.
3. Indikatorlarni qo‗llash iqtisodiyotda yuzaga keladigan kamchiliklarni
aniqlashga yordam beradi.
4. Indikatorlar har xil toifadagi foydalanuvchilarga ma‘lumotlardan unumli
foydalana olish imkoniyatini yaratib beradi.
Indikatorlar doimo global, mintakaviy. milliy va lokal darajalarda juda
ishonarli va tasdiqlangan ma‘lumotlarga asoslanishi lozim. Birinchi uchta daraja
umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo‗lib, lokal daraja birorta hudud uchun
taalluqlidir.
Indikatorning
asosiy
vazifasi
-
axborot
berishdan
iborat.
Foydalanuvchiga ma‘lumotlarni yetkazib berishda oddiylik va soddalik kerak bo‗ladi.
Indikatorlar murakkab ma‘lumotlarni soddalashtiradi. Indikator ma‘lumotlarni
monitoring qilish jarayonida to‗plash, tahlil qilish, qayta ishlash natijasida
shakllangan mahsulot hisoblanadi. Qayta ishlanmagan, tahlil qilinmagan statistik
ma‘lumotlar indikator vazifasini bajara olmaydi. Indikatorlar quyidagilar uchun
mo‗ljallangan:
• hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari uchun;
• vazirlik va idoralar uchun;
• hokimiyatning maxalliy va mintaqaviy organlari uchun;
64
• ilmiy va o‗quv muassasalari uchun;
• tijorat tuzilmalari uchun;
• jamoat va nodavlat tashkilotlari uchun.
Indikatorlar bilan bir qatorda amalda «indeks»lar ishlab chiqiladi va
qo‗llaniladi. «Indeks» atamasi lotin tilida «index» ko‗rasatkich, ro‗yxat degan
ma‘noni anglatadi. Ya‘ni ma‘lum bir holat yoki kuzatilayotgan jarayonni bir qator
ro‗yhatga olingan (belgilovchi) indikatorlar asosidagi ro‗yhatga olingan va harflar
yoki raqamlar orqali ifodalanadigan ko‗rsatkichi. Indeks indikatorlardan farqli aniq
bir miqdor ko‗rsatkichiga ega bo‗lmasligi ham mumkin. Indeks avvalgi bazaviy
ma‘lumot indeksi bilan solishtirish orqali tahlil qilinadi. Iqtisodda «Dou Djons
indeksi» Nyu-York fond birjasida aksiyalar narxini belgilab beruvchi raqamli indeks
bo‗lib, u kelajakda brokerlarning bozor rivojlanish tendensiyasini aniqlovchi
ma‘lumotlarning ro‗yxatlangan ko‗rsatkichidir. Pekin ushbu indikator va indekslar
kelajakni aniq qilib belgilab beradi deyish qiyin. Tug‗rirog‗i, prognozlashtirilgan va
optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda tegishli chora-tadbirlarni tavsiya
etishga yordam berishi muqarrar.
Yer kurrasida global miqyosda barqaror rivojlanishni ta‘minlash o‗z-o‗zidan
lokal va regional miqyosda, aniqroq qilib aytganda, mahalliy, milliy va mintaqaviy
miqyosda barqaror rivojlanishdan kelib chiqadi va aynan shu tarzda tizimlashadi.
Barqaror rivojlanish indikatorlari ilk bor BMTining «Rio 92» konferensiyasida
qabul qilingan «XXI asr kun tartibida» alohida bir bob sifatida yoritib berilgan.
Mazkur indikatorlar 4 ta guruh birlashtirilgan - ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar, barkaror
rivojlanish
maqsadlarida
resurslardan
oqilona
foydalanish,
aholi
asosiy
qatlamlarining rolini oshirish, qarorlarni amalga joriy etish. Ushbu xujjat 40-bobining
«Qarorlar qabul qilish uchun ma‘lumotlar» bo‗limida «Qarorlarni qabul qilish
jarayonida ishonchli asoslarni yaratish hamda uzviy bog‗langan ekotizimlarni o‗zini
o‗zi tartibga solish imkoniyatiga ko‗maklashish va tizimli o‗sish uchun barqaror
rivojlanish indikatorlarinn ishlab chiqish lozim» deb ko‗rsatilgan. Turli miqyosda
Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga tegishli bo‗lgan oqilona boshqaruv qarorlarini
qabul qilish,
shubhasiz, barqaror rivojlanishning eng birlamchi talablaridan biri bo‗lib
65
hisoblanadi. Barqaror rivojlanish indikatorlarini ishlab chiqish bo‗yicha xalqaro
miqyosdagi turli tashkilotlar - BMT, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
Yevropa komissiyasi, Atrof-muhit muammolari bo‗yicha ilmiy komitet kabi xalqaro
idoralar shug‗ullanmokdalar. U turli nom va yo‗nalishdagi anjumanlarning
muhokama bobsiga aylanib qolmoqda. Masalan:
• 132 ta indikatorlardan iborat bo‗lgan BMTning Barqaror rivojlanish bo‗yicha
komissiyasi loyixasi;
• milliy statistikada ekologik va iktisodiy omillarni hisobga olishga
yo‗naltirilgan BMTning Statistik bo‗limi tomonidan ishlab chiqilgan «Tiznmli
integrallashgan ekologik va iqtisodiy milliy hisob» (System for integrated
environmental and economic accounting);
• Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan va hisobi yuritiladigan «haqqoniy
jamg‗arma» (genuine savings);
• iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Yevropa komissiyasining ekologik va
iqtisodiy indikatorlar dasturi va h k.
Barqaror
rivojlanish
indikatorlarini
ishlab
chiqish
juda
serharajat,
ma‘lumotlarni yig‗ish hamda ularni yagona bir indeksga olib kelishga yo‗naltirilgan
va majmuali yondashuvni talab etadigan jarayon. Indikatorlar soni qanchalik
ko‗paysa, ularni yagona bir umummahrajga olib kelish shunchalik qiyinlashib
boraveradi. Bu o‗rinda mahsus zamonaviy axborot texnologik dasturlarini yaratish
lozim buladi.
BMT komissiyasi tomonidan barqaror rivojlanish bo‗yicha ishlab chiqilgan
global indikatorlar tizimi 1995 yilda uning III sessiyasida ishtirokchi davlatlar
tomonidan taqdim etilgan hisobotlar, ma‘lumotlar va axborotlar asosida davlatlarning
barqaror rivojlanish holati, bu borada erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash
maqsadida dastlabki indikatorlar tizimi qabul qilindi va mazkur tizimni
takomillashtirish uchun ekologik va iqtisodiy taraqqiyotga oid ma‘lumotlar bazasini
mustahkamlash zarurligi qayd etildi.
66
4.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |